Lazerli masofa o`lchagich. Lazerli masofa o`lchagich – impulsli lazer va
nurlanish detektoridan iborat bo`lgan qurilma. Yorug’lik tezligi ahamiyatini
anglagan holda nurning akslantiruvchigacha borib qaytishga ketgan vaqtni
o`lchagan holda lazer bilan akslantiruvchi ob’yekt oralig’idagi masofani aniqlash
mumkin. Mo`ljalgacha bo`lgan masofani aniqlash usulidan qurollarni masalan tank
quvurini ko`rishda foydalanish mumkin. Lazerlardan boshqa harbiy maqsadlarda –
nishonga olishning harbiy tizimlarida foydalanish mumkin.
37-rasm. Lazerlardan harbiy maqsadlarda foydalanish.
Bunday tizimlar o`zida kam quvvatli lazerlarni namoyon qiladi. Ular
samolyotlardan
uchirilgan
raketa
yoki
aqlli
bombalarni
yo`naltirishga
mo`ljallangan. Samolyotdan uchirilgan raketa lazer nuri ortidan avtomatik tarzda
yo`nalishini o`zgartira oladi, bu orqali esa mo`ljalga aniq tekkizish imkoniyati
ortadi. Lazer nurlantirgich samolyotning o`zida ham, yerda ham bo`lishi mumkin.
Lazer yo`naltirgich qurilmalarida odatda infraqizil nurli lazerlardan foydalaniladi.
Bundan ko`zlangan maqsad uning faoliyatini dushman kuzatuvidan yashirishdir.
Ko`pchilik lazerlardan harbiy maqsadlarda foydalanish deganda birinchi navbatda
piyodalar, tanklar va hatto samolyotlarni yo`q qilishga mo`ljallangan lazerlarni
hayolga keltiradi. Amalda esa bunday g’oyalar jiddiy muammolarga uchraydi.
Zamonaviy lazer texnologiyalarida insonga jarohat yetkazishi mumkin
bo`lgan qurolni yaratish imkoniyati yo`q. Chunki u juda qo`pol ko`rinishga ega
84
bo`ladi va uni bir kishi olib yura olmaydi. Tanklarni ishdan chiqaruvchi lazerlarni
ham yaratish juda mushkul. Chunki ular past darajadagi tebranishlarga ham
sezuvchan bo`lib keng miqyosda qo`llanishda noqulayliklar tug’diradi. Faqatgina
dushman ko`zini ko`r qilib qo`yadigan lazerlar yaratish imkoniyati mavjud bo`lib,
bunga kam quvvatli lazerlar bilan ham erishish mumkin. Shunga yarasha ular
ixcham bo`ladi. Hozirgi kunda urush olib borishning xalqaro qoidalariga muvofiq
urushda lazer qurilmalaridan foydalanish taqiqlangan. Ba’zi istisno holatlarda
dushman merganining ko`zini ko`r qilishda va yashirin o`t ochish nuqtasini
aniqlashda lazerlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
III bob qisqacha xulosasi
1. Mikroelektronika va nanotexnologiyalarning rivojlanishi har xil quvvatli va
diametri turlicha bo’lgan nurlar yordamida o’ta kichik o’lchamli moddalar
bilan amaliyotlar o’tkazishni talab etayotgani, lazerlarni mikroelektron
asboblar ishlab chiqaruvchi texnologiyalarda qo’llanshni taqozo etmoqda va
ular muvaffaqiyotli ravishda qo’llanilmoqda.
2. Lazer nurining o’ziga xos xususiyatlari va ularni shakllarini boshqarish
mumkinligi lazerli skalpellar, quvvatni fokal nuqtaga jamlash, o’ta kichik
tirqish va pokalchalar hosil qilish imkoniyatlari tibbiyotda keng
qo’llanilmoqda.
3. Lazer nuri yordamida o’ta kichik va nozik payvandlash ishlarini moddalar
sirtlarini kuydirish orqali tozalash va toblash, termoyadroviy sintezni
amalgam oshirish kabi ko’plab ishlab chiqarish jarayonlari amalgam
oshirilmoqda.
4. Lazer texnologiyalari taraqqiyoti kelajakda xalq xo’jaligining: aloqa, harbiy,
qishloq xo’jaligi, energetika, san’at, poligrafiya kabi ko’plab sohalariga
samarali ravishda qo’llanilishi kutilmoqda.
85
Xulosa
1. Lazer nurlarining kashf etilishi texnika taraqqiyotini belgilovchi omillardan
biri bo’ldi. Ularni kogerentligi va quvvatini boshqara olish imkoniyatlari
ishlab chiqarishning ko’plab sohalarini rivoji yangi usullarni qo’llanilishiga
olib keldi.
2. Dastlab laboratoriya sharoitida gaz muhitni ionlash orqali majburiy
nurlanishlar hosil qilingan bo’lsa, hozirda yarimo’tkazgichlar, qattiq
jismlar.suyuqliklar asosida turli xil faol muhitlar hosil qilinish usullari
amalgam oshirilmoqda.
3. Lazer nurlarini rezonatorda kuchaytirish nazariyasi va amaliy usullari ishlab
chiqildi va ular yordamida keng diapozondagi quvvatli nurlar hosil
qilinmoqda.
4. Sof, ya’ni kirishma atomlari sathlari bo’lmagan yarim o’tkazgichlarda
o’tkazuvchanlik sohasida optik yoki injeksiya usulida elektronlar bilan
inversiyali to’ldirilganlik hosil qilib, bu holatda majburiy nurlanish hosil
qilish imkoniyatlari ko’rsatildi.
5. Yarimo’tkazgichli lazerlarda inversiyali to’ldirilganlikni kattaligi, undagi
elektronlar va pastki energetic sathlarda bo’sh joylarni soniga nisbatini
qiymati, rezonatorlarni turiga qarab lazer nurini samaradorligini boshqarish
imkoniyatlari ta’riflari keltirlidi.
6. Mikroelektronika va nanotexnologiyalarning rivojlanishi har xil quvvatli va
diametri turlicha bo’lgan nurlar yordamida o’ta kichik o’lchamli moddalar
bilan amaliyotlar o’tkazishni talab etayotgani, lazerlarni mikroelektron
asboblar ishlab chiqaruvchi texnologiyalarda qo’llanshni taqozo etmoqda va
ular muvaffaqiyotli ravishda qo’llanilmoqda.
7. Lazer nuri yordamida o’ta kichik va nozik payvandlash ishlarini moddalar
sirtlarini kuydirish orqali tozalash va toblash, termoyadroviy sintezni
86
amalgam oshirish kabi ko’plab ishlab chiqarish jarayonlari amalgam
oshirilmoqda.
8. Lazer texnologiyalari taraqqiyoti kelajakda xalq xo’jaligining: aloqa, harbiy,
qishloq xo’jaligi, energetika, san’at, poligrafiya kabi ko’plab sohalariga
samarali ravishda qo’llanilishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |