Z madraximova k. Ishonqulova ekologiya va atrof-muhit



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/119
Sana10.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#488150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

 
Ekologiya uslublari. 
Ekologiya o'ziga xos fan bo'lib, u ayrim tur 
vakillarinigina emas, balki tur vakillari guruhini, ularning populyatsiyasi, turlari, 
ular hosil qiladigan turli senozlar, biotsenozlar, ekosistemalarning o'sish, 
rivojlanish, tarqalish yo'llari, ular ichidagi munosabatlarni, doimiy harakatlari, 
moddalar almashinuvi va energiya oqimi kabi qonunlarni o'rganadi. Ekologiya 
o'rganadigan muammolarning har xilligi turli uslublarni qo'llashni talab qiladi. 
Ekologiyada quyidagi, ya'ni: dala, laboratoriya, eksperimental va matematik 
model uslublari qo'llaniladi.
1. Dala uslubi yoki tabiiy sharoitda olib boriladigan, o'tkaziladigan kuzatish 
uslubi.
Dala uslubi bo‘yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan, turli katta-kichik tirik 
organizmlar guruhlarini tabiiy sharoitda o'rganadi.


18 
Bunday holda floristika, sistematika, morfologiya, geobotanika, fiziologiya 
kabi biologik hamda nobiologik fanlarning uslublari ham keng qo'llaniladi va tirik 
organizmlarning o'sish, rivojlanish, ko‘payish, o'zgarib turish jarayonlari 
aniqlanishi bilan, ularning bir-birlari va muhit o'rtasidagi munosabatlari o'rganiladi. 
Olingan materiallarni ekologik tahlil qilish asosida tirik organizmlarning hayot-
faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar aniqlanadi.
Dala uslubi tirik organizm yoki populyatsiyalarga, ularning yirik biologik 
birikmalarga abiotik omillarni majmua holda ta'sir qilishlarini va buning natijasida 
ma'lum joydagi organizmlarda bo'ladigan o'zgarishlarni aniqlaydi. Shuning bilan 
bir qatorda majmua abiotik omillar ichida qaysi biri ekologik tur vakili, 
populyatsiyasi, turi yoki uning yirik guruhlarining hayot-faoliyati, rivojlanishi, 
o'sish va ko‘payishi, tarqalishiga salbiy yoki ijobiy ta'sir qilishini aniqlaydi.
2. Laboratoriya eksperiment uslubi bo‘yicha maxsus joylarda, xonalarda turli 
mikroorganizmlar, suvo'tlar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari (shtamplari) 
kichik-kichik idishlarda, akvariumlarda maxsus ozuqa moddalar, yorug'lik, harorat 
yordamida o'stiriladi. Ularning ko‘payish tezligi, biomassa hosil qilishi, fiziologik, 
bioximik tarkiblari hamda foydali formalarining tez ko‘payishi uslublarini ishlab 
chiqib, non, qatiq, yog', vino, spirt tayyorlashda foydalanadi va chorva mollari 
ozuqalariga, yem-xashakka qo'shib beriladi.
Tabiiy sharoitning bir qismida u yoki bu tirik organizmlar o'sishi, 
rivojlanishi, ko‘payishi, uning fiziologik holatida kuzatish, eksperiment o'tkazish 
yo'li bilan ham ko‘p ekologik muammolar hal etiladi.
Tirik organizmning fiziologik, bioximik va umuman ekologik ahvolini 
ko‘pincha laboratoriya sharoiti (lampochka yorug'i, harorati, turli kimyoviy 
moddalar, sun'iy ozuqa moddalari) ta'siri natijasida organizmlarda bo‘lib o'tadigan 
o'zgarishlar, laboratoriya -eksperimental holatda o'rganiladi.
Laboratoriya-eksperimental va dala uslublari bir-birlaridan farq qiladi. Ya'ni, 
laboratoriya-eksperimental sun'iy sharoitda organizmga ta'sir qilayotgan sun'iy 
ekologik omillar (yorug'lik, harorat, namlik va boshqalar)ning salbiy va ijobiy 
ta'sirini boshqarish mumkin. Tabiiy sharoitda esa, ekologik omillaming 


19 
organizmga bir joyda va bir vaqtda bir necha omil (quyoshdan kelayotgan nur, 
daryoning oqish tezligi)ni birdan boshqarish qiyin.
3. Matematik modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, 
o'zgarishi va ularga xos ekologik tomonlarni matematik modellar uslubi yordamida 
aniqlash V.S. Patten (1971), M.V. Dale (1970), Yu.Odum (1975), V.D. Fyodorov, 
T.G. Gilmanov (1980) kabi olimlaming ishlarida o'z aksini topgan.
Ekologik tadqiqotlar davomida olinadigan turli ma'lumotlaming to'g'riligini 
matematik statistika uslublari bilan har xil variantda olingan materiallar bir-
birlariga solishtirilib, ular o'rtasidagi farqlar chiqariladi.
Hozirgi vaqtda tabiiy biologik voqeliklami modellashtirish, tirik tabiatning 
turli jarayonlarini sun'iy yaratish keng qo'llanilmoqda. Turli matematik yo'llar, 
modellar, amaliy ekologiya, ekologik modellar yaratish toza matematik 
yo‘nalishlarga xos mutaxassisliklarda chuqur o'rganiladi. 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish