Z madraximova k. Ishonqulova ekologiya va atrof-muhit


Ekologiyaning rivojlanish tarixi



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/119
Sana10.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#488150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

 
Ekologiyaning rivojlanish tarixi.
Ekologiya insoniyat rivojlanish davrining 
ilk bosqichlarida hamda shu davr kishilari o'rtasida muhim o'rinni egallaydi. 
Qadimgi odamlardan qo1gan g'orlar, qoya1ardagi turli rasmlarga qaraganda 
eko1ogiya juda ham qadimiy fan1ardan hisoblanadi. O'sha davrda yashagan har bir 
kishi ochlikdan, sovuq va issiqdan saq1anish uchun o'zini o'rab turgan muhitning 
holatidan xabardor bo'lib, kerakli o'simlik1arning urug'ini, mevasini terish, 
hayvonlarni tutish bilan bir qatorda, unga xavf tug'diradigan dushman1ar, tabiiy 


10 
ofatlardan qochish, bekinish yo'llarini bi1gan. Tabiat kuchini, uning qonun1arini 
o'rganib, shu qonun1arga mos1ashib yashagan.
Qadimgi inson1ar olov, o'q-yoy, tosh kabi qurollardan foydalanish, o'zlari 
yashab turganjoy1arni o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lgandan keyin ularda 
madaniyatning dastlabki e1ementlari paydo bo'la boshlaydi. Shunday qilib, turli 
o'simlik1ar, hayvonlar va u1aming ko‘payish, rivojlanish, hosil berish, 
qush1arning tuxum qo'yishi, jonzotlarga muhit omillarining ta'siri haqida 
insonlarda yillar va asrlar davomida ma'lumotlar to'plana bordi.
Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlaridagi 500 
ta o'simlik turi va hayvonlarning 454 ta turi haqidagi ma'lumotlar ekologik 
xarakterga ega bo'lgan. Masalan, Aristotel o'zining ilmiy asarlarida 500 dan ortiq 
turli hayvonlar, qush1ar, baliqlarning hayoti, tarqalishi, bir yerdan ikkinchi yerga 
ko‘chishi haqida ma'lumot beradi. Galen, Teofrast kabilar ham turli jonivorlarning 
hayot, tabiatga moslashishi to'g'risida qimmatli ma'lumotlar qoldirganlar. 
Z.M. Bobur (1483-1530) o'zining «Boburnoma» nomli tarixiy asarida O'rta 
Osiyo va Hindistonning turli o'simlik va hayvonlari, ularning o'sadigan, 
yashaydigan joyi, gullash, ko‘payish davrlari haqida ko‘pgina ma'lumotlar 
keltiradi.
Yangi o'lkalarning ochilishi, bir mamlakatning ikkinchi mamlakat 
tomonidan bosib olinishi, bu yerlar tabiatining o'rganilishi natijasida o'simlik va 
hayvonlarning sistematikasi, morfologiyasi, ularning yashab turgan joyga 
moslashishi o'rganiladi.
uchrashi haqida ekologik ma'lumotlar keltiriladi. 
1-jadvalda ekologiyaning fan sifatida shakllanishining taqvimiy bosqichlari 
keltirilgan.
1-jadval 
Ekologiyaning fan sifatida shakllanishining taqvimiy bosqichlari 
E. a. 
VI–
IV 
asrlarda
Qadimgi 
Hindiston 
«Mahobhorat» va «Ramayana» epik 
dostonlari-50 ga yaqin hayvon turlarining 
turmush tarzi va yashash joylari tavsifi 
berilgan 


11 
E.a 372-
287 
yillar 
Aristotel 
Qadimgi 
Gretsiya 
«Hayvonlar tarixi — - hayot sharoitlari 
bilan bog'liq rangli hayvonlarning tasnifi 
E. a. 
384–322
yillar 
Teofrast 
Qadimgi 
Gretsiya 
«O'simliklar tadqiqotlari» - 500 o'simlik 
turlari va ularning jamoalari haqida 
1749 
K. Linney 
Svetsiya 
«Tabiat iqtisodiyoti» - yashash joylarining 
tipologiyasi tasvirlangan. Sistematikaning 
asoslari taklif etiladi 
1798 
T. Maltus 
Angliya 
«Aholi qonuni bo'yicha tajribalar -
aholining geometrik (eksponentsial) o'sishi 
tenglamasini taklif qildi, aholi o'sishining 
birinchi matematik modeli taqdim etildi 
1802 
J.B. 
Lamark 
Fransiya 
«Gidrogeologiya - biosfera 
kontseptsiyasining asoslari ekanligi qayd 
etildi, «biologiya» atamasi taklif etildi» 
1859 
Ch. Darvin 
Angliya 
«Turlarning kelib chiqishi...»- atrof-
muhitning abiotik va biotik omillarining 
organizmlarning o'zgaruvchanligiga ta'siri 
haqida katta material berilgan 
1861 
I.M. 
Sechenov 
Rossiya 
―…Organizm tashqi muhitsiz yashay 
olmaydi; shuning uchun organizmni 
o‗rganishda unga ta‘sir qiluvchi muhitni 
ham kiritish lozim 
1866 
E. Gekkel 
Germaniya 
―Ekologiya‖ tushunchasini taklif etgan 
1870 
G. Spenser 
Angliya 
«Sotsiologiyani o'rganish - inson 
ekologiyasi asoslaridir 
1875 
E. Zyuss 
Avstriya 
―Biosfera‖ tushunchasini taklif etgan 
1877 
K. Mebius 
Germaniya 
―Biosenoz‖ tushunchasini taklif etgan 
1926 
V.I. 
Vernadskiy 
SSSR 
«Biosfera – tirik moddalarning global 
funktsiyalari aniqlandi 
1927 
E. Lerua 
Fransiya 
Keyinchalik T. De Sharden, V.I 
Vernadskiyning asarlarida yanada 
rivojlangan «noosfera» tushunchasini 
taklif qilgan 
1933 
D.N. 
Kashkarov 
SSSR 
«Atrof-muhit va jamoalar», «Hayvonlar 
ekologiyasi asoslari» — ekologiya 
bo'yicha birinchi mahalliy darsliklar 
1935 
A.Tensli 
AQSH 
―Ekosistema‖ tushunchasini taklif etgan 
1939 
F. 
Klimentis, 
V. Shelford 
AQSH 
«Bioekologiya» atamasi joriy etildi va shu 
nomdagi monografiya e'lon qilindi 
1939 
K.Troll 
Germaniya 
Yangi ilmiy yo'nalish — «Landshaft 
ekologiyasi» asoslandi 


12 
1942 
V.N. 
Sukachev 
SSSR 
«Biogeotsenoz» tushunchasi taklif 
qilingan, biogeotsenologiyaning asoslari 
1942 
R. 
Lindeman 
AQSH 
Trofik darajalar va «energiya piramidasi» 
tushunchasi ishlab chiqilgan, 10 % qoidasi 
o'rnatildi 
1944 
V.I. 
Vernadskiy 
SSSR 
Noosfera tushunchasi rivojlantirildi 
1953 
Yu. Odum 
AQSH 
«Ekologiya asoslari va» Ekologiya « — 
ekologiya bo'yicha eng yaxshi zamonaviy 
darsliklardan biri. Qayta-qayta chop etildi. 
1975 va 1986 rus tilidagi tarjimalari. 
1963 
V.B. 
Cochova 
SSSR 
―Geosistima‖ tushunchasini taklif etgan 
1968 
J. Forrester, 
D. Medouz 
AQSH 
―Rim klubi‖ asarida global ekologiya 
g'oyalari ilgari surildi 
1971 
B. 
Kommener 
AQSH 
Ekologiyaning to'rtta qonuni 
shakllantirilgan. 1974 yil ruscha tarjimasi 
(―Yopiq halqa‖) 
1994
N.F. 
Reymers 
Rossiya 
«Ekologiya (nazariyalar, qonunlar, 
tamoyillar va farazlar) — zamonaviy 
«katta ekologiya» tushunchalari 
tizimlashtirilgan» 
XV-XVII asrlarda A. Sezalpin (1519-1603), D. Rey (1623-1705), J. 
Tumefor (1656-1708), A. Reomyura (1734), L. Tramble (1744) kabilar 
o'simlik1ar, hasharotlar va suv hayvonlarini har tomonlama o'rgandilar. J.L. 
Byuffon (1707-1788) o'zining 13 jildli «Tabiat tarixi» asarida tirik organizmlar va 
muhit o'rtasidagi aloqalarga hamda muhitning organizmga ta'siri masalalarini 
yoritadi. J. Lamark (1744-1829), A. Dekandol (1806-1893), A. Gumbolt (1769-
1807), S.P. Krashennikov, I.I. Lepixin, P.S. Pallas, K.F. Rule, N.A. Seversev, A.N. 
Beketov va boshqa olimlarning ishlarida o'simlik, hayvonlar dunyosining har 
xilligi, ular o'rtasidagi munosabatlar, turli hududlarda ularning har xil turlarining 
tarqalish qonuniyatlarini o'rgandilar. 
Rossiyada tuproqshunoslikning asoschisi V V. Dokuchayev (1846-1903) 
tabiiy mintaqalar yo‘nalishini ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli 
hissa qo'shdi.


13 
XX asr boshlarida ekologiya fani tez sur'atlar bilan rivojlandi. Avval o'simlik 
va hayvonlar ekologiyasi ayrim-ayrim o'rganilsa, keyinchalik ular birgalikda, bir 
uyushma sifatida o'rganildi. Ch. Adams (1913), V Shelfordlar (1913) tomonidan 
hayvonlar ekologiyasiga oid qo'llanmalar yaratildi. S.A. Zernov (1913-1920) suv 
hayvonlarining gidrobiologiyasini o'rgandi, ekologiyaning rivojlanishida D.N. 
Kashkarovning «Muhit va organizmlar uyushmasi» (1933), «Hayvonlar 
ekologiyasining asoslari» (1938), Yero'pa olimlaridan Ch.Elton, D.Xatchinson, 
A.Geksli, G. Odum, Yu. Odum, R. Margallef, M. Bigon kabilarning asarlari 
muhim rol o'ynaydi.
Rossiyada ekologiyaning rivojlanishida L.A. Zenkevich, S.A. Zernov, G.N. 
Nikolskiy, V.V Alexin, V.1. Jadin, V.V. Dogel, V.N. Beklemishevlarning hissasi 
katta bo'ldi. Keyingi vaqtda Rossiyada ekologiyaga katta ahamiyat berilmoqda, 
ekologiyaga oid Yangi-Yangi darsliklar chop etilib, ularda ekologik xavfsizlik 
keng yoritilmoqda. O'zbekistonda T.Z. Zohidov, K.Z. Zokirov, I.I. Granitov, A.M. 
Muzaffarov, A.E. Ergashev, P. K. Zokirov kabilarning ishlari muhim ahamiyatga 
egadir. 1920-yilda tashkil etilgan Turkiston dorilfununi qoshidagi ekologiya 
kafedrasi, ekologiyaga oid jurnallar, ilmiy uyushmalar tashkil qilinishi munosabati 
bilan ekolog mutaxassislar tayyorlash boshlandi. 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish