Qalqonsimon bezning asosiy qonda aylanib yuradigan gormoni tiroksin hisoblanadi. Tiroksindan tashqari qonda oz miqdorda yana bitta gormon-triyodotronin ham bor. Ikki gormon ham qonda erkin holatda bo`lmay, oqsillar bilan biriktirib, globulin fraksiyalar shaklida harakat qiladi. Tiroksin umumiy qon aylanish tizimiga kirib jigar hujayralari tomonidan ushlanib oladi va gormon faollikka ega bo`lmagan glukuron kislotasi bilan juft birikmalar hosil qiladi, so`ngra o`t bilan me’da-ichak yo`liga chiqariladi. Tiroksin bilan glukuron kislotasining juft birikmalar hosil qilishi natijasida gormin inaktivatsiya (nofaol) bo`ladi. Bu mehanizm orqali tiroksinning qondagi miqdori me’yordan oshmaydi.
Tajribalarda radioktiv yod ishlatib katta yoshdagi odam organizmida bir kecha-kunduzda 300 mkg tiroksin va triyodotronin parchalanishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |