7.O’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari
Og`zaki nazorat metodi (ommaviy va yakka tartibda so’rash).
Yozma nazorat metodi (insho, mashq, nazorat ishlari o’tkazish).
Laboratoriya nazorati metodi.
Mashina nazorati metodi.
O’z-o’zini nazorat metodlari (mustaqil tahlil etish, xatolarni to’ish, ularni tuzatish, oldini olish va b.q.)
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ta’lim metodlari
Tarbiyaviy
Tarbiyaviy
Tarbiyaviy
Tarbiyaviy
Tarbiyaviy
7-chizma. Ta lim metodlarining asosiy funksiyalri
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida, bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funksiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta`riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog`ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Metodik usullar
Masalani o’rganish
Namoyish (ko’rgazmali, obyektiv – tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar)
Yo’l – yo’riq ko’rsatish
Topshiriq berish
8 – chizma. Metodik usullarning turlari
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo’yicha qo’llash maqsadga muvofiqligini ta`kidlaydilar:
O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan. sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda.
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbayi bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma`lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab o’quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
Ushbu metodlar, mualliflarning ta`kidlashlaricha, bir-biridan o’quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o’qituvchi holati ... bo’yicha farqlanadi1.
Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta’lim metodlarining uch o’lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbayi, o’quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o’quv-bilishning mantiqiy yo’li yaxlit tarzda chog`ishtiriladi.
S.G.Sho’avalenko ta’lim metodlari tasnifini to’rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:
1) mantiqiy-mazmunli;
2) manbali;
3) mazmunli;
4) tashkiliy boshqaruvchi.
I.P.Podlasiy birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta`kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinbeig ta’lim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg`unlashtirishga alohida urg`u beradi»1 va quyidagi metodlarni ko’rsatadi:
Monologik metodlar
|
Hamkorlik shakllari
|
Diologik metodlar
|
Ma`ruza
|
Individual
|
Suhbatlar
|
Hikoya
|
Guruhli
|
Intervyu
|
Namoyish
|
Frontal
|
—
|
— Jamoaviy
|
—
|
|
Ta’lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta’lim vositalari yordamida joriy etiladi.
Ta’lim shakllari ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko’rinishidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim shakllaridan samarali foydalanib kelinmoqda: ma`ruza, seminar, amaliy mushg`ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat, o’quv konferensiyasi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida ta’limning samaradorligini ta`minlovchi muhim elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga quyidagilar kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproektor, kinedoskop, uskunalar, radio, televideniye, komputer, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari (kolbalar, probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketlar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi.
N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi1. Ma`lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o’zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:
1) motivatsion bosqich;
2) o’quv faoliyati;
3) boshqaruv.
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
O’qish va mehnatga rag`batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.
O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
O’quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O’z navbatida, har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:
O’qish va mehnatga rag`batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari
|
I kichik guruh
|
II kichik guruh
|
III kichik guruh
|
O’qishga qiziqishni rag`batlantiruvchi metodlar
|
O’qish va mehnatda burch hamda javobgarlikni rag` batlantiruvchi metodlar
|
Mehnatga va muayyan kasbga qiziqishni rag`batlantiruvchi metodlar
|
biluv o’yinlari;
o’quv bahsi;
hissiy-axloqiy kechinmali vaziyatlar yaratish;
a`persepsiyali (idrokning tajribaga bogliqligi) vaziyatlarni yaratish;
biluv yangiliklari vaziyatlarini yaratish
|
mehnatning muhimligiga ishontirish;
talablarni ifodalash;
talablarni bajarish uchun mashq;
o’qishdagi rag`bat;
o’qishdagi kamchilik uchun tanbeh
|
g`oliblarni ma`naviy va moddiy rag`batlantirish;
o’quvchi laming ishlab chiqarish vositalarini mustaqil boshqarishga intilishlarini rag`batlantirish;
ish joyidagi xulqini rag`batlantirish
|
II. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari
|
I kichik guruh
|
II kichik guruh
|
III kichik guruh
|
O’quv-bilish
|
O’quv-bilish faoliyatini
|
Mehnatda va mehnatda
|
faoliyatining mo’ljal
|
bajarish metodlari
|
nazorat va o’z-o’zini
|
asoslarini vujudga
|
|
nazorat metodlari
|
keltirish metodlari
|
|
|
Og`zaki:
|
Amaliy:
|
Og`zaki:
|
- hikoya;
|
-mashq;
|
- individual so’rov;
|
- suhbat;
|
- o’quv-ishlab
|
- yalpi so’rov; .
|
- tushuntirish;
|
chiqarish tajribasi;
|
- dasturli og`zaki so’rov
|
- ma`ruza;
|
- o’quv-unumli
|
|
- yo’riqnoma
|
mehnat;
|
|
|
- kitob bilan ishlash;
|
|
|
- yozma ish
|
|
Ko’rsatmali:
|
Izlanuvchi:
|
Yozma:
|
- illyustratsiya;
|
- qisman-izlanuvchi
|
- nazorat-yozma ish;
|
- namoyish
|
- tadqiqotchilik;
|
- yozma sinov (test);
|
|
- algoritmlik;
|
- yozma imtihon;
|
|
- tashxisli
|
- dasturli yozma sinov
|
|
|
(test);
|
|
|
-laborotoriya-amaliy;
|
|
|
- nazorat laborotoriya
|
|
|
ishi;
|
|
|
- mashinali nazorat;
|
|
|
- unumli mehnatni son
|
|
|
va sifat jihatdan
|
|
|
Baholash
|
III. O’quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari
|
Bilish faoliyatini kuzatish metodlari:
bevosita;
bilvosita yo’riqnoma yordamida;
o’z-o’zini nazorat
Nazorat metodlari:
o’qituvchi topshiradi;
dasturli qo’llanmadan foydalaniladi;
ta’limning texnik vositalari yordamida
O’quv faoliyatini tuzatish (korreksiya) metodlari:
tezkor;
yakuniy natija bo’yicha;
foiz ko’rsatkichi bo’yicha
|
Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariy- amaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o’quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tizimiga o’xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifiga ko’ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko’ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir:
tashkiliy;
rag`batlantiruvchi;
nazorat.
Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
O’quv-bilish faoliyatini rag`batlantirish va motivlash metodlari.
Nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari.
Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko’rilgan o’qish metodlarining tasnifi kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi fiamcia funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o’quv-tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta`minlaydi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |