2. Milliy davlat boshqaruv tizimining barpo qilinishi
Insoniyat tarixidan ma’lumki, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, o‘sha davlat konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, uning tub maqsadlariga mos bo‘lishi kerak. Buni O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi ijtimoiy hayot ham taqozo qila boshladi. O‘zbekistonda prezidentlik instituti o‘rnatilgan dastlabki davrda Vazirlar Kengashi ijroiya hokimiyati sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini saqlab qolgan edi. Jumladan, uning 1990 yil 30 martda Oliy Kengash tasdiqlagan yangi tarkibi 41 kishi, ya’ni Rais, Bosh vazir, uning ikki birinchi o‘rinbosari, to‘rt o‘rinbosari, 19 vazir, 14 davlat qo‘mitasi
raisidan iborat edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish borasida boshqaruv idoralari tobora takomillashib bordi.
O‘zbekistonda yangi jamiyat qurish borasida tajribalar ortishi bilan Prezidentlik boshqaruvi ham rivoj topib bordi. Bu borada 1990 - 1992 yillarda amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatish mumkin. Bu davrda Prezidentlik hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborilib Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga
aylantirildi. 1990 yil 15 noyabrda Prezident I. Karimov «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida» Farmon chiqardi. Prezidentning ushbu farmoni asosida xalq xo‘jaligi dehqonchilik sanoati, xalq iste’moli mollari, qurilish-transport, mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, umumiqtisodiyot, moddiy-texnika, madaniyat ishlari komplekslariga ajratilib, uning rahbarlari belgilandi va ular Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritildi. SHubilan bir qatorda mazkur farmonga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning raisi bo‘ldi. Respublikada vitse – Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish yuklatildi. 1992 yil 4 yanvarda vitse – Prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri ta’sis etildi. Bosh vaziri zimmasigi Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklatiladi.
1991 yil sentyabr oyidayoq Prezident I.A. Karimov: «Biz O‘zbekiston davlat milliy siyosatining yo‘nalishlarini va strategiyasini qamrab oluvchi keng qo‘lamdagi va istiqbolga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqdik va amalga oshira boshladik. Bu siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri boshqarishning demokratik shakliga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanuvchi real mustaqil milliy davlatchshpshsh qaror toptirnsh»,— deb ta’kidlagan edi.1
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, dastlab 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasida shunday qayd qilinadi: «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi». SHunga ko‘ra Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati Prezidentlik hokimiyati va Vazirlar Mahkamasidan iborat Respublika Prezidenti qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan bo‘lib, unga Prezident rahbarlik qildi. SHunigdek, Vazirlar Mahkamasi Prezident tomonidan tuzilar va Respublika Parlamenti tomonidan tasdiqlangan. Vazirlar Mahkamasiga Prezident Raislik qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rdi. Prezident respublikada oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxsga aylandi va ayni bir paytda davlat boshlig‘i ham hisoblandi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qarorlar va farmoyishlar ham qabul etadigan bo‘ldi.
O‘zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik respublika shaklining yuzaga kelishi va takomillashuvida 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»ga Qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda saylovni o‘tkazish qatiyatlari, prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish va ularni O‘zbekiston prezidenti qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan bo‘lib, unga prezident rahbarlik qiladi. 1991 yilda ijro etuvchi hokimiyat organi — Vazirlar Mahkamasi tashkil etildi. Hukumat tarkibi ham yangi talablar asosida shakllantirildi. 1995 yil 5 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II sessiyasi bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi to‘g‘risidagi Farmonini tasdiqlash masalasi ko‘rildi. Sessiyada ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalardagi tub o‘zgarishlarga muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasining 35 kishidan iborat yangi tarkibi saylandi.
O‘zbekistonning davlat suverenitetini amalga oshiqruvchi tuzilmalar — Tashqi ishlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy Attestatsiya Komissiyasi va boshqa organlar tashkil etildi.
O‘zbekistonda sud hokimiyati isloh qilindi, u qonun ustuvorligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalk
referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXSH-boblariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan Konstitutsiyani 89-modsasining «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» degan so‘zlardan iborat bo‘lgan ikkinchi xatboshisi olib tashlandi. Demak, ushbu qonunga muvofiq, bundan buyon O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanmaydi.
Prezident Islom Karimov Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchalar to‘g‘risida gapirar ekan ular «...O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyat kurilishini erkinlashtirish yo‘lida boskichma-bosqich, izchil joriy etilayotgan intilish va sa’y-harakatlarimizning xolis va amaliy ifodasi bo‘lib, biz o‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarga - yurt tinchligi,
Vatan ravnaki, xalqimiz farovonligiga erishish uchun ishonchli shart-sharoit va konstitutsiyaviy kafolatlarni yaratadi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor»1, deb ta’kidladi. SHu bois, O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini isloh etish hukukiy demokratik davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonining dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, uning bir paytning
o‘zida davlat va ijroiya hokimiyat boshlig‘i hisoblanishi, shuningdek
hukumat tarkibini Prezident tomonidan tashkil etilishi va uning
Prezident oldida hisobdorligi prezidentlik boshkaruviga
asoslangan respublikaning mohiyatini ifodalaydi. Prezidentlik instituti davlat organlari tizimida markaziy va etakchi o‘rinni egallaydi. SHu bois ham O‘zbekiston sobik Ittifoqdagi respublikalar ichida birinchi bo‘lib mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy hamda samarali ko‘rinishi hisoblangan Prezidentlik boshqaruvini tanlaganligi bejiz emas.
Davlat boshlig‘i sifatida hokimiyat va davlat boshqaruvi oliy
organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning hamjihatligini ta’minlash Respublika Prezidentiga yuklatilgan. U Konstitutsiyamizning mazkur normalariga muvofiq ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat ko‘mitalarini
hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi,
shu masalalarga doir chiqargan farmonlarini Oliy Majlis
tasdig‘iga kiritadi, Bosh Vazir, uning birinchi o‘riibosari,
o‘rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi
va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni
Oliy Majlisning tasdig‘iga kiritadi.
YUqorida sanab o‘tilgan organlar yig‘indisi O‘zbekiston
Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat tizimini tashkil etadi va
bu tizim Prezident tomonidan boshqariladi.
O‘zbekiston Respublikasida Prezidentning vakolatlari uning
davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig‘i ekanligi bilan
belgilanadi. U ham ichki, ham xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston
nomidan ish olib boradi.
Hozirgi davrda ijro etuvchi hokimiyatning vakolatlari benihoya
ko‘lamli bo‘lib, uning ahamiyati makroiqtisodiy jarayonlarni davlat
tomonidan tartibga solish faoliyatining kuchayib borishi bilan
tavsiflanadi. Buning sababi, avvalo davlatning iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlaridan kelib chiqadigan zarurat talabidir. O‘zbekiston esa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot qurish yo‘lida jahon xo‘jaligi bilan asta-sekin integratsiyalashuvga kirishishi, mamlakatimizda iqtisodiy faoliyatning xilma xil sub’ektlarini vujudga kelganligi, o‘tish davrida vujudga kelgan avvalgi ichki va tashqi xo‘jalik aloqalarining uzilib qolganligi hamda eng asosiysi, mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat bosh islohotchi degan o‘sha mashhur besh tamoyilning biriga asoslanib rivojlanish yo‘lini tanlaganligidadir.
Kuchli ijroiya hokimiyati bo‘lmasa, hatto eng demokratik yo‘l
bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin. Bu esa qonuniy qarorlarning ro‘yobga chiqarilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilinishini, siyosiy va iqtisodiy islohatlar turmushga tatbik etilishini ta’minlaydigan prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida
quyidagi asosiy konstitutsiyaviy tamoyillarga asoslanadi: kollegiallik; demokratiya, qonuniylik, O‘zbekistonda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlarini hisobga olish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat
qurilishi sohasidagi muhim demokratik xususiyatlaridan biri bu
uning Konstitutsiyaga muvofiq yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z
vakolatlarini soqit kilishidir. Bu konstitutsiyaviy qoidaga ko‘ra
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston xalqi oldida
(Oliy Majlis - davlatning oliy vakillik organi) oldida
hisobdorligi va mas’uliyati mavjudligini namoyon qilish shaklidir.
YAngi saylangan Oliy Majlis vakolat muddatiga barobar qayta
tuzilgan Vazirlar Mahkamasi tarkibi Oliy Majlisga ko‘rib chiqish
uchun o‘z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi. Bu
dastur O‘zbekiston Respublikasini iktisodiy va ijtimoiy
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari-ni
ishlab chiqish va uni Oliy Majlis tasdig‘iga kiritishi Vazirlar
Mahkamasining muhim vakolatlaridan biridir.
Har qanday jamiyat va davlat taraqqiyotining asosi, ravnaqi va
izchil rivojlanishining garovi unda zarur huquqiy poydevorning
etarli darajada mavjudligi hamda uning sifati, hayotiyligi va
xalqchilligi, shuningdek mamlakat aholisining huquqiy savodxonli-gi
va shu kabi boshqa omillar bilan belgilanadi. Binobarin, "kuchli
ijroiya hokimiyat bo‘lmasa, xatto eng demokratik yo‘l bilan qabul
qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin", deganda
Prezidentimiz I. Karimov naqadar haq edilar.1 SHuning uchun ham
mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq yurtboshimiz tashabbusi bilan
Vazirlar Mahkamasining Prezident rahbarligi ostiga
o‘tkazilganligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida esa
yakka boshchilik prinsipiga asoslangan, o‘ziga xos sharqona ijroiya
mahkamasi hisoblangan hokimlik institutining kiritilishi
shubhasiz davlat kurilishi sohasidagi yutuklarimizdandir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi
hokimiyatning o‘zagini tashkil etar ekan, unga yuklatilgan ijtimoiy va
iqtisodiy vazifalarni samarali hal etilishi uchun uning huquqiy
holati va mavqei muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga
amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi
barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan
qarorlar va farmoyishlar chiqarish vakolati berilgan.
Vazirlar Mahkamasining iktisodiy, ijtimoiy, madaniy rivojlantirish sohasidagi asosiy vakolatlari «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonuning (yangi tahriri) 5-moddasida batafsil sanab o‘tilgan1. Unga ko‘ra iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqarish,
mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish, erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini yaratish, ularning faoliyatini yo‘naltirish va muvofiqlashtirish, pul va kredit tizimini boshqarish, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, fan va texnikani rivojlantirish, fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish va boshqa vazifalar ustuvor masalalar qatorida belgilangan.
O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. O‘zbekistonning davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar: Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy Attestatsiya Komissiyasi tashkil etiddi.
1991 yil 6 sentyabrda Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Mustaqillikni, hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun 1992 yil 14 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi tuziddi. 1992 yil iyudda Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. Adliya vazirligining faoliyati takomillashtirildi.
Respublikaning tashqi faoliyati masalalari bo‘yicha shug‘ullanadigan idoralari tizimi ham takomillashtiriddi. Jumladan, 1991 yil 7 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. 1992 yil 21 fevralda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi. O‘sha yili 10 avgustda esa O‘zbekiston Respublikasi davlat
bojxona qo‘mitasi barpo etildi, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va himoya qilish choralari belgilandi. O‘zbekiston hududida sayohat sohasidagi yagona siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirishni ta’minlaydigan muvofiqlashtiruvchi bosh idora sifatida «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi ham barpo etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |