Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/55
Sana20.06.2022
Hajmi1 Mb.
#683180
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

Daochilik. 
Daochilik mil. av. IV–III asrlarda Xitoyda paydo 
bo‘lgan.
Daochilikning ta’limoti afsonaviy Xitoy donishmandi Lao-
Szi qalamiga mansub «Dao Deszin» kitobida bayon etilgan. Bu 
kitob jumboqli aforizmlar, hikmatli so‘zlardan tuzilgan. Asarning 
asosiy tushunchasi dao (yo‘l)dir.
Lao-Szi fikricha, Yer yuzida 4 ta ulug‘lik bor. Bular – dao 
ulug‘, osmon ulug‘, yer ulug‘, podsho ulug‘.


30
Daochilik dinida uchta xudo – Shan-Di, Lao-Szi hamda 
dunyoni yaratuvchisi Pant-Gu boshchiligida xudolar panteoni 
shakllangan. Shan-Di – osmon xudosi bo‘lib, u imperatorlarning 
otasi hisoblangan.
Daochilik dini o‘z ibodatxonalari, muqaddas kitoblari, diniy 
xizmatni bajaruvchi ruhoniylariga ega.
V asr boshiga kelib, daochilik diniy ta’limoti va marosimlari 
rasmiylashtirilib, davlat diniga aylangan.
Daochilik ta’limoti shakllangan paytda ijobiy xarakterga 
ega edi. Keyinchalik u o‘zining ushbu xususiyatlarini yo‘qotdi. 
Qolaversa, daochilik eskilikni qattiq himoya qiladigan, ba’zi 
hollarda tarkidunyochilikni targ‘ib etadigan din bo‘lgani uchun 
ham bora-bora uning tarafdorlari kamayib borgan.
Sintoiylik.
Sintoiylik (shintoiylik ham deyiladi) yaponlarning 
an’anaviy milliy dini bo‘lib, u milodiy VI–VII asrlarda 
shakllangan. Sintoiylik – «xudo yo‘li» degan ma’noni anglatadi.
Sintoiylik diniga buddaviylikning ta’siri kuchli bo‘lgani tufayli 
IX asrda ikkala din ruhoniylari birgalikda yashash – ryobu-sinto 
(ikki birlik) modulini ishlab chiqqan. Shunday bo‘lsa-da, ular 
o‘rtasida raqobat mavjud bo‘lgan. Sintoiylik ibodatxonalarida 
Buddaga so‘zlarni aytish man qilingan.
Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, mikado (imperator) – osmon 
ruhlarining davomchisi sanaladi. Har bir yapon kishisi ikkinchi 
darajali ruhlar (
kami
)ning vorisidir. Yaponlar 
kami
ni ajdodlar va 
qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. Xudojo‘y yapon 
o‘lgandan keyin o‘zining ham o‘sha kamilardan biri bo‘lishiga 
ishonadi.
Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar 
ruhi va tabiatga sig‘inishga o‘rgatadi. Sintoiylikda umumiy 
hayotiy rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalardan boshqa diniy 
urf-odatlar yo‘q. Unda bir umumiy ma’naviy qoida mavjud 
bo‘lib, u ham bo‘lsa «Umum qonunlariga rioya qilgan holda 
Tabiat qoidalariga mos harakat qil» degan qoidadir. Yaponlar 


31
tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalari tabiatan 
bilganlar. «Kodziki» – sintoiylikning muqaddas kitobidir. Bu 
kitob Yaponiya va yapon xalqini tushunishning kaliti hisoblanadi. 
Unda ikkita asosiy mazmun mujassam, qon-qabilaviy birlik va 
siyosiy hokimiyat g‘oyasi.
Sintoiylikning 
ta’limotining 
asosini 
– 
imperator 
hokimiyatining ilohiyligi to‘g‘risidagi aqida tashkil etadi. 
Imperator (mikado) xudo Amaterasining avlodi hisoblangan.
Sintoiylikning asosiy xudolari – Amaterasu (quyosh xudosi), 
Susano-vo (bo‘ron xudosi), Inari (guruchli odam, dehqonchilik 
homiysi)lardir.
Har yili Yaponiyada ikki marotaba – 30-iyun va 31-dekabrda 
umumxalq poklanish tadbirlari o‘tkaziladi. Sintoiylikda eng 
nopok narsa qon hisoblanadi.
Yaponiyaning ikkinchi jahon urushida yengilishi bu dinning 
asoslariga putur yetkazdi. Bugungi kunda Yaponiyada sintoiylik 
dindorlari an’anaviy marosimlarni asosan uy sharoitida ijro etib 
kelmoqda.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish