Sezgi va uning muxandislar kadiy faoliyatida tutgan o’rni.
Sezgi oddiy psixik jarayon bo’lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek, moddiy qo’zg’atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta’sir etganda organizmda hosil bo’ladigan ichki holatlardan tarkib topadi. Materiya bizning sezgi, irodalarimizga ta’sir etib, sezgi hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga etkazib beradi.
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo’llaridir. Sezgilar mohiyatiga ko’ra ob’ektiv olamning sub’ektiv siymosi hisoblanadi. Lekin sezgilarning hosil bo’lishi uchun organizm moddiy qo’zg’atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o’zi ham qandaydir ish bajarishi darkor.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta. Chunki, ular bizning olam haqidagi va o’zimiz to’g’rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar haqida hamisha axborot olib turishi kerak.
Shu ma’noda, sezgilar ma’lum bir qo’zg’atuvchining muayyan re- tseptorga ta’siri natijasida hosil bo’lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan qo’zg’atuvchilarning va ana shu qo’zg’atuvchilarga ta’sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi.
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko’rsatilgan turlari mavjuddir:
ko’rish;
eshitish;
hid bilish;
badanning tegishli a’zolari orqali sezish;
ta’m bilish.
Sezgilar ma’lum bir qo’zg’atuvchining muayyan retseptorga ta’- siri natijasida hosil bo’lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan qo’zg’atuvchilarning va ana shu qo’zg’atuv- chilar ta’sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asosla- nadi.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o’rniga qarab sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:
Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo’lgan ekstrotseptiv sezgilar.
Tananing ichki a’zolarida va to’qimalarida joylashgan hamda ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo’lgan interotseptiv sezgilar.
Retseptorlari mushaklarda va paylarda o’rnashgan proprio- tseptiv sezgilar, ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi.
Ekstrotseptivlarni ikki guruhga, ya’ni aloqa bog’laydigan kontakt va distant retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog’laydigan retseptorlar ularga ta’sir qiladigan ob’ektlar bilan bevosita aloqa bog’lagan paytda qo’zg’aydi; badanning tegishli a’zolari orqali sezish, ta’m bilish retseptorlari shular jumlasidandir. Distant retseptorlar uzoqdagi ob’ektdan keladigan qo’zg’atishdan ta’sirlanadi; distant retseptorlarga ko’rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi.
Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo’zg’atuvchi ta’siri ostida o’zgarishi demakdir.
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko’rsatish mumkin:
Qo’zg’atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayo- nida sezgining tamomila yo’qolib qolishiga o’xshaydi. Doimiy qo’zg’atuvchilar ta’sir qilgan taqdirda sezgi yo’qolib qolish xususiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo’yilgan engilgina yuk tezdayoq sezilmaydigan bo’lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof- muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko’p o’tmay batamom yo’qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir;
Adaptatsiya – kuchli qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi. Masalan: sovuq qo’zg’atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo’lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong’u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda oldiniga ko’zlarimiz qamashadi va tevarak-atrofdagi biror-bir narsaning farqiga eta olmaydigan bo’lib qolamiz, bir muncha vaqt o’tgandan keyin esa ko’rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz odatdagidek ko’ra boshlaymiz;
Kuchsiz qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning orti- shi ham adaptatsiya deb ataladi.
Muxandis faoliyatida ham sezgining o’rni beqiyosdir. Kasbiy sezgirlik his qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlantiriladi. Bu xususiyat faoliyat davomida shakllanib boradi. Masalan, muhandis o’z faoliyati mobaynida mashina tovushidan undagi texnik nosozliklarni aniqlay boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |