Odamda to`rtta qalaonoldi bezi bor, bulardan ikkitasi qalqonsimon bezning orqasida, qolgan ikkitasi esa qalqonsimon bezning pastki qutbida, ba’zan esa bez to`qimasida bo`ladi. Ular yapaloq, oval tuzilmalar bo`lib, bo`yi 6-7 mm, eni 3-4 mm va qalinligi 1,5-2 mm. bez to`qimasi qon va limfa tomirlariga boy. Qalqonoldi bezlarning umumiy massasi 100 mg ga teng (E.N.Nuritdinov Odam fiziologiyasi 273-bet).
Qalqonoldi bezlarning yoshga oid xususiyatlari. Qalqonoldi bezlar odamda 0,25 grammgacha og`irlikda bo`lib, qalqonsimon bezlarning ikki chetiga joylashadi va kichikroq don shaklidadir. Qalqonoldi bezidan organizmda kalsiy almashinuvini o`zgartiruvchi gormon hosil bo`ladi. Bu bezlar
12
faoliyati buzilgan taqdirda tubandagi harakterdagi kasallik yuzaga keladi: qo`l va oyoqni bukuvchi muskullar, yuz muskullari tortishib qoladi, qon plazmasida kalsiy tuzlari kamayib (9-11 mg foiz o`rniga 5-6 mg foizga tushib) boradi (L.I.Murskiy Kichik yoshdagi maktab bolalarining anatomiyasi va fiziologiyasi 193-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |