Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

I.
 
KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
MAZMUNI VA MOHIYATI 
 
Reja: 
1. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti,
 
maqsadi va vazifalari. 
2. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 
3. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida. 
4. Kasbiy psixologiya fanining vazifalari. 
 
1. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti, 
maqsadi va vazifalari 
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, mutaxassislarning kasbiy 
sifatlari va shaxsiy salohiyatiga talablarning yuqoriligi, shaxs hayot 
faoliyatining turli sohalarida psixologik fanlar ma’lumotlaridan keng 
qamrovli foydalanishni talab etmoqda. Hozirgi kunda ko‘pgina 
insonlar o‘z kasbiy faoliyatlarini hayotiy muvaffaqiyatga erishish 
uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, psixologik qo‘llab-
quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olmoqdalar. O‘z kasbining 
bilimdoni bo‘lish uchun nafaqat texnik fanlarni, balki shaxslarning 
ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa 
har bir xodimdan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor 
bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan 
uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, 
beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki 
bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon 
qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana 
shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil etadi. Inson 
psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli 
aks etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u uzoq davom etgan fiziologik 
rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi. 
Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli 
xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks 



ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtir-
may ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan 
boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi 
zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan
1
. Psixikaning 
asosiy vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq-atvorni 
boshqarish –nazorat etishdir. Ruhiyatning namoyon bo‘lish shakllari 
va ularning o‘zaro bog‘liqligi ruhiy (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, 
xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruhiy holatlar (hissiyot, 
emotsiya, 
bardamlik, 
tetiklik, 
qiziquvchanlik, 
hayratlanish, 
ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo‘nalishlar, 
temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq 
motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi. 
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyat-
lari, shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining 
xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha 
“psyche” va “logos” so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi 
fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Hozirgi davr ilmida «jon» 
tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. 
Chunki lingvistik nuqtayi nazardan «jon», «psixika» tushunchalari 
aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda 
«jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega bo‘lib, inson 
ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas 
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixologiya fanining o‘rganadigan 
sohasiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, 
uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil 
etadi (Obyekt – kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va 
ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi 
bilimlar). 
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, 
pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi
muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, 
tibbiyot psixologiyasi, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga 
bo‘linadi. Bunda: 
1

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish