INSON KAMOLOTI – bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir.
INSONPARVARLIK – odamzotning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashishi, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. Insonparvarlik o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatlaridir. (Zokirov M. Ma’rifiy saboqlar. J. 2001. 67-bet).
INTELLEKTUAL_MULK'>INTELLEKTUAL MULK – ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik manbai huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san’ati, jumladan, ovoz yozish, radio va televidenie asarlari kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari, kompyuter uchun dasturlar, ma’lumotlar ombori, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk manbalari kiradi.
INTELLEKT – shaxsning turli faoliyatni muvafaqqiyat bilan o‘zlashtirishini belgilaydigan tug‘ma va o‘zlashtirilgan aqliy qobiliyatlar to‘plami.
INTERFAOL MASHG‘ULOT – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot. Bunda jarayon o‘zaro hamkorlikda kechadi.
INTERFAOL USUL – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlikdagi ta’lim usuli bo‘lib, unda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi bir-birini to‘liq tushunishga erishiladi.
«Inter» so‘zi lotincha bo‘lib, o‘zbek tilidagi «oraliq», «o‘rtasi», «o‘zaro» kabi ma’nolarni bildiradi. SHu sababli ham interfaol usullar ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi faollika asoslangan ta’lim uslubiyati deb ham atash mumkin.
INNOVATSION TA’LIM – bo‘lajak mutaxassislarni yangicha joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.
KASBIY BILIMDONLIK – pedagogik faoliyatyuritish uchunzarur bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.
MALAKA – bu shaxs harakatining amalga oshirilishi va boshqarilishining avtomatlashgan shaklidir. SHaxsning malakalari shu bilan xarakterlanadiki, uning harakatlari oson va tez, guyo o‘z-o‘zidan bajarilayotganday bo‘ladi. SHu tufayli ham bir hajmdagi ishni malakali va malakasiz shaxs turli muddat va turli sifat bilan bajaradi. SHaxsning malakalari uning faoliyatining barcha sohalari uchun xosdir. Faoliyatning biror sohasi uchun hosil qilingan malaka shaxsning faqat shu sohadagi mehnatni osonlashtiribgina qolmasdan, faoliyatning boshqa sohalaridagi harakatning ham tezligi va samarali bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |