Xalq maqoli
XXI BOB. BEMORLAR PSIXOLOGIYASINI
TEKSHIRISHNING UM UM IY QONUN-QOIDALARI
Bugungi kunda tibbiyotda ham , umumiy psixologiyada ham
bem orlarni (mijozlarni) tekshirish sxemalari mavjud, biroq bizning
m am lakatim izda bem orlar psixologiyasini tekshirish uchun alohida
kasallik tarixnomasi ishlab chiqilmagan. Bu maqsadda, ko‘pincha,
ruhiy bem orlarni tekshirish uchun ishlab chiqilgan tarixnom alardan
yoki umumiy psixologik tekshiruvlardan foydalaniladi. U lar esa klinik
psixologiya talablariga to ‘la javob beravermaydi. Shuning uchun ham
barcha tarixnomalami o'rgangan holda va o ‘zimizning bir necha yillik
tajribam izdan foydalanib tibbiy-psixologik tekshiruvlar uchun
tarixnom a ishlab chiqdik va u ushbu darslikda birinchi bo r e ’lon
qilinayapti. Bugungi kunda tibbiyot institutini tugatayotgan talaba
tibbiy-psixologik tekshiruvlar o ‘tkazishga tayyormi? Um um an olganda
tibbiy (klinik) psixolog tibbiy va psixologik ilmga ega boMishi zarur,
chunki u bem orlar bilan ishlaydi. Buning uchun barcha tibbiyot
institutlarida «pedagogika va psixologiya», «klinik psixologiya» kurslari
(k afed ralari) m avjud b o ‘lib, u lard a psixologiya fan i c h u q u r
o ‘rgatiladi. Bu kafedralarda psixologiya fanining tibbiy fanlarga
asoslangan holda o ‘rgatilishi bo‘lajak shifokorlaming psixologiya fanini
ham m ukammal egallashiga katta imkon beradi va ularning tibbiy
psixolog sifatida ishlashiga sharoit yaratadi. Shuningdek, tibbiy psixolog
boshqa psixologlardan farqli o ‘laroq, farmakologik dorilarni ishlatish
huquqiga ham ega. Tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan institutlarni tugatgan
psixologlar bem orlar bilan ishlashi uchun tibbiy ilmga ega bo'lishi
zarur yoki bem orlar bilan o ‘tkaziladigan m uolajalarni vrachlar
bilan hamkorlikda amalga oshirishlari kerak.
Tibbiy psixologning bem orlar bilan ishlashi tibbiy va psixologik
etikani saqlagan holda olib boriladi. Dastlab bem orning psixologga
tashrifi sabablari aniqlanadi. Buning uchun unga quyidagi savollar
bilan murojaat qilish mumkin: «Sizni psixologga m urojaat qilishga
nima undadi?», «Sizni nima bezovta qilayapti?», «Sizga qanday
yordam kerak?». Agar bem or yaqinlari bilan kelgan b o ‘lsa, aw al
ular bilan suhbatni boshlab, keyin bem or bilan davom ettirish
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bemorning tashqi k o ‘rinishiga katta e ’tibor qaratish lozim: u
o ‘zini qanday tutayapti, es-hushi joyidam i, jism oniy kamchiliklari
yoki lat yegan joylari yo‘qm i, qanday kiyingan, kim bilan kelgan?
Harakati koordinatsiyasi, yurishi, gavdatuzilishi qanday, giper-
kinezlar yoki falajliklar yo‘qmi? Bem orning his-tuyg‘ulari va xulq-
atvori qanday? Bu yerda bem orni savolga ko‘mib tashlamaslik va
unga shikoyatini to ‘la aytishga imkon berish zarur. Qisqa suhbatdan
so‘ng bem or gapirishni istamasa, aw al psixologik testlar o'tkazib,
keyin uning testda belgilagan javoblariga qarab suhbatni davom
ettirish lozim. Bunday paytlarda qisqa testlardan foydalangan m a’qul,
masalan, Sung, Spilberger-Xanin va temperam entni aniqlovchi testlar.
Psixologik testlar orqali bem orlardan juda ko‘p m a’lumotlarni yig‘ib
olish mumkin. Ba’zan bemor juda so'zamol bo‘ladi. Bunday paytlarda
uning nim ani xohlayotganini bilib olib, suhbat yo'nalishini o'zgar-
tirish zarur.
Suhbat psixologik tashxis uchun juda m uhimdir. Shuning uchun
bemorni zimdan kuzatib borish lozim. Bemorning nutqiga ham katta
e ’tibor qaratish kerak, chunki nutqning buzilishi ham juda k o ‘p
(ayniqsa neyropsixologik) m a ’lum otlar beradi. Zaruratga qarab
bem orni logopedga yuborish mumkin.
Ba’zi bemorlar (ayniqsa, ruhiy kasallikka chalinganlar) eshikdagi
«psixolog» yozuviga ko'zi tushib, huzuringizga tashrif buyurishni
xush k o ‘rishadi. U larni ko‘p roq psixolog yordam i em as, balki
psixologning unga nim a deyishi qiziqtiradi. Bunday bem orlar iloji
boricha psixiatrning maxsus y o ‘llanmasi bilan yoki bo'lm asa yonida
yaqinlari bilan kelgan taqdirda qabul qilinishi kerak. Chunki ular
psixologni soatlab eshitib o ‘tirishlari m um kin, biroq qabul tugagan-
dan keyin berilgan m aslahatlarga amal qilishlari nogumon. Ba’zan
bemorlaming ruhiy kasalga chalinganligini aniqlash juda qiyin bo'ladi
yoki psixologik suhbat chog'ida sezilib qoladi. Bunday paytlarda
bem orga zarur m aslahatlar berib psixiatrga yuboriladi.
Agar psixiatrda davolanib chiq q an b em o r y o 'llan m a bilan
psixolog qabuliga tashrif buyursa (bunday bem orlar, asosan, yaqin
qarindoshlari bilan kelishadi), ularning tarixnom asi bilan yaxshilab
tanishib chiqish, zaruriyatga qarab bem orni davolagan psixiatr bilan
bog‘lanish kerak. H aqiqatan ham ko‘pchilik ruhiy kasalliklarga
chalingan bem orlar psixiatrlar tavsiyasi bilan kasallikning remissiya
davrida psixologga yuboriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bem orning dunyoqarashini o ‘rganish, qarindosh-urug‘lariga,
um r yo'ldoshiga, ishiga munosabatini ham bemordan so'rash va bu
m a’lumotning haqiqatga to ‘g‘ri kelishini uning oila azolaridan bilib
olish kerak.
K o‘p hollarda bemordagi psixologik buzilishlar ulardagi nevrologik
yoki som atik kasalligi sababli emas, balki ishdagi va oiladagi
kelishmovchiliklar hisobiga kuzatiladi. Bunday paytlarda umumiy
psixologik tekshirishlar o ‘tkazishga ham to ‘g ‘ri keladi. Ishdagi
kelishmovchiliklar, ko‘pincha, bemorlarning o ‘z imkoniyatlarini
ortiqcha yoki past baholaganliklari oqibatida kelib chiqadi. Bu esa
doimiy stress holatlarini yuzaga keltiradi va psixosomatik kasalliklaming
zo‘rayishiga ham sababchi bo'ladi. Bu yerda psixolog bemorning shu
kungacha erishgan yutuqlarini uning o‘zidan so‘rab bilib olishi va
unga katta ijobiy baho berishi kerak. Bu bemorda ishga va hayotga
bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va u o ‘z imkoniyatlarini to ‘g‘ri
baholay boshlaaydi. Beriladigan maslahatlar bemorning imkoniyatlari
doirasida b o ‘lishi lozim.
Ba’zan bem or biror surunkali kasallikka chalinib, undan uzoq
vaqt natijasiz davolanib yurganiga shikoyat qiladi. Bunday paytlarda
bem orning tarixnomasi bilan tanishib chiqiladi va davolash mobay
nida kuzatilgan ijobiy o'zgarishlarga (sezilarli bo‘lmasa-da) bem or
ning diqqati jalb etiladi. Bu bilan uning sog'ayib ketishiga b o ‘lgan
ishonchi va ixlosi tiklanadi. Shuning uchun ham bem orlar ilohiy
joylarni ziyorat qilmoqchi va tabiblarga ham uchram oqchi b o ‘lsa,
bunga aslo to ‘sqinlik qilmaslik kerak.
Bem or affektiv holatlarga tushganmi, o ‘ziga va birovlarga ham la
qilganmi va bu holatlar qachon boMganligini aniqlash ham o ‘ta
m uhimdir. U ning ichkilikka, chekishga va giyohvand moddalarga
bo'lgan munosabatini ham aniqlash zarur. Ba’zi bemorlar giyohvand
moddalar iste’mol qilishini yashirishga intilishsa, boshqa birlari aynan
giyohvandlikdan qutulish uchun ham psixologga m urojaat qilib
kelishadi. Bunday bemorlarga iloji boricha mutaxassislar ishtirokida
yordam qilish rejasini tuzib chiqish kerak. Ularga, ayniqsa, psixolog-
ning m aslahatlari juda qo‘l keladi. Hozirgi kunda giyohvandlikni
davolash usullarining aksariyati psixologik ta ’sirga asoslangan.
Bemorlarning jinsiy muammolari to ‘g‘risida ham m a’lumot yig‘ish
zarur. Aytib o ‘tganimizdek, nevrozlarning kelib chiqishida jinsiy
buzilishlaming ahamiyati juda katta. Aniqlangan psixoseksual buzi-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lishlarni, albatta, bartaraf qilish va zaruratga qarab bu ishga psixo-
seksologlarni jalb etish lozim.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy-psixologik statusni tekshirish quyi-
dagi m asalalam i o ‘z oldiga m aqsad qilib qo‘yadi:
1) bemorning psixologga murojaat qilishining sabablarini aniqlash;
2) tibbiy va psixologik anam nezni to ‘plash; 3) tibbiy diagnozni aniq
lash (mutaxassislar yordam ida); 4) psixologik diagnozni aniqlash;
5) davolash choralarini ishlab chiqish (psixoterapiya, psixofarma-
koterapiyavah.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |