Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari



Download 3,8 Mb.
bet179/326
Sana26.04.2022
Hajmi3,8 Mb.
#582726
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   326
Bog'liq
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

3.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 — 1530)
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda, Farg’ona hukmdori Umar SHayx oilasida tavallud topdi. Uning bolalik yillari Andijon va uning atrofida o’tdi. Bobur tug’ilgan davrda Temur asos solgan katta davlatning temuriyzodalar tomonidan bo’lib olinishi boshlangan, toj-taxt uchun kurash avj olgan edi. 1494-yili otasi Umarshayxning vafotidan so’ng Bobur Farg’ona hukmdori deb ehlon qilindi. Davlat ishlarini boshqarishda unga onasi Qutlug’ Nigor xonimning ko’magi juda katta bo’ldi. Keyingi yillari Bobur Movarounnahrda katta davlat tuzishga harakat qildi, lekin temuriyzodalarning bir-biriga bosh qo’shmasliklari, tarqoqligi tufayli Bobur Muhammad SHayboniyxondan yengilib Kobulga, keyinchalik Badaxshonga ketishga majbur bo’ldi. 1505 — 1515-yillari Bobur yana temuriylar davlatini tiklash maqsadida Movarounnahrga qaytishga harakat qilib ko’rdi, lekin bu yurishlar ham befoyda ketdi. SHundan keyin Bobur Afg’onistonda hokimiyatini mustahkamlagach, Hindistonga yo’l oldi. 1525-yili Dehlining shimolida Panipatda Dehli sultoni Ibrohim Lo’di qo’shinini yengib, boburiylar davlatiga asos soldi.
Bobur ilm-fanning, sanoatning, umuman, hayotning hamma sohalari bilan yaqindan qiziqqan. G’ayrat va tashabbus, sinchkovlik va istehdod Boburni rivojlangan feodal davrining ulug’ namoyandalaridan biriga aylantirdi. U har bir sohani aniq bilishga intilgan, undagi nuqsonlarni ko’ra olgan va masalaning mohiyatini tezda tushunib yetgan.
Jahon sharqshunoslari tomonidan ulug’ olim sifatida ehtirof etilgan Bobur fanning ko’pgina sohalari bo’yicha qimmatli ishlarni amalga oshirgan. Yaqin hamda O’rta SHarq xalqlari madaniyati tarixi uchun katta xizmat qilgan.
Buyuk istehdod sohibi boigan Bobur «Boburnoma»da turli toifa tabaqa, urug’ nasab, kasbu kor, har xil mansab, lavozimlarga ega boigan tarixiy shaxslar, mashhur kishilar, ularning shajarasi, hayot yo’li, yashash tarzi, sarguzashtlarining aniq va to’liq tavsifini beradi. «Boburnoma» o’sha davr tarbiyasini o’rganish uchun ham o’ziga xos ahamiyatga egadir.
Zahiriddin Muhammad Bobur shafqatli va ibratli ota sifatida o’z farzandlarini hamisha totuvlik va inoqlikka da’vat qilar, bu tuyg’uni ularning qon-qoniga singdirmoqqa urinardi. Bu intilishni uning Xumoyun va boshqa o’g’illariga yozgan ibrat to’la maktublarida ko’rish mumkin. Unda Bobur o’g’illarini totuv yashab, bamaslahat ish ko’rishga chaqiradi.
Bobur lirikasining asosiy qismini g’azallar tashkil etadi. Bizgacha ulug" shoirning 119 g’azali yetib kelgan. Bobur g’azallarida talim-tarbiya, odob-axloq masalalariga ham e’tibor berilgan.
Fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlagan Bobur adabiyot, sanoat va ilm ahli bilan doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga homiylik qildi, ilmiy-adabiy suhbatlar, mushoaralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga berilgan odamlar kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini quyidagicha ta’kidlaydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q, Men bormen ilm tolibi, ilm kerak. Yozuv ham yarim ilm, deb hisoblagan Bobur chiroyli va to’g’ri yozdshga, fikrni aniq ifodalashga alohida ahamiyat bergan. Buni uning o’g’li Xumoyunga yo’llagan ushbu maktubi misolida ham yaqqol ko’rish mumkin:
«Bu xatlaringni bitibsen va o’qumaysen ne uchunkim, agar o’qur xayo’l qilsang edi, o’quy olmas eding. O’quy olmagandan so’ng, albatta, tag’yir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladir, vale asru mug’laqtur. Nasri muammo hech kishi ko’rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xeyli rost emas, iltifotni «ot» bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu muglak alfozingdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur. G’olibo, xat bitirda johillig’ing ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysen, ul jihattin mutlaq bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bilan biti; ham senga tashvish ozroq bo’lur va ham o’qug’uvchiga».
Bobur ana shu maktubida o’z o’g’lini adolatli, haqgo’y, insofli bolishga, kamtarlik va kamsuqumlikka undaydi.
Bir sherida:
Davlatqa yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o’zungni aseru tutma, —
deb yozgan Boburning o’zi ham doimo ana shu qoidaga amal qilardi.
Ulkan so’z boyligiga ega bolgan va o’zbek adabiy tilining rivojida salmoqli o’rin tutgan «Boburnoma»da keltirilgan va asarning filologik qimmatini oshirgan ajoyib rivoyatlar, ta’sirchan sheriy parchalar, jozibador iboralar, ayniqsa, «Har kimdin yaxshi qoida qolg’on bolsa, aning birla amal qilmoq kerak», «Yomon ot bila tirilgandin yaxshi ot bila olgan yaxshiroq» kabi juda ko’p uchraydigan hikmatli so’z darajasiga ko’tarilgan jumlalarning hammasi kishini bilimdonlikka, ezgulikka, xushfehllik va shirinsuxanUkka chaqiruvchi xitobdek eshitiladi.
Bobur kishining hayotdagi eng asosiy burchi hamma joyda ham o’zini tuta olishdan va yaxshi xulq-atvorli bolishdan iborat ekanini ta’kidlab:
Xulqingni rost etgil, har sorig’aki borsang,
«Ahsanta» der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang, —
desa; boshqalarga doimo yaxshilik qilish eng olijanob fazilat ekanini ta’kidlab:
Bori elga yaxshilig’qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’,
— kabi misralar orqali ifodalaydi.
O’z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o’zidan avvalgi kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, zulmni, qabibixlikni qoralaydi. Xalqimizning «Ekkaningni—o’rasan» degan naqliga amal qilib:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Harkimkijafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,
Har kimki yomon boisa, jazo topqusidur, —
deb yozadiki, Bobur sherlarida bunday hayotiy, jozibali misralar ko’plab topiladi.
Bobur fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin bunda mehnat va mehnatda toblanish muhimdir. Mehnat qilgan va mashaqqat chekkan kishilardangina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish