Optik metodlar yordamida mikro- va nanotuzilmalarni o‗rganishning samarali
usullaridan biri nochiziqli optik metod hisoblanadi [15, 18]. Bu metod ham
o‗rganilayotgan modda hajmidan qaytgan nurlar signallarini taxlil qilishga
asoslangan. Nochiziqli optik metod yuqori vakuum sharoitida olib boriladi. Bu
asosalangan. Nurlar dastasi modda hajmida yutilganda turli yo‗nalishlarda
tarqalishi mumkin. Nurlar dastasining kristal sirtiga tushishi va uning hajmida
Nurning modda sirtiga tushgan hamda uning hajmida tarqalishini asosan uch
qismga bo‗lish mumkin. Sirtga tushayotgan nur uyg‗otuvchi nur bo‗lib, sirtdagi
namunaning atomar yoki molekulyar tuzilmalari bilan o‗zaro ta‘sirlashadi. Modda
hajmidagi yutilgan nurlar bo‗ylama hamda ko‗ndalang holatlarda tarqaladi. Nur
dastasining modda hajmida turli yo‗nalishlarda tarqalishi va qaytishi moddaning
49
atomar yoki molekulyar tuzilishiga bog‗liq. Bu jarayonda ularning to‗lqin
uzunliklari va chastotalari o‗zgaradi.
Nochiziqli optik metodda nurlar manbasi sifatida elektron va ion nurlar
dastasida keng foydalaniladi. Bu nurlar moddalarning turli xossalarini o‗rganishda
qo‗llaniladi. Dastlab, elektron nurlar dastasidan foydalanish va uning
mexanizmlarini ko‗rib chiqaylik.
2.4 – rasm. Nurlar dastasining moddada tarqalish sxemasi.
2.5 – rasmda moddaga yuborilgan elektron nurlarining sochilishini
ifodalovchi
sxema
keltirilgan.
Mikroskoplarda
elektron
nurlar
dastasi
qo‗llanilganda asosan quyidagi fizik jarayonlar yuz beradi. Manbadan moddaga
yo‗naltirilgan nurlar birlamchi elektronlar hisoblanadi. Moddaga elektron nurlar
dastasi tushishi hisobiga katod nurlanish vujudga keladi. Atom yoki molekulalar
bilan o‗zaro ta‘sirlashgan birlamchi elektron nur dastalari turli ko‗rinishda
tarqaladi. Modda sirtidan qaytgan elektronlar ikkilamchi elektronlar hamda rentgen
nurlarini hosil qiladi. Birlamchi elektronlarning ma‘lum bir qismi modda hajmida
yutilishi hotto uni teshib o‗tishi ham mumkin.
Moddalarning tuzilishi va morfologiyasini o‗rganishda ion nur dastalaridan
foydalanish ham samarali usullardan biri hisoblanadi. 2.6 – rasmda moddadan
qaytgan nurlarning sxemasi tasvirlangan Ion nurlar dastasi modda atom yoki
50
molekulalar bilan o‗zaro ta‘sirlashganda emissiya jarayonlari yuz beradi. Bunda
qaytgan nurlar bir – biridan emissiya hodisalariga mos holda farqlanadi. Emissiya
hodisalari modda tarkibidagi atomar yoki molekulyar bog‗lanishlarga bog‗liq.
Yuqorida, nurlar dastasining modda hajmidagi atom yoki molekulalar bilan o‗zaro
ta‘siri haqida aytib o‗tgan edik. Biroq, nurlar dastalarining atom yoki molekulalar
bilan o‗zaro ta‘siri mexanizmlari ochiq qolgan edi. Quyidagi bandda bu
mexanizlarni ko‗rib chiqaylik.
2.5 – rasm. Skaner qiluvchi elektron nur mikroskopining sxemasi.
51
2.6 – rasm. Ion nur dastalaridan foydalanish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: