Z. M. Bobur nomidagi


O’rta maxsus, kasb – xunar kollejlari va ularning maqasd va vazifalari



Download 1,28 Mb.
bet144/326
Sana17.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#815593
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   326
Bog'liq
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

3. O’rta maxsus, kasb – xunar kollejlari va ularning maqasd va vazifalari.
Akademik litsev o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini tahminlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademik litseylar asosan oliy o’quv yurt lari qoshida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kolleii o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida, tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom hamda o’rta ma’lumotga ega bo’lganlik to’g’risidagi guvohnomalar beriladi. Ular bitiruvchilarga ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisoslik va kassb-hunar yo’nalishi bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi.
Oliy ta’lim — o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.
Bakalavriat — niutaxassislik yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugatilgandan so’ng bitiruvchilarga «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish huququini beruvchi diplom topshiriladi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi. kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Oliy o’quv vurtidan kevingi ta’lim iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, adhyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlarida tahsil olish (aspirantura, doktorantura) muayyan ilmiy daraja (fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi)ni olishga imkon beruvchi dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko’ra tegishli mutaxassislik yo’nalishlarida fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ulami qavta tavvorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta’lim bosqichi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi.
Maktabdan tashaari ta’lim madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda yo’lga qo’yiluvchi, bolalar hamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.
Maktabdan tashqari ta’lim davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, boshqa yuridik vajismoniy shaxslar tomonidan maktabdan tashqari davlat va nodaviat ta’lim inuassasalarida olib boriladi.
Hozirgi davrda jahonda ta’lim tizimining ahvoli. Rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimini o’rganish maqsadida AQSH, Frantsiya, Yaponiya davlatlarining ta’lim tizimi tarkibini yoritmoqchimiz.
Amerika Qo’shma SHtatlarida ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Maktabgacha tarbiya muassasalari — 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi;
Boshlang’ich maktablar (1-8-sinflar) — 6 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar;
O’rta maktablar (9-12-sinflar) — 14 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarning ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratadi. O’rta maktab quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Oliy ta’lim — 2 yoki 4-yil mobaynida kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi.
Universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etiladigan aspirantura va doktoranturadir.
AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy muassasalarga tegishli bo’lishi mumkin.
Amerika Qo’shma SHtatiarining maktablari uchun yagona o’quv rejasi yo’q. Har birshtat o’z o’quv rejasiga ega. SHunga ko’ra SHtatlarda boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6 va 8-yillik bo’lishi mumkin.
Yaponiya ta’lim tizimi o’z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang’ich maktablar, yuqori o’rta maktablar hamda oliy ta’lim beradigan universitetlami oladi.
Bolalar bog’chalariga bolalar 3—5 yoshlarida boradilar va 3, 2, 1- yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar.
Boshlang’ich maktabga bolalar 6 yoshdan boradi va 6-yil o’qiydi. Boshlang’ich maktabni tugatgandan keyin kichik o’rta maktabda 3-yil ta’lim oladilar. Yaponiyada 9-yillik bu ta’lim majburiy bo’lib, barcha bolalar bepul o’qitiladi, ular tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o’rta maktab Yaponiyada ixtiyoriy bo’lib, uning kunduzgi, kechki va sirtqi turlari mavjud. O’qish muddati 3-yil.
Oliy ta’limga yuqori bosqich o’rta maktablami tugatgan bitiruvchilar qabul qilinadilar. Oliy ta’limni universitetlarda olish mumkin. Oliy ta’lim tizimiga kirgan bo’lsada, o’rta maxsus ta’lim beradigan kichik kollej, tcxnik kollej, maxsus tayyorgarlikdan o’tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud. Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universitctning yarmidan ko’pi xususiydir.
Frantsiyada ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarasosida shakllangan:
Maktabgacha tarbiya - 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalami o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich ta’lim — 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalarning 3 bosqichda ta’lim olishlariga imkon beradi. Tayyorlov bosqichi uchun I-yil, elementar kurslar uchun 2-yil ta’lim muddati belgilangan. Boshlang’ich ta’limning 3-bosqichi 2-yillik chuqurlashtirilgan bosqichdir.
O’rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. O’rta ta’limning birinchi bosqichi 4-yillik ta’lim beruvchi kollejlar, ikkinchi bosqich esa 3-yillik ta’lim beruvchi litseylarda amalga oshiriladi. 3-yillik litseyni tugatgan bitiruvchilar «Bakalavr» darajasini olish uchun imtihon topshiradilar.
Oliy ta’lim universitetlar va oliy ixtisoslik maktablarida olib boriladi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish