Yangibozor tumanidagi 7-son umumiy o’rta ta’lim maktabining
ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi Maftuna Matniyazovaning 7
b
-sinfda o’tkazgan ochiq
dars
BAYONNOMASI
2.2.2018-yil. Oyoqdo’rman qishlog’i
Qatnashdi: maktab direktori F.Axmedova, ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari
S.Rahmatova, D.Raxmonova, D.Botirova va ota-onalar.
Kun tartibida:
Maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Maftuna Matniyazovaning 7
b
-
sinfda “Buyuk allomalar hayoti-ibrat namunasi” nomli ochiq tarbiyaviy soat darsi
muhokamasi.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori F.Axmedova so’zga
chiqib, u o’z nutqida M.Matniyazovaning “Buyuk allomalar hayoti-ibrat
namunasi” mavzusida o’tkazgan ochiq darsning yaxshi tashkil etilganligi, Navoiy,
Z.M.Bobur hayoti va ijodiga oid o’quvchilar tomonidan aytilgan qo’shimcha
ma’lumotlar, internet materiallari darsning yanada qiziqarli bo’lishini ta’minladi.
Dars rejasiga asosan o’quvchilar uch guruhga bo’lingan: 1-guruh “Foniy”, 2-guruh
“Navoiy”, 3-guruh “Bobur” deya nomlangan. Darsda “Zanjir”, “Aqliy hujum”,
“Klaster”, “Krossvord”, “Hikmatlar xazinasi” kabi metodlar qo’llanilib,
o’quvchilar baholanib borildi. Natijalarga ko’ra “Foniy” guruhi 26 ball to’plab
g’olib bo’ldi. Darsni yaxshi tayyorlagani va o’quvchilarni darsga qiziqtira olgani
uchun 7
b
-sinf rahbari Maftuna Matniyazovaga minnatdorchilik bildirdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
S.Rahmatova so’zga chiqdi. U o’z nutqida buyuk allomalarimizdan, o’zbek
adabiyotining asoschisi, buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy,
shoh va shoir Z.M.Bobur hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgani, darsda
o’quvchilar qalbida komil inson g’oyasining shakllantirilgani, yangi pedagogik
texnologiyalardan, ko’rgazmali qurollardan unumli foydalandi. Dars qiziqarli
bo’ldi.
Yig’lish qaror qiladi:
1. Kun tartibidagi masala yuzasidan yuqorida bildirilgan fikrlar ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
2. M.Matniyazovaning “Buyuk allomalar hayoti-ibrat namunasi” nomli
ochiq tarbiyaviy soat darsi namunali deb baholansin.
3. O’quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, adabiy kechalar uyushtirib
boorish, Navoiy, Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida yanada ko’proq ma’lumotlar
berib borish, o’quvchilarni komil inson g’oyasi ruhida tarbiyalash M.Matniyazova
zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi:
S.Rahmatova
Kotiba:
D.Botirova
Ma’lumotnoma
25-dekabr kuni ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M.Matniyazova
tomonidan tayyorlangan O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni,
publitsist, tarjimon, davlat va jamoat arbobi Erkin Vohidov tavalludining 81
yilligiga bag’ishlangan “Barhayot shoir” nomli adabiy-badiiy kecha o’tkazildi.
Kechada 6
a
- va 6
b
-sinf o’quvchilari faol ishtirok qildilar. Ayniqsa 6
b
-sinf
o’quvchilari tomonidan tayyorlangan E.Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni
asosida sahnalashtirilgan sahna ko’rinishi tadbirga yanada fayz bag’ishladi.
O’quvchilar tomonidan aytilgan she’r va qo’shiqlarning jozibadorligi, shoir
xotirasiga ehtirom ko’rsatilib, uning asarlari tilga olindi. 6
a
sinf o’quvchilari
tomonidan sahnalashtirilgan “Nido” dostoni asosidagi sahna ko’rinishi
o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Kecha qiziqarli va fayzli bo’ldi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: M.Matniyazova