Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana27.11.2019
Hajmi1,68 Mb.
#27366
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kerosinning kimyoviy tarkibi va xossalarini organish


 

 



O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI OLIY VA 

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

Z.M.Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti 

 

Magistratura bo’limi 



Umumiy kimyo kafedrasi 

 

“ Tasdiqlayman”                                     “Himoyaga qo’yildi” 



Bo’lim boshlig’i                                      Kafedra mudiri 

N.I.Asqarov                                            Yu.T.Isaev 

__________________                                   ____________________ 

“_______”____ 2015 yil                                   “______”______ 2015 yil 

 

“Kerosinning kimyoviy tarkibi va xossalarini o’rganish” 

mavzusida 

                                      MAGISTRLIK  DISSERTATSIYASI 

 

             



Bajardi:

  Yuldasheva Zuhra Mukimjonovna 

                                Umumiy kimyo kafedrasi magistranti. 

             



Ilmiy rahbar: 

Qirg’izov Shaxobiddin Mirzaraimovich 

                                         Kimyo fanlari nomzodi dotsent.

 

     



                                 

 

                                                 Andijon -2015 



 

Kirish…………………………………………………………………...…………4 



I-bob. Adabiyotlar tahlili. 

1.1.    Kerosinning ochilish tarixi…………………………………………………8 

1.2.    Neftning hosil bo’lishi haqidagi farazlar………………………………….11 

1.2.1. Neftning kimyoviy klassifikatsiyalanishi..………………………………..16 

1.2.2. Neftning fraksion kimyoviy tarkibi.………………………………………21 

1.2.3. O’zbekiston neft sanoatini rivojlanish tarixi……………………………...22 

1.2.4. O’zbekistonda qazib chiqarilayotgan neftlarning qiyosiy tasnifi…………24 

1.3. Kerosinning tasnifi va kimyoviy hossalari………………………………….25 

1.3.1. Kerosinning sifatini  gidrogenlash orqali oshirish..………………………26 

1.3.2. Kerosinni katalitik krekinglanishi……….……………………………….30 

1.3.3. Kerosinni pirolizlanishi……….………………………………………….41 

1.3.4. Kerosindan sirt faol moddalar sintezi.……………………………………46 

1.3.5. Kerosindan aldegid, keton, karbon kislota va spirtlar sintezi……………..54 

1.4. Sun’iy kerosin sintezi……………………………………………………….59 

1.5. Kerosinning ishlatilishi...……………………………………………………61 

1.6. Kerosinning tibbiyotda qo’llanilishi…..…………………………………….65 

II-bob. Tajribaviy qism. 

2.1. Kerosinning fizik ko’rsatkichlarini o’rganish………………………………67 

2.2. Kerosinning fraksiyalarini o’rganish.. ……………………………………...68 

2.3. Kerosinning sifat analizi  ………………. ………………………………….70 

2.4. Kerosinni katalitik krekinglash……………………………………………...79 

III-bob.  Kerosinning  kimyoviy  tarkibi  va  xossalarini  o’rganishga  oid  olingan 

natijalar hamda ularning tahlili………….……………………………………….82 

Xulosa va tavsiyalar. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………86 

 

 



 

 


 

KIRISH. 

Dunyoda  borayotgan  moliyaviy  inqiroz  sharoitida  O’zbekiston  ishlab 

chiqarishi  jadal  suratlarda  o’sishi  kuzatilmoqda.  Bunga  asosiy  sabab  bo’lib,  

inqiroz  boshidan  yurtboshimizni  –  uning  O’zbekistonga  ta’sirini  kamaytirish 

masalalariga  jiddiy  e’tibor  qaratishi  deb  bilamiz.  I.A.Karimov  so’zi  bilan 

aytganda  “...  bu  jiddiy  sinovni  yengish,  xech  shubhasiz,  ko’p  jixatdan 

hammamizni,  avvalo  ma’suliyatimizni  teran  his  qilishni  barcha  imkoniyat  va 

resurslarimizni  ishga  solishni  talab  qiladi”.  SHunday  ekan,  ikkinchi  bosqich 

magistrantlari  ularga  qo’yilgan  talablarga  mos  ravishda  va  nizomga  muvofiq 

magistirlik dissertatsiyalarini himoyaga tayyorlashlari zarur bo’ladi.  

Bugungi  kunda  “...  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  ijrosi  amalda 

nihoyasiga yetkazildi.”  

__

  “Bir  so’z  bilan  aytganda,  farzandlarimizga  umumiy  ta’lim  bilan  birga, 



zamonaviy  kasb-xunarlarga  ega  bo’lish  imkonini  beradigan  12  yillik  ta’lim 

tizimiga  o’tish  yakunlanmoqda”.  Demak,  bizning  e’tiborimiz  ko’p  bosqichli 

ta’lim  tizimidagi  oliy  ta’lim  bosqichida  bajarilayotgan  ishlarning  sifatiga 

qaratilishi  lozim  bo’ladi.  Oliy  ta’limning  yuqori  pog’onasi  magistratura 

xisoblanadi[1].  

Mazkur  magistrlik  dissertatsiyasi  O’zbekiston  neft  konlaridan  qazib 

chiqarilayotgan  neft  tarkibidagi  kerosinni  kimyoviy  tarkibi  va  xossalarini 

o’rganishga  bag’ishlangan.  Bunday  ma’lumotlar  odatda  maxsus  adabiyotlarda  – 

ilmiy  jurnallar,  anjuman  to’plamlari,  ayrim  monografiyalarda  misol  sifatida 

umumlashtirilmagan va umumiy tahlil qilinmagan holatda uchraydi. Ular tabiiyki 

keng ilmiy ommada so’nmas qiziqish uyg’otadi. Sababi oxirgi yillarda yoqilg’iga 

bo’lgan  extiyoj  sezilarli  darajada  ortib  ketdi.  Bizning  asrimizni  boshlarida 

yoqilg’i  faqatgina  sanoqli  sohalarda  ishlatilar  edi.  Lekin  bugungi  kunga  kelib 

organik  kimyoni  turli  qismlarini  jadal  sur’atda  rivojlanishi  natijasida  yoqilg’ini 

sintetik  usullarda  sintez  qilish  natijasida  sintetik  preparatlarni  yaratishdagi  juda 

katta yutuqlarga erishildi. 



 

Organik  kimyoni  nafis  organik  sintez  kabi  yo’nalishini  rivojlanishi 



natijasida  yuqori  oktan  soniga  ega  bo’lgan  motor  yonilg’ilari  sintezi  yo’lga 

qo’yildi.  Bu  esa  o’z  navbatda  atrof  muhitni  ifloslantirishi  kamroq  bo’lgan 

ekalogik  jixatdan  toza  va  motorni  detallarini  ishlash  muddatini  uzaytiruvchi 

hamda  yoqilg’i  sarifini  kamaytiruvchi  yuqori  oktan  soniga  ega  bo’lgan  yonilg’i 

olishga  imkon  beruvchi  turli  usullarni  ishlab  chiqishga  olib  keldi.  Bunga  misol 

tariqasida  bugungi  kunda  o’z  ish  faoliyatini  Buxoro  viloyatida  olib  borayotgan 

O’zbekiston-Xitoy  qo’shma  korxonasini  olishimiz  mumkin.  Ushbu  korxona 

hozirda sintez gazidan yuqori oktan soniga ega bo’lgan benzin yonilg’isini ishlab 

chiqarmoqda.  

Hozirgi kunda neft va  undan olinuvchi  yoqilg’iga bo’lgan ehtiyoj sezilarli 

darajada  ortib  bormoqda.  Shu  zaylda  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka 

erishgandan so’ng ilm fanga va ishlab chiqarish jarayonlariga katta e’tibor berila 

boshlandi.  Bunday  ishlar  jumlasiga  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  va 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan qonunlarga e’tibor berish 

kifoya. Bu so’zlarimizga misol tariqasida quydagi qonunlarni olishimiz mumkin;  

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimovning  1992  yil  3-



maydagi qaroriga binoan “O’zbektneftigaz” konsernoni tashkil etildi. 

 

Prezidentimizning  1992  yil  23-dekabirdagi  qaroriga  asosan 



“O’zbektneftigaz” konsernoni milliy kompaniyaga aylantirildi. 

 

1998  yilning  11-dekabrida  O’zbekiston  Republikasi  Prezidentining 



№ UP-2154 qaroriga binoan “O’zbektneftigaz” milliy kompaniyasi milliy xolding 

kompaniyasiga aylantirildi. 

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi № 523-



qaroriga binoan “Uztransgaz”, “Uzneftmaxsulot”, “Uzneftigazmash” aktsionerlik 

kompaniyalari tashkil etildi.  

 

2004  yili  “O’zbektneftigaz”  MXK  va  “Lukoyl”  MCHJ  “Kandi-



Xauzak-SHadi”  loyihasi  asosida  Buxoro-Xiva  xududida  tabiiy  gaz  konlarini 

topish va ulardan foydalanish yuzasidan shartnoma imzolashdi. 



 

Lekin shuni ham ta’kidlash joyizki tabiat bizga judayam keng imkoniyatlar 



va in’omlar taqdim etgan[2].  

Mavzuning dolzarbligi. Izlanishlarimiz  natijasida  to’plangan  ma’lumotlar 

shuni  ko’rsatadiki,  chetdan  olib  kelinayotgan  ayrim  moddalarni  sintezlashda 

kerosin  xom-ashyo  manbai  sifatida  qo’llanishi  mumkin.  Jumladan  chetdan  olib 

kelinayotgan  va  bugungi  kunda  ishlab  chiqarishni  eng  muhim  xom-ashyolaridan 

biri  bo’lgan  emulgatorlarni  ishlab  chiqarilsa,  ushbu  emulgatorlar  chet  el 

emulgatorlari  bilan  bemalol  raqobat  qila  oladi.  Ushbu  sirt  faol  moddalarni  kir 

yuvish  kukunlari  ishlab  chiqarishda  ham  qo’llanishi  mumkin.  Buning  natijasida 

esa  chetga  chiqib  ketayotgan  valyuta  konvertatsiyasini  oldini  olishga  juda  katta 

yordam  beradi.  Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  mavzuning  dolzarbligini 

ko’rsatadi.  



Magistirlik  dissertatsiyasining  ilmiy  yangiligi  va  amaliy  ahamiyati. 

Kerosinning kimyoviy tarkibi va xossalari bo’yicha tarqoq ma’lumotlar to’plandi 

va umumlashtirildi. Tarkibida mavjud bo’lgan turli birikmalar sinflari to’g’risida 

batafsil  ma’lumotlar  keltirildi.  Bunda  kerosin  kimyoviy  tarkib,  mavjud  sinf 

moddalarining strukturasi va xossalari tahlil qilindi. Mazkur mavzuga qarashli xar 

tomonlama ma’lumotlar bir joyda mujassamlanishi  kimyogar va turdosh sohalar 

talabalari uchun qo’llanma sifatida tavsiya etish imkoniyatini beradi.  

Ishning  maqsadi  va    vazifalari  yuqoridan  aytilgandan  kelib  chiqadi. 

Asosiy  maqsad  qilib  mazkur  mavzuga  tegishli,  imkoniyat  darajada  to’liq 

ma’lumotlar  mujassamlangan  xolatga  keltirilishi,  bunda  e’tiborni  kimyoviy 

tarkibga  qaratish  rejalashtirilgan.  Ana  shu  ma’lumotlarning  barchasini  qamrab 

olgan  kichik qo’llanma xosil qilish maqsadi qo’yilgan. Organik kimyo, biorganik 

kimyo,  qolaversa  biokimyo  darslarini  o’zlashtirishni  yengil  qilish  vazifasini 

bajaradi. Xom-ashyoni kompleks o’rganishning samarali usullarini singdiradi.  

Mavzuni  o’rganilganlik  darajasi:  mavzu  jada  ham  ko’p  olimlar 

tomonidan  o’rganilganligiga  qaramasdan  yetarli  darajada  tahlil  qilinmagan. 

Kerosinning  organik  tarkibida  uchrovchi  moddalarning  to’liq  tasnifi,  ularning 


 

tuzilish  formulalari  va  molekulasining optik hamda  fazoviy xolatlari to’laligicha 



o’rganilmagan.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I-bob. Adabiyotlar tahlili. 



1.1.  Kerosinning ochilish tarixi. 

Kerosin  neftning  tarkibiy  qismi  bo’lganligi  uchun  uning  ochilish  tarixini 

neftni qayta ishlash davrini o’rganishdan boshlash zarur. 

Neftni  qayta  ishlash  tarixini  shartli  ravishda  uch  bosqichga  ajratishimiz 

mumkin; 

a) birinchi bosqich: turli qadimgi qo’lyozmalarda tog’ jinslaridan  neft  va 

gazni  ajratib  olishga  doir  juda  ko’p  ma’lumotlar  keltirilgan  bo’lib,  bunga  misol 

tariqasida  o’lik  dengiz  qirg’oqlarida  Geradod,  Plutarx,  Pliniya,  kasbiy  dengiz 

qirg’oqlarida Suriya, Persiya, Xindiston, Amudaryo qirg’oqlarida topilgan neft va 

gaz  zaxiralari  haqidagi  yozib  qoldirilgan  qo’l  yozmalarni  misol  qilib  olishimiz 

mumkin. 


Qadimda  neft  tibbiyotda,  qurilish  va  xarbiy  soxalarda,  bundan  tashqari 

yoqilg’i va yoritish vositasi sifatida ishlatilib kelingan. Yoritgichlarga tabiiy neft 

ishlatilgan  bo’lsada,  ammo  yengil,  tiniq  yonilg’i  shaklidagi  neft  eng  yaxshi 

yonilg’i  hisoblangan.  Ma’lum  davrga  kelib  yengil  neft  tanqisligi  yuzaga  kela 

boshlashi  bilan  neftni  oddiy  xaydash  orqali  undan  tiniq  yengil  fraksiyani  ajratib 

olish boshlandi.  

Oddiy  xaydash  qurilmasini  o’rta  asrlarda  G’arbiy  Ukrainaning  Uxte 

daryosi  qirg’oqlarida  amalga  oshirilgan.  1821-1823  yillarga  kelib  Kavkazning 

Mozdok  shaxrida  aka-uka  Dubininlar  tomonidan  birinchi  sanoat  usulida  neftni 

xaydash  qurilmasi  yaratildi.  Aynan  shunday  qurilmalar  dunyoning  ko’zga 

ko’ringan  mamlakatlaridan  Angliyada  1848  yilda,  Amerikada  1860  yilda 

Pensilvaniya shtati Titusvil shaxrida ishga tushurildi. 

Dastlabki xaydash qurilmasi davriy ravishda ishlovchi kub bo’lib, xaydash 

mahsuloti  bo’lsa  tiniq  va  shafof  kerosin  bo’lgan.  Yengil  benzin  fraktsiyasi  va 

qurilma tubida qolgan mazutni maqsadsiz ravishda yoqib yuborilgan. 

XX-asrning  saksoninchi  yillariga  kelib  davriy  ravishda  ishlovchi  xaydash 

qurilmasi  kubi  rus  injinerlari  L.F.Inchik,  V.G.Shuxov  va  N.N.Yeminlar 


 

tomonidan  yaratilgan  doimiy  ravishda  ishlovchi  batareya  shaklidagi  kubga 



almashtirildi. 

1876  yilda  isitish  qozonlariga  mazutni  yoqilg’i  sifatida  yoqish  uchun 

forsunkalar  kashf  qilindi.  Natijada  mazutni  yonilg’i  sifatida  ishlatila  boshlandi. 

O’sha yili rus olimi D.I.Mendeleev mazutdan surkov moylari olish mumkinligini 

isbotlab berdi. Bu esa o’z-o’zidan o’simlik va xayvon yog’laridan tayyorlanuvchi 

surkov moylarini qo’llanilishdan siqib chiqarishga sabab bo’ldi. Xattoki Rossiya, 

AQSh va ayrim davlatlarda neftdan moy ishlab chiqarish avjiga chiqa boshladi. 

1890  yilga  kelib  V.G.Shukov  va  S.P.Govilov  olovli  zig-zag  qizdirgich, 

bug’latgich,  rektifikatsion  kolonka  va  issiqlik  almashtirgichdan  iborat  uzluksiz 

xaydash  qurilmasini  patentlashdilar.  1910  yildan  boshlab  uzluksiz  xaydash 

qurilmalari butun dunyo bo’ylab tarqala boshladi[3]. 

b)  ikkinchi  bosqich:  XX-asrning  birinchi  yarimiga  kelib  neftni  qayta 

ishlash  sanoati  neftdan  benzin,  kerosin,  dizel  yonilg’isi  kabi  qimmatli 

mahsulotlarni  ajratib  olish,  ularni  sifatini  oshirish  maqsadida  ikkilamchi  qayta 

ishlash  jarayonlarini  amalga  oshira  boshladi.  Ikkilamchi  qayta  ishlash  jarayonini 

amalga  oshirishda  xom-ashyoga  turli  termik  va  kimyoviy  metodlar  ta’siri 

natijasida neftdan birlamchi mahsulotlarni ajratib olishdan iborat bo’ldi. 

XX-asrning  birinchi  yarimida  neftni  ikkilamchi  qayta  ishlash  jarayonini 

nazariy  asoslari  va  sanoat  usullari  joriy  qilina  boshlandi.  Neftni  og’ir 

fraksiyalaridan  termik  kreking  yodamida  benzin  olishni  asosiy  printsiplari 

o’rganilgan  bo’lib,  1913  yili  AQSh  da  termik  krekinglash  orqali  bosim  ostida 

gazoel fraksiyasini ajratuvchi birinchi qurilma ekspluotatsiya qilina boshlandi. 

XX-asrning  20-30  yillariga  kelib  avtomobilchilik  sanoatini  rivojlanishi 

natijasida  detonatsiyaga  chidamli  benzinga  bo’lgan  extiyoj  yanada  ortdi.  Yuqori 

oktan  sonli  antidetanatsion  benzin  olish  uchun  bu  davr  distilyatlarini  katalitik 

krekinglash jarayonlarini yaratish, yaxshi to’yinmagan uglevodorodlarni izobutan 

bilan  alkillash, 

  alkenlarni  polimerlash  oqali  benzin  sifatini  oshirishni 

talab qila boshladi[4]. 



 

d)  uchinchi  bosqich:  XX-asrning  ikkinchi  yarimida  dunyo  bo’ylab  neftni 

qayta  ishlash  sanoati  jadal  suratda  rivojlana  boshladi.  Bu  jarayonni  quyida 

keltirilgan  jadvalda ko’rishimiz mumkin; 

                                                                                                            1-jadval 

Neftni qayta ishlash samaradorligining ko’rsatkichlari. 

Mamlakat nomi 

Ishlatilgan neftni mln. t dagi miqdori. 

1960 yil 

1970 yil 

1975 yil 

1987 yil 

AQSh 

399,2 


535,6 

613,1 


758,6 

Yaponiya 

27,5 

167,5 


219,8 

226,5 


Fransiya 

33,3 


100,4 

110 


96,2 

Italiya 


30,7 

116,4 


95,2 

127,1 


Britaniya 

43,7 


100,9 

93,8 


89,3 

Germaniya 

27,8 

106,4 


92,9 

81,7 


Kanada 

37,9 


58,3 

83,5 


92,7 

 

1950  yilga  kelib  neftni  qayta  ishlash  jarayoniga  katalitik  kreking,  platina 



katalizatori  ishtirokida  katalitik  riforming,  distilyatlarni  gidrogenlash  orqali 

tozalash  kabi  ikkilamchi  qayta  ishlash  jarayonlarini  joriy  etish  orqali  neft 

mahsulotlarini  sifatini,  yoqilg’i  va  organik  sintez  uchun  xom-ashyo  miqdorini 

sezilarli darajada oshirdi. Neft mahsulotlaridan sintetik yog’ kislotalarini, sintetik 

spirtlarni,  poliolefinlar,  sun’iy  tolalar,  sintetik  kauchuk,  mineral  o’g’itlar  ishlab 

chiqarila  boshlandi.  Neftdan  olinadigan  xom-ashyo  ilgari  texnik  maqsadlarda 

ishlatilinayotgan  bug’doy,  kartoshka  va  yog’  kabi  qimmatli  oziq-ovqat 

mahsulotlarini tejalishiga olib keldi[5]. 

Natijada  neft  mahsulotlariga  bo’lgan  talab  ortib,  yildan-yilga  neftni  qayta 

ishlash  uchun  sarflanadigan  neft  miqdori  ortib  bordi.  Quydagi  jadvalda  Rossiya 

Federatssyasining  1990  yildan  2005  yilga  qadar  yoqilg’iga  bo’lgan  ichki 

extiyojini foizlarda taqqoslash keltirilgan;  

                                                        

 


10 

 

                                               2-jadval 



Yoqilg’ilarni foizlarda taqqoslanish ko’rsatkichlari. 

Mahsulot nomi 

1990 yil 

1995 yil 

2000 yil 

2005 yil 

Aviabenzin 

100 


85,7 

85,7 


85,7 

Avtobenzin 

100 

95-108 


86-100 

83-95,5 


Dizel yonilg’isi 

100 


94-102 

103-115 


113-123 

Aviatsiya kerosini 

100 

88,5-98 


89-103 

96-113 


Mazut yonilg’isi 

100 


82-91 

68-81 


60-67 

 

Yuqoridagi jadvaldan xulosa qilishimiz mumkinki neft va undan olinadigan 



mahsulotlar  kimyo  sanoatining  bugungi  kundagi  kamayib  boryotgan  yoqilg’i 

zaxiralaridan biri hisoblanadi. Uning butkul tugashini kutish esa bugungi kundagi 

mavjud xom-ashyo bazasini taxchilligiga olib keladi. 

Bugungi  kunda  avtomobillarga  o’rnatilayotgan  siqilgan  tabiiy  gaz  va 

suyultirilgan  gaz  qurilmalarini  yoqilg’i  tanqisligini  oldini  olishda  ishlatilayotgan 

alternativ  variantlardan  biri  deb  qarash  mumkin.  Ammo  bu  bilan  cheklanib 

qolmasdan yanada yangi manbalarni ishlash payida bo’lishimiz lozim[6]. 

1.2. Neftning hosil bo’lishi xaqidagi farazlar. 

Neftning  hosil  bo’lish  haqidagi  ilk  zamonaviy  qarashlarni  fanga 

M.V.Lomonosov  olib  kirgan  bo’lib,  uning  gipotezasiga  ko’ra  yer  osti  issiqligini 

toshko’mirga  ta’siri  natijasida  asfalt,  neft  va  tosh  moylari  hosil  bo’ladi.  1805 

yilda  esa  A.Gumbolt  tomonidan  neftni  minerallardan  hosil  bo’lgan  degan  fikr 

bildirildi. 

1866  yilda  M.Bertlo,  1871  yili  G.Biasson  tomonidan  olib  borilgan 

uglevodorodlarni  noorganik  sintezi  tajribalari  neftni  minerallardan  hosil 

bo’lganlik gipotezasini ilgari surilishiga turtki bo’ldi. 

D.I.Mendeleev  esa  1867  yilgacha  neftni  organik  tabiatdan  hosil  bo’lgan 

degan  fikrida  qat’iy  turib  olganligiga  qaramasdan  1877  yilga  kelib  yer  qarida 

yuqori xaroratda hosil bo’lgan metall karbidlarini suv bilan ta’siri natijasida hosil 

bo’lgan degan fikrni ilgari sura boshladi. 


11 

 

O’tgan  yuz  yillar  ichida  kimyoviy,  geokimyoviy  va  geologik  ma’lumotlar 



anchagina  yig’ildi.  Bugungi  kunga  kelib  ko’pchilik  olimlar  neftni  organik 

tabiatdan  hosil  bo’lgan  deyishsada,  ammo  xali  ham  minerallar  gipotezasini 

qo’llovchi olimlar guruhi uchrab turadi[7]. 

Neftning  minerallardan  hosil  bo’lish  gipotezasi.  Neftning  minerallardan 

hosil  bo’lish  gipotezasining  barchasida  neftni  uglevodorod,  kislorod,  oltingugurt 

va  azot  tutuvchi  komponentlari  uglerod,  vodorod,  is  gazi,  karbonat  angidrid, 

metan, suv va radikallardan hosil bo’lgan degan farazdan iborat. 

D.I.Mendeleevning  fikriga  ko’ra  uglevodorodlarni  hosil  bo’lish  jarayoni 

metall  karbidlarini  suv  bilan  ta’sirlashishi  bo’lgan.  Bunda  quydagi  jarayon 

amalga oshgan; 

MeC


m

+mH


2

O

MeO



m

+(CH


2

)

m



 

Misol  tariqasida  temir  karbidini  suv  bilan  ta’sirlashishini  ko’rishimiz 

mumkin; 

2FeC+3H


2

O                      Fe

2

O

3



+C

2

H



6

 

Hosil  bo’lgan  gaz  holidagi  uglevodorodlar  yerning  yuqori  sovuq  qismiga 



ko’tarilib g’ovak cho’kma qismida kondensatsiyalangan. Yerning quyi qismidagi 

karbidlar  o’sha  davrda  hali  ma’lum  bo’lmagan.  Hozirgi  kunda  D.I.Mendeleev 

fikri  tasdiqlanib  yerning  quyi  qismida 



  karbidlar 



aniqlandi.  Ammo  shuni  ta’kidlash  ham  lozimki  bu  karbidlar  judayam  oz 

miqdorda  tarqoq  holda  tarqalganligi  va  bir  joyda  ko’p  miqdorda  joylashgan 

rudalari  aniqlanmaganligi  ham  ma’lum  bo’ldi.  Shuning  uchun  ko’p  miqdorda 

hosil  bo’lgan  uglevodorodlarni  qanday  hosil  bo’lganligini  bu  pozitsiya  bilan 

isbotlash juda qiyin. 

Bundan  tashqari  suv  yer  yuzasidan  bu  qadar  chuqurlikka  kirib  borishi 

mumkin  emasligi  D.I.Mendeleev  fikriga  ziddiyat  tug’diradi.  Ammo  bunday 

bo’lmasligi ham mumkin, chunki quyi qatlam fluid fazasi uncha ko’p bo’lmagan 



12 

 

miqdorda  o’zida  namlikni  saqlaydi.  Shuning  uchun  uni  karbidlar  bilan 



ta’sirlashish  ehtimolligi 

ham  yo’q  emas.  Natijada  oddiy  molekulali 

ugevodorodlani hosil bo’lishi ehtimolligi paydo bo’ladi, lekin uni katta miqdorda 

hosil bo’lish ehtimolligi juda kam. 

XX  asrning  birinchi  yarimiga  kelib  neftni  minerallardan  hosil  bo’lishi 

haqidagi gipoteza o’z mavqeyini yo’qotdi. 

1950-yilga  kelib  minerallar  gipotezasiga  bo’lgan  qiziqish  yana  o’z  o’rnini 

egalladi. Buning yagona sababi sifatida organik konsepsiya asosida yotgan noaniq 

sabablar bo’ldi. 

Bu  nazariyani  ilgari  surgan  olimlar  qatorida  N.A.Kudryatsvaning  fikri 

haqiqatga yaqin bo’lganligi barchani teran fikrlashga majbur qildi. Uning fikriga 

ko’ra  yerdagi 

va 

  lar  aralashmasidan 



  va 

  aralashmasi 

quydagi reaksiya natijasida uglevodorodlar hosil qiladi; 

CO+3H


2

                    CH

4

+H

2



O

 

Bundan  tashqari  radikallarni 



  polimerlanishi  natijasida 



ham  sintez  amalga  oshadi.  Uglevodorodlarni  reaksion  aralashmalardan  hosil 

bo’lishi litosferani quyi qatlamlaridagi bo’shliqlarda boradi. Yuqori bosim ostida 

turgan bo’shliqda neft va gaz yig’ilishi kuzatiladi. 

Bu  kabi  fikrlar  juda  ko’p  olimlar  V.B.Porfirev,  P.N.Kropotkin, 

E.B.Chekalyur, AQSh olimlaridan T.Goldlar tomonidan ham bildirilgan. 

Ayrim  olimlar  neftni  abiogen  sinteziga  dalil  izlash  davrida  sanoat  usulida 

sintetik yoqilg’i olish usulini, Fisher-Trop sintezini ishlab chiqishdi. Biroq neftni 

tarkibini o’rganish orqali uning tarkibida tabiiy va sintetik uglevodorodlar borligi 

aniqlandi.  Ammo  shu  ham  ma’lum  bo’ldiki,  neft  tarkibida  yog’  kislotalari, 

terpenlar,  sterol  va  boshqa  tirik  organizmda  uchraydigan  moddalar  yo’qligi  ham 

aniqlandi. 

Neftning  tarkibi  haqidagi  ma’lumot  ko’paygan  sari  sintetik  va  tabiiy 

uglevodorodli 

aralashmalarning 

tarkibidagi 

farqlar 


aniqlandi. 

Sintetik 



13 

 

uglevodorodli  aralashmalar  o’z  tarkibida  murakkab  tuzilgan  uglevodorod 



molekulalari,  yog’  kislotalari,  terpen,  sterollar  kabi  to’yinmagan  strukturalarni 

tutmaydi.  Neftning  minerallardan  hosil  bo’lganligini  isbotlovchi  nazariy  dalillar 

termodinamik 

xisoblarga 

asoslanadi. 

E.B. 


Chekamok 

ba’zi  izomer 

uglevodorodlarni  hosil  bo’lish  haroratini  o’rganish  orqali  neftni  hosil  bo’lish 

haroratini  aniqlashga  harakat  qilgan.  Yuqori  haroratli  sintez  natijasida  teng 

termodinamik  aralashmalar  hosil  bo’lgan.  Shu  yo’l  bilan  hisoblangan  neftning 

hosil bo’lish harorati 

 ni tashkil etgan.  Bu  tempertura  yerning  100-

160  km  chuqurligida  joylashgan  yuqori  mantiya  qatlamidagi  temperaturaga 

to’g’ri  keladi.  Ammo  ayni  neftlarni  hosil  bo’lish  haroratini  boshqa  izomer 

juftliklar  bo’yicha  hisoblash  natijasiga  ko’ra  yer  qarida  mavjud  bo’lmagan 

temperatura 

 dan 


  gacha bo’lgan  harorat  kerakligi aniqlangan. 

Hozirgi  kunda  neftlarning  izomer  uglevodorodlari  muvozanatlashmagan  sistema 

ekanligi  aniqlandi.  Boshqa  tomondan  qaralsa,  uglevodorodlarni  xususiyatlarini 

termodinamik  hisoblash  natijalari shuni ko’rsatdiki,  ularni sintezi  uchun  tabiatda 

mavjud  bo’lmagan  o’n  minglab  mega  paskal  bosim  talab  etiladi.  Yerning  quyi 

qismlarida   va 

 dan 

 va uning gomologlari sintezi, ba’zi yuqori birikmalar 



sintezi  amalga  oshishi  mumkindir,  ammo  hozirda  murakkab  tarkibli 

uglevodorodlarning  minerallar  sintezini  mavjudligini  isbotlovchi  nazariy  yoki 

eksperimental  dalillar  yo’q.  Tabiiy  neft  yuqori  optik  faollikka  ega,  molekulyar 

tuzilish  darajasida  tirik  organizmlarda  uchrovchi  moddalar  va  cho’kma  tog’ 

jinslarining  bioorganik  moddalari  bilan  ko’plab  xususiyatlari  va  xossalari 

o’xshash. 

Neft va gaz konlarini o’rganish davrida yerning mantiya qatlamini cho’kma 

jinslarini  neftga  nisbatan  ahamiyati  ozligini  isbotlovchi  muhim  mahsulotlar 

olingan. 

Ma’lumki  neft  konlarida  oz  miqdorda  geliy  uchrab  turadi  va  uning 

mantiyadagi  izomerlari 

  mol  nisbatda  cho’kma  jinslarda 

  mol  miqdorda  bo’ladi.  Mantiyadagi  metanning  geliyga  miqdoriy 


14 

 

nisbati 10 ga teng. Uglevodorodlar zaxirasida mantiyadan o’tgan geliy  miqdori 1 



% dan, metan  miqdori esa 0,1 % dan oshmaydi. Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib 

turibdiki  metan  yer  qarida  minerallar  gipotezasiga  binoan  hosil  bo’ladi,  ammo 

uning  miqdori  jumladan  yuqori  molekulyar  uglevodorodlar  miqdori  jihatidan  oz 

bo’ladi.  Metan  va  ba’zi  neft  uglevodorodlarining  kristall  jinslar  tarkibida, 

vulqonlardan  otilib  chiqqan  magma  tarkibida  uchrashini  minerallar  gipotezasini 

isbotlovchi  geologik  dalillar qatoriga kiritishimiz  mumkin. Yer  qaridagi  magma 

tarkibida metan va boshqa uglevodorodlar nafaqat mineral sintezi natijasida, yana 

organik  moddalarning  biogen  termik  destruktsiyasi  natijasida  ham  hosil  bo’lishi 

mumkin.  Ammo  asosiy  dalil  shundaki  kimyoviy  va  geokimyoviy  ko’rsatkichlar 

bo’yicha  neftning  uglevodorodli  va  biogen  organik  moddalari  bir-biri  bilan 

o’xshash[8]. 


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish