yig‘layotganingiz uchun xafa bo‘layapsiz; siz qo‘rqqaningiz uchun
titrayotganingiz yo‘q, titrayotganingiz uchun qo‘rqayapsiz; siz qattiq
asabiylashganingizdan qo‘lingizni musht qilib urayotganingiz yo‘q,
qoiingizni musht qilib urayotganingiz uchun asabiylashayapsiz!
Jeyms-Lange nazariyasi psixoterapiyada keng q o ‘llaniladi. XX
asr boshlarida Jeyms-Lange nazariyasigajuda ko‘p e ’tirozlar bo‘lgan,
lekin so'nggi paytlarda unga qiziqish paydo b o ‘lib, bu ta ’limotga
yaqin turadigan hissiyot haqida yangi nazariyalar paydo bo'ldi. Bu
nazariyalarning paydo boMishi ko‘p jih atd an individual psixologiya-
ning rivojlanishi bilan ham bog‘liq.
H is-tuyg‘u bizning tevarak-atrofga nisbatan bo'lgan munosa-
batim izni aks ettiradi, dedik. Albatta, biz sodir b o ‘layotgan voqea
larni faqat idrok etmasdan, balki unga m uayyan tarzda o ‘z munosa-
batim izni ham bildiramiz. O dam ning turli xil va ko‘p qirrali his-
tuyg‘ulari m a’lum darajada ijobiy va salbiy xillarga ajratiladi. Masalan,
ishq-muhabbatdagi ijobiy hissiyotga rashkning salbiy his-tuyg‘usi
qo'shilib qolishi mumkin.
His-tuyg‘u kishining fe’l-atvorida qudratli kuch hisoblanadi. His-
tuyg‘u odam faoliyatining turli jihatlari b o ‘lmish — m ehnat, ilmu
fan va san’atga rag‘batlantiruvchi kuch ham hisoblanadi. Lekin shuni
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazarda tutish kerakki, hissiyot odam faoliyatini faqatgina uyg‘un-
lashtirmasdan, balki uni izdan chiqarib qo‘yishi ham mumkin. M asa
lan, muhabbat odamni qahramonlikka, shijoat ishlariga, qat’iylikka,
qunt bilan ishlashga da’vat etadi. Lekin odamni qamrab olgan o ‘sha
muhabbatning o ‘zi, uning hayot tarzini barbod etishi, ko‘zda tutgan
ishlarini izdan chiqarishi ham mumkin. Psixopatologiyada kuchli his-
tuyg‘ular hisoblangan qo‘rquv, hayajon, tushkunlik, rashk odatiy
ruhiy faoliyatni izdan chiqaradi (masalan, patologik affektlar).
Patologik affekt kuchli ifodalangan boMib, bunda odam nim alar
qilganini bilmay qoladi va o ‘z ustidan ongli nazoratni yo‘qotadi.
Bunga misol qilib, mashhur psixiatr N.V.Kantorovich quyidagi vo-
qeani yozib qoldirgan:
N. ismli bem or ayol, 22 yoshda, qishloq maktabida o ‘qituvchi
bo‘lib ishlagan. Turmushga chiqqan. Erini yaxshi ko‘rsa-da, u bilan
yomon yashagan, uni doimo rashk qilgan va buning oqibatida uyda
doimo janjal chiqib turgan. Eri yengil tabiatli va qo‘rs odam boMib,
boshqa ayollar bilan yuradigan bo‘lgan. Buni bilsa-da, xotini chidab
yurgan. Oxirgi eng katta janjal paytida ajralish masalasi ko‘ndalang
turadi, lekin er-xotin yana yarashib ketadi. Sababi N. eriga homilador
boMib qolganini aytadi. Eri bunga javoban, o‘z qilmishlariga pushaymon
bo‘lganini aytib, endi hech qachon janjal ko'tariladigan ish qilmaslikka
so‘z beradi. N . unga ishonadi, am mo ertasigayoq, N. bo‘sh yotgan
bir uy yonidan o ‘ta turib (voqyea qishloqda yuz bergan), qulog‘iga
tanish ovozlami eshitib qoladi. Uyga kirsa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki,
o‘zining eng yaqin dugonasi erining quchog'ida yotibdi. Orada birpaslik
sukunat paydo boMadi. Eri va uning xushtori N.ga uning ayollik sha’niga
tegadigan haqorat so‘zlarni ayta boshlashadi. N. jahli chiqib ketib,
o'zini yo‘qotib qo‘yadi va shu yerda yotgan o'roqni olib, dugonasining
boshiga 2—3 m arta qattiq tushiradi. Olingan qattiq jarohatdan
dugonasining joni uziladi. Eriga tashlanayotganda, u qochib qoladi.
N. esa qoMida o'roqni ushlagan holda katta ariqda oqib turgan suv
yoqasiga boradi, u yerda ayollar kir yuvib o ‘tirishgan boMadi. N.
ularning yoniga borib, qon tekkan kiyimini chaya boshlaydi. U ndan:
«Senga nim a boMdi, tinchlikmi», deb so‘ragan xotinlarga javob
bermay, nuqul salom beravergan va kulavergan. Ishini bitirib, uyiga
qaytgan va yotib qattiq uxlab qolgan.
Tez orada qamalgan. Qotillik qilganini rad etmagan, lekin nimalar
qilganini unutib yuborganini qayta-qayta gapiravergan. Sud-psixiatriya
ekspertizasi N . voqea ro ‘y bergan paytda kuchli patologik affekt
www.ziyouz.com kutubxonasi
holatida bo ‘]ganligi va buning oqibatida o ‘zini boshqara olm ay
qolganligini e ’tiborga olib, xulosa chiqargan.
H is-tuyg‘ular hayvonlarda ham b o ‘ladi, lekin yuqori darajadagi
his-tuyg‘ular faqat insonlar uchun xosdir. O dam zod his-tuyg‘ulari
turli-tum an bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: quvonch, g ‘azab, g‘am-
g ‘u ssa , vahim a va sh u n in g d ek , o rg an iz m d a kuchli vegetativ
o ‘zgarishlar bilan kechadigan — ochlik, chanqash, og‘riq va jinsiy
his-tuyg‘ular. U lar ayni paytda organizmdagi biologik jarayonlar
bilan cham barchas bog‘langan bo'ladi.
H ar bir jamiyatning ham o ‘ziga xos his-tuyg‘ulari boMadi. M uay
yan jamiyatda va muayyan davrda go‘zal deb hisoblangan his-tuyg‘u
boshqa bir jam iyatda va boshqa zam onda xunuk deb qabul qilinishi
mumkin. Lekin, go‘zallikning qandaydir doim iy bir m ezonlari ham
mavjud bo'ladi. M asalan, quyosh (oftob) ning chiqishi yoki tog‘dagi
qishki tabiat manzarasi yoshiga qaramay elatlar va madaniyati taraqqiy
etgan deyarli barcha kishilarga estetik zavq-shavq bag'ishlaydi.
His-tuyg‘ular orasida ham katta tafovutlar mavjud. O dam larda
hissiy qo‘zg‘aluvchanlik darajasi va ularning chuqurligi, jadalligi
har xil boMadi. Ba’zilarning yurish-turishida his-tuyg‘ular ustun kelsa,
boshqalarnikida esa aql-idrok ko'proq nam oyon bo‘ladi. G ohida esa
ular barobar ifodalangan boMadi.
His-tuyg‘ular ichida kayfiyat deb ataluvchi um um iy his-tuyg‘u
ham mavjud. Tan sog‘ligi yoki tan xastaligi haqida darak beruvchi
ko‘p sonli interoretseptiv im pulslar yig‘indisi kayfiyatga o ‘z ta ’sirini
k o ‘rsatadi. O dam kayfiyatiga qarab tetik, dadil, jizzaki, m a’yus
boMadi. Jizzakilik va m a’yuslik — biror xastalik boshlanganining ilk
alom ati boMishi ham m um kin.
6.2. Hissiyotning fiziologik mexanizmlari
So‘nggi yillarda fanda hissiyotning fiziologik mexanizmlari xususida
talaygina m a’lumotlar to'plangan. Hissiy faoliyatda bosh miya p o'st-
log‘i, miya osti tuzilm alari, vegetativ asab tizim i, shuningdek,
gormonlar va mediatorlar ishtirok etadi. Hissiy faoliyatda faol ishtirok
etuvchi tuzilm alar 22-rasm da keltirilgan. O dam ning aksariyat his-
tuyg‘ulari so‘z ta ’siri bilan bog‘langan. M a ’lum ki, odam qo ‘rqib
ketganida yoki g'azablanganida, qonda adrenalin m iqdori oshib
ketadi. Yuzaga kelgan giperadrenalinem iya natijasida jig ard av a
mushaklarda glikogen jadallik bilan parchalanadi. Bunda qonda qand
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mamillyar tana
Do'stlaringiz bilan baham: |