Tadqiqotning davriy chegarasi. Tadqiqot uchun davriy chegara sifatida
1991-2017 yillar olindi. Ushbu davr O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq
Respublikasi o’rtasidagi hamkorlikning rivojlanishida alohida o’rin tutgan. O’z
istiqloliga erishgan O’zbekistonda tez fursatda mustaqil tashqi siyosat tamoyillari
ishlab chiqildi va tashqi siyosiy hamda iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi
yaratildi. Aynan mana shu davrda O’zbekiston – Xitoy hamkorligining asosiy
tamoyillari, ustuvor yo’nalishlari belgilab olindi, davlat rahbarlarining o’zaro
tashriflari davomida munosabatlarni tartibga soluvchi shartnoma va bitimlar
tizimi vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |