Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

IQ
koeffitsiyenti bilan belgilanadi.
 
IQ
va 
Cr
koeffitsiyentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy 
ijodiylikka qarama-qarshi qo‘yishga omil bo‘lgan. Xuddi shu bois 
ham XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi 
ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga 
ajratish mumkin: 
geshtaltik 
ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud 
geshtaltlarni buzib, yaxshirog‘ini tuzish sifatida ta’riflanadi), 
innovatsion (yangi)
ta’rif (so‘nggi natijaning yangiligi bo‘yicha 
ijodiylikni baholashga yo‘naltirilgan), 
estetik yoki ekspressiv 
(ijod 
qiluvchining 
o‘zini-o‘zi 
ifodalashga 
ahamiyat 
beruvchi), 
psixoanalitik
(ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal - Men” o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabat deb ta’riflovchi); 
muammoli
(ijodiylikni masalalar 
yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga 
J.P.Guilford
ning 
“Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham 
mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan 
tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish 
mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to‘ldirish). 


178 
Hozirgi davrda to‘plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar 
mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqot-
chilarning ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning 
o‘zi ijodiy harakatni talab qiladi. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar 
mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi narsaga 
erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni 
o‘zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta’riflaydilar Ijodiy-
likning XX asr 60-yillardagi ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilaridan 
biri M.Wallachning ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy 
yutuqlar bilan yuqori ko‘rsatkichlarda o‘zaro bog‘lanmagan. U 11-
12 yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha 
rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib ko‘rsatadi: 
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan 
o‘quvchilar o‘zlarini to‘g‘ri baholaydilar, ularda o‘zini-o‘zi nazorat 
qilish yuqori, ular barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda 
mustaqillikka egadirlar; 
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past 
o‘quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o‘z 
sirlarini yashiradilar, o‘zlarini pasaytirib baholaydilar; 
intellektual darajasi past va ijodiylik ko‘rsatkichi yuqori 
o‘quvchilar xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan 
boshqalardan ajralib turadilar; 
intellektual darajasi va ijodiylik ko‘rsatkichi quyi o‘quvchilar 
vaziyatga oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, 
lekin sust subyektlar o‘zlarini to‘g‘ri baholaydilar. 
Shunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi 
o‘rtasidagi munosabat o‘quvchilarning shaxsiy xislatlariga va 
ularning moslashuv usullariga ta’sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha, bir necha qobiliyat 
shaxsni omadli bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiylik mezonlaridan biri – bu 
nostandartlikdir
. E.P.Torrance 
ta’kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim 
ham mos tushavermaydi. Ko‘pincha tushunchalarning mazmunini 
asoslanmagan ravishda aralashtirish holati ro‘y beradi: ijodiy 
qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi, nostandartlik 


179 
originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob 
javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik 
(o‘ziga xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir. 
Ikkinchi mezon – 
anglanganlikdir. 
Bu asnoda so‘z borganda sina-
luvchi tomonidan muammo yechimining anglanganligi nazarda tutiladi. 
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab 
qiladi. Kreativ testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik – bu bir vaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni 
yaratuvchi ijodkorlik qobiliyatidir. 
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini 
ishlab chiqishgan.
1.
Shaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga kiritgan bilimila-
rimiz g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy 
bilimilarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham 
shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlari-
miz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo‘ladi.
2.
Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan 
ko‘rishga, ularni qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. 
Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va 
uni yangi bosqichga olib o‘tamiz. 
3.
Tavakkalchilik – yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki 
ma’noda ko‘rish mumkin. Ya’ni birinchisi

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish