3
KIRISh
«Asrimiz boshlarida jadidlarning o‘z hisobidan
maktablar,
kutubxonalar,
qiroatxonalar,
teatrlar,
ro‘znomalar
tashkil
etganliklarini,
darsliklar,
qo‘llanmalar nashr qilganliklarini, ularni Turkiston
bolalariga bepul tarqatganliklarini eslaylik»
1
.
Islom Karimov.
Mavzuning dolzarbligi.
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston
ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidichilik harakati keng quloch yoyib rivojlandi.
«Jadid» so‘zi arabcha yangi usul degan ma’noni anglatadi. Jadidchilik harakati
Turkistonda XIX asrning oxirida quruq madaniy-ma’rifiy harakatning, ya’ni eski
maktablarning qiyin o‘qitish tizimiga nisbatan yengil tovuch usuliga asoslangan
yangi uslub (metod) asosida o‘qitishga o‘tishdangina iborat emasdi, ayni chog‘da
turk-islom huquqiy munosabatlarining millatga o‘rgatilishi, milliy-ma’rifiy,
taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o‘z ichiga olgan edi. Bu
harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch
yoyib rivojlangan turli oqimlar va Turkiyadagi «Ittihodiy va taraqqiy», «Yosh
turklar» harakatining ta’siri katta bo‘ldi.
XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hamda demokratik
harakat jarayoni asosan ikki yo‘nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo‘nalish chor
Rossiyasiga qarshi kurashni turlicha g‘oya va yo‘nalishlarda olib borish maqsadida
Rossiyaning o‘zida vujudga kelgan sotsial-demokratik kadetlar, eserlar va boshqa
siyosiy partiyalarning vakillari edilar. Hali bu guruhlar vakillari hatto oktabr
to‘ntarilishiga qadar ham o‘lkada siyosiy partiya o‘laroq uyushib shakllanmagan
edilar. Chunki ular oz sonli va asosan kelgindi rusiy zabon millatlarning
vakillaridan iborat bo‘lganlar. Mahalliy xalq bu siyosiy guruhlarning birortasiga
ham ommaviy sur’atda ergashmagan, ularni qo‘llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga
a’zo bo‘lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa
bo‘lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g‘ayridin-kofirlar deb,
1
И. Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: “Маънавият”, 2008, - Б. 45.
4
bosqinchi-mustamlakachilar deb qaraganlar. Bu siyosiy guruhlarning dastur
maqsadlari, taktik kurash usullari mahalliy xalq g‘oyasi va saviyasidan yiroq
bo‘lgan, ular bu dastur maqsadlar mohiyatini chuqur tushunib yetmaganlar va
ularni qabul qilmaganlar.
Hali oktabr to‘ntarishi yuz bermagan 1917-yil yozidayoq bir guruh andijonlik
jadidlar bolsheviklar, mensheviklar, eserlarga xat yo‘llab, ularning g‘oya va
dasturlarini Turkiston musulmon xalqi o‘zlariga singdira olmasliklarini bayon
qilgan edilar. «Sizning va bizning hayot tarzimiz bir-biriga sira to‘g‘ri kelmaydi, -
deyiladi o‘sha xatda. - Shuning uchun kelgusi davlatchilik hayotini birdaniga
umum bir qolipga solish kerak emas. Umum qolip andozani bu yerda qo‘llab
bo‘lmaydi ... Bizda sizning sof ruscha ma’nodagi dehqonlar yo‘q. G‘arbiy
Yevropacha ma’nodagi fermerlar va ijarachilar yo‘q. Bizda erkin dehqon yashaydi.
Ular hech qachon, hech qanday sharoitda krepostnoy qarolgina emas va balki
ijarachi fermer ham bo‘lmagan, erkin mulkdor bo‘lib kelgan. Muqaddas islom
bizni hech qanday tabaqalarga va sinflarga bo‘lmagan. Shuning uchun ham bizda
sinfiy kurash uchun asos yo‘qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, xoh
mulkdor bo‘lishidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar».
1
Do'stlaringiz bilan baham: