Ikkinchi kurs talabalarida o’tkazilgan o’yinda mustaqil ish-ning faol tashkil qilinishiga imkoniyat yaratiladi. Ilmiy dunyoqarashi oshib, kasbiy qobiliyati shakllanadi. O’z ustida mustaqil ishlash faolligi oshadi. O’quv materiallarini ijobiy o’zlashtirishga yordam beradi. Bilim saviyasi 60 %gacha ko’tariladi.
SHu yo’sinda muntazam ravishda olib borilgan «Intellektual ring» o’yinlari yordamida talabalar bilim saviyasini uchinchi kursda 80 foizgacha va to’rtinchi kursda 100 %gacha ko’tarish mumkin.
Talabalarning «Zakovat» o’yini orqali ilmiy dunyoqarashlari shakllanishlari bilan birga, qalbida ma’naviy hislar tarbiyalanadi. SHuningdek, kelajakda O’zbekistonni yuksak malakali mutaxassislar bilan tahminlash imkoniyati paydo bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, «Zakovat» o’yini talabalarni kam vaqt ichida yuqori natijalarga ega bo’lishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |