Z madraximova k. Ishonqulova ekologiya va atrof-muhit



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/119
Sana10.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#488150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119
Bog'liq
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Ekologik omillar tasnifi. 
Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta 
asosiy ekologik guruhga taqsimlash mumkin: 1) abiotik; 2) biotik; 3) antropogen 
omillar guruhi.
1. Abiotik omillar - organizmlarga ta'sir qiladigan neorganik muhitning 
majmua omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning 
sho'rligi, tuproqning tarkibi, loyqaning kimyoviy tarkibi), flzikaviy yoki iqlim 
(harorat, bosim, yorug'lik, namlik, shamol) omillariga bo'lish mumkin. Yer 
yuzasining tuzilishi (relyef), geologik va klimatik, abiotik omillarning xilma-xilligi 
tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi, muhitga moslashishida katta ahamiyatga 
ega bo'lgan.
Tirik organizmlarning son va sifati, biomassasi, ularning ma'lum areal ichida 
taqsimlanishi ma'lum chegaralovchi omillarning ta'siriga bog'liq. Masalan, cho'l 
sharoitida tirik organizm uchun namlik, suv hayvonlari uchun suvda erigan 
kislorodning yetarli miqdorda bo'lishi yoki bo'lmasligi chegaralovchi omillar 
hisoblanadi.
2. Biotik omillar - muhitda uchraydigan organizmlarning hayot-faoliyati, bir-
birlariga qiladigan ta'siri va ular o'rtasidagi munosabatlaridan iborat. Ya'ni bir tirik 


23 
organizmga, uni o'rab turgan boshqa tirik jonzotlarning har xil ta'siri tushuniladi. 
Bu ta'sir turli xarakterda bo'lishi mumkin. Masalan: 1) tirik organizmlar bir-
birlariga ozuqa manbai (o'simliklar turli hayvonlarga ozuqa, yem-xashak; ba'zi 
hayvonlar yirtqich hayvonlarga ozuqa); 2) bir tirik organizm tanasi boshqa 
organizmga (xo'jayin-parazit: sigir, ot, it tanasi kana, bakteriyalarga, katta daraxtlar 
moxlar, zamburug'lar va boshqa epifit o'simliklariga) yashash muhiti; 3) bir 
organizm ikkinchi organizmning ko‘payishiga sabab bo'lishi (o'simliklarning 
hasharotlar yordamida changlanishi); 4) turli organizmlarning boshqa organizmlar 
(o'simlik urug'ining hayvonlar, qushlar) yordamida tarqalishi; 5) bir turning 
ikkinchi turga fizikaviy va kimyoviy ta'sir qilishi (katta shoxlagan daraxtning 
tagida o'sayotgan o'tli o'simliklarga fizikaviy ta'siri: piyoz, sarimsoq va qizil 
qalampirning, ularga yaqin o'sayotgan o'simliklarga kimyoviy ta'siri).
3. Antropogen omillar - insonning hayot-faoliyatining organik dunyoga 
ta'siridan iborat. Jamiyat rivojlanishi bilan insonlarning tabiatga ta'sir qilishining 
yangi-yangi xillari kelib chiqib, atrofmuhitda salbiy ekologik o'zgarishlar sezila 
boshlaydi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish