qobig’ida to`rtta valent elektronga ega. Ushbu moddalarning fazaviy kristall
panjarasi o`zaro valent elektronlar orqali bog’langan atomlardan tashkil topgan,
Yarimo`tkazgichni sof aralashmasiz elektr o`tkazuvchanligi yoki invers bandlik
hosil bo`lishi 13-rasmda keltirilgan energetik struktura orqali tushuntirish qulay.
42
13-rasm.Yarim o`tkazgichning energetik strukturasi
Harorat mutloq nolda yarimo`tkazgichdagi barcha elektronlar yadro bilan
bog’langan bo`lib, ular valent sohada joylashgan bo`ladi. Va bu holda
yarimo`tkazgich dielektrikdan farq qilmaydi. Harorat orta boshlagan sari valent
sohasida bog’langan elektronlar energiyasi ortib, ular yadro bilan bog’lanishni
uzib, o`tkazuvchanik sohasiga o`ta boshlaydi. Shunday qilib, o`tkazuvchanik
sohasida erkin elektron tok tashuvchilar, valent sohada kovak tok tashuvchilar
paydo bo`ladi. Bir vaqtning o`zida sof yarim o`tkazgichli moddada elektronli va
kovakli o`tkazuvchanlik paydo bo`ladi. Issiqlik ta’sirida ushbu elektronlar va
kovaklar tartibsiz harakatda bo`ladilar hamda uchrashib rekombinatsiyalashadi. Bu
jarayon 13-rasmda o`tkazuvchanlik sohasidan valent sohaga yo`nalgan punkitli
chiziq bilan ko`rsatilgan. Sof yarim o`tkazgichlarni erkin elektronlari va kovaklarni
issiqlik ta’siridan, tashqi katta energiyali elektronlar radioaktiv nurlanish yoki
fotonlar oqimi bilan hosil qilish mumkin. Ushbu usulning sxematik chizmasi 14-
rasmda keltirilgan.
14-rasm. Elektronlar oqimi bilan sof yarimo`tkazgich kogarent nurlanish olishning sxematik
chizmasi
43
Plastinkalarning olti tomonindan ikki qarama-qarshi tomoni 14-rasmda
ko`rsatilgandek silliqlangan va ular optik ko`zgu vazifasini bajaradilar, qolgan
tomonlari g’adir-budur qilib ishlov berilgan. Energiyasi 50 va 100 keV elektronlar
oqimi yassi plastina ichiga kirib boradi va undagi bog’langan elektronlar bilan
to`qnashib, ularni uzib, valent sohadan o`tkazuvchanlik sohasiga o`tkazadilar. Bu
elektronlar o`tkazuvchanlik sohasining tubida to`planishadi. Valent sohada
bog’lanishdan uzilgan elektronlar o`rnida esa kovaklar paydo bo`ladi va ular
valent sohaning yuqori qismida to`planadi. Bu holatda o`tkazuvchanlik sohasidagi
erkin elektronlar soni termodinamik muvozanat holatidagi yarim o`tkazgichning
o`tkazuvchanlik sohasidagi erkin elektronlar sonidan ko`p bo`ladi va o`z navbatida
valent sohasidagi kovaklar soni termodinamik muvozanat holatidagi yarim
o`tkazgichning valent sohasidagi erkin kovaklar sonidan ortiq bo`ladi. Sof
yarimo`tkazgichning ushbu holatga invers bandlik holati deyiladi.
Sof yarimo`tkazgichning hajmining biror nuqtasida zarralarning issiqlik
ta’siridan tartibsiz harakat natijasida erkin elektronlar va kovaklar uchrashib,
rekombinatsiya natijasida nurlanish beradi. Bu nurlanish barcha yo`nalishlarda
tarqaladi va sirti ko`zgu bo`lgan tomonlardan ko`proq aks etadi. Bu nurlanish
invers bandlik hosil bo`lgan yarimo`tkazgichdan o`tishi natijasida elektronlar va
kovaklar bilan ta’sirlashib, ularni majburlab rekombinatsiyalashtirishi natijasida
parametrlari bo`yicha, o`ziga aynan o`xshagan hamda tarqalish yo`nalishi bilan
mos tushgan majburiy nurlanishlar hosil qiladi. Ushbu yo`nalishida tarqalayotgan
nurlanishlar yarimo`tkazgichning ko`zguli sirtlarida ko`p martalab aks etib,
yarimo`tkazgichdan ko`p marta o`tishi natijasida elektronlar va kovaklarni
majburiy rekombinatsiyalarini tashkil etadi va majburiy nurlanishlar miqdori
ortib boradi. Bu jarayonda bir qism nurlanish yarimo`tkazgichning ko`zguli sirt
tomonlaridan chiqib turadi. Albatta bu jarayon uzluksiz davom etishi uchun
yarimo`tkazgich plastinaga tashqaridan uzluksiz ravishda elektronlar kiritilib
turishi kerak. Tajribalarni ko`rsatishicha bu usuldagi damlash jarayonida
44
yarimo`tkazgich plastina tez qizib ketadi va shuning uchun u majburiy ravishda
sovutilib turilishi zarur. [19]
Do'stlaringiz bilan baham: