Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

stenik 
hislar deb ataladi. 
Boshqa bir holatda emotsiya (
astenik 
deb atalmish emotsiyalar) 
faollikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-
tuyg‘ularning boshdan kechirilishi kishini bo‘shashtirib yuboradi. 
His-tuyg‘ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajon-
lanish tarzida boshdan kechirilishi chog‘ida ma’lum darajada 


57 
seziladigan tashqi belgilarga ham ega bo‘ladi. Masalan, yuzlarning 
ifodali (mimika), qo‘l va gavdaning ma’noli harakatlari, turq-
tarovat, ohang, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi 
kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba’zan shaxsga 
o‘ziga o‘zi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda 
ongning nazorati ostida sodir bo‘ladi
11

Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat 
bilan o‘tadigan jarayon. U ongning anchagina o‘zgarganligi, xatti-
harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi 
idrok qila olmaslik, shuningdek, shaxsning hayoti va faoliyati o‘zgarib 
qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt holatida birdaniga katta kuch 
sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo‘ladi. Agar oddiy 
hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo‘rondir. 
Hissiy portlash ro‘y berganda kishi o‘zini nazorat qila olmay 
qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o‘ylamaydi va aql-hushini 
yo‘qotib qo‘yadi. Tormozlanish miya qobig‘ini egallab, kishining 
tajribasi, uning madaniy va ma’naviy asoslarda mustahkamlangan 
muvaqqat bog‘lanishlarning tarkib topgan tizimini ishlatmay 
qo‘yadi. Hissiy portlashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, barcha 
narsalarga befarq munosabatda bo‘lish, harakatsizlik, ba’zan esa 
mudroq bosish boshlanadi. 
Kayfiyat
. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy 
jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional 
holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida 
shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikish, qayg‘urish 
singari his-tuyg‘ular ruhiy holatining umumiy tizimiga aylanadi. 
Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga 
qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. 
Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, tengdosh-
larining hazili, keksalarning pand-nasihatlari, maslahatlariga, 
quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan, boshqacharoq munosabat 
bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi 
jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkor-
lik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani 
11
Ғозиев Э. 
Умумий психология. –Т., 2002. – Б. 188–190. 


58 
shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini 
oshirishning kafolatidir. 
Stress, 
psixologik ta’rifiga ko‘ra, affektiv holatga yaqin 
turadigan, lekin davomiyligiga ko‘ra kayfiyatga yaqin bo‘lgan his- 
tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli bo‘lib, kuchli 
hayajonlanish (stress) holati (inglizcha «
stress»
– tazyiq ko‘rsatish, 
zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan yoxud hissiy zo‘riqishdan 
iboratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan, 
uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o‘xshash vaziyatlarda ro‘y 
beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim 
kanadalik fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo‘yicha 
«stress – inson organizmiga qo‘yilgan ortiqcha talabdir»
12

Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari keskin tarzda 
o‘zgaradi, qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, hara-
katlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi 
esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada sustlik, zaiflik, faoliyat-
sizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida fiziologik o‘zga-
rishlar tashqi tomondan qariyb ko‘zga tashlanmasligi mumkin, biroq 
muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi saro-
simalikni stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs 
stress holatida telefon raqamini adashtiradi, vaqtni chamalashda 
yanglishadi, ong faoliyati yengil buziladi, idrok ko‘lami torayadi va 
boshqa holatlar kuzatiladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish