Bilim olish huquqi — O’zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlaridan hisoblanadi. Unga asosan, har kim bilim olish huqu-qiga ega. O’zbekistonda umumiy o’rta ta’lim olish bepul, yahni umu-miy ta’lim olish uchun haq to’lanmaydi. Umumiy ta’lim bo’yicha ma’lumotga ega bo’lgan har bir kishi o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish huquqiga ega. Bu ta’lim belgilan-gan sinovdan o’tganlar uchun bepul, qolgan shaxslar pul to’lash bilan bilim olishni davom ettirishlari mumkin. Bilim olish huquqi umumiy maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurt-laridagi faoliyatlar orqali tahminlanadi. Bundan tashqari, aspirantura va doktoranturada ham bilim olish mumkin (O’zbekiston Respublika-si Konstitutsiyasining 41-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |