tibbiy-
psixologik tashxis
qo'yiladi. Masalan, bemorda psixosomatik buzilishlar
aniqlansa, diagnozni quyidagicha ifodalash mum kin: «Psixosomatik
sindrom, psixogen kardialgiya». Demak, aw al kasallik yoki sindromni
ko‘rsatib, keyin uning yaqqol ifodalangan belgisi yoziladi.
D iagnoz tasdiqlangandan keyin davolash choralari belgilanadi,
prognoz aniqlanadi va individual psixoreabilitatsiya rejalari ishlab
chiqiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Х О Т И М А
H urm atli talaba! Mana Siz “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi bilan
tanishib chiqdingiz. Siz tibbiy fanlarni o‘rganish uchun qaysi kafedraga
borm ang, ustozlaringiz Sizda o ‘sha fanga mehr uyg‘otishga harakat
qiladi. Bu tabiiy hoi albatta. H ar bir vrach tibbiyotning qaysi sohasini
egallashidan q at’i nazar psixologiyani chuqur bilishi zarurligini
aytib o ‘tganmiz. Bunga bir necha bor dalillarga asoslangan misollar
keltirganmiz. Tibbiyotni psixologiyasiz tasaw ur qilish qiyin. Umurnan
olganda, tibbiyotni inson organizmiga va uning a ’zolarini esa tibbiy
fanlarga qiyoslash mumkin. M asalan, miyani — nevrologiya faniga,
yurakni — kardiologiyaga, q onni — gem atologiyaga, o ‘pkani -
pulmonologiyaga, oshqozon-ichak sistemasini — gastroenterologiya-
ga, jigarni — gepatologiyaga, buyrakni — urologiya yoki nefrologiya
faniga va h.k. Ushbu tilga olingan a ’zolar organizmning ichkarisida
qo‘nim topgan va tashqi nojo‘ya ta ’sirotlardan yaxshi himoyalangan.
Tibbiyot psixologiyasini organizm ning qaysi a ’zosiga qiyoslash
mum kin? Albatta teriga! Agar teri tashqi nojo‘ya ta ’sirotlardan ichki
a ’zolarni himoya qilib tursa, tibbiyot psixologiyasi yuqorida zikr
qilingan barcha fanlarning himoyachisidir. Agar biz terimizga e’tibor
qilsak, uni jiddiyroq parvarish qilsak, u ko‘z oldimizda butun bir
go‘zalligi bilan nam oyon bo‘ladi, agar uning biror joyi lat yesa
yoki yiringlasa nafaqat teri aziyat chekadi, balki butun bir organizm
xavf ostida qoladi! Demak, obrazli qilib aytganda teri ichki a ’zolarning
juda katta himoyachisidir. Xuddi egizaklarni bir-biridan ajratib tar-
biyalab b o ‘lmaganday, tibbiyotni ham psixologiyadan ajratib o ‘rga-
nib b o ‘lmaydi.
U shbu darslik taqrizchilar (nevrologlar, psixologlar, terapevtlar,
psixiatrlar) tom onidan bildirilgan barcha tanqidiy fikrlarni e’tiborga
olib tayyorlandi. Shunday b o ‘lsa-da, darsligimiz kam chiliklardan
xoli degan fikrdan yiroqmiz. Darslik bo'yicha bildirilgan mulo-
hazalarning har birini chuqur o ‘rganib chiqishga va kitobning keyingi
nashrlarini tayyorlashda ulami e’tiborga olishga harakat qilamiz. Darslik
tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari talabalari, o ‘qituvchilari, um um iy ama-
liyot shifokorlari, amaliy psixologlar, pedagogika va psixologiya
yo‘nalishida ta ’lim olayotgan talabalar uchun xizmat qiladi, degan
um iddam iz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Absans — ongning o 'ta qisqa vaqtga yo‘qolishi
Aggravatsiya — kasallik alomatlarini oshirib ko‘rsatish
Agrafiya — yozish qobiliyatining buzilishi
Agripniya — uyqusizlik
Akalkuliya — sanash, hisoblash qobiliyatining buzilishi
Aleksiya — o ‘qish qobiliyatining buzilishi
Amavroz — ko'rishning yo‘qolishi
Anineziya — xotiraning yo‘qolishi
Analgeziya — og‘riq sezgisining yo‘qolishi
Anesteziya — sezgining yo'qolishi
Anoreksiya — ishtahaning yo'qolishi
Anosmiya — hid bilishning yo'qolishi
Anterograd amneziya — kasallik boshlangandan keyin bo‘lgan
voqealarni unutib qo‘yish
Apatiya — jismoniy va ruhiy faoliyatning pasayib ketishi
Apraksiya — maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni bajara olmaslik
Arefleksiya — reflekslarning yo'qolishi
Astaziya-abaziya — tik turolmaslik, yurolmaslik
Asteniya — ruhiy quwatsizlik
Ataksiya — harakat koordinatsiyasining buzilishi, chayqalib ketish
Atoniya — mushaklar tonusining yo'qolishi
Aura — xabar beruvchi
Autizm — o ‘z dunyosiga g ‘arq bo'lib ketish, birovlar bilan
muloqotga kirishmaslik.
Afaziya — nutqning buzilishi
Afoniya — tovush chiqm ay qolish
Affekt — hissiy portlash
Bulimiya — ishtahaning oshib ketishi
Vasvasa — haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xayollarning paydo bolishi
Gallutsinatsiyalar — atrofda yo‘q bo‘lgan obyektlarni bordek his
qilish
Gemianopsiya — ko‘ruv m aydoni yarmining yo'qolishi
Gemikraniya (migren) — bosh yarim qismining og‘rishi
Gemiparez — tananing yarim qismida harakatning pasayishi
Gemiplegiya — tananing yarim qismida harakatning yo‘qolishi
Giperesteziya — sezuvchanlikning kuchayib ketishi
Giperkinez — tanada kuzatiladigan ixtiyorsiz harakatlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |