Birinchisi,
vrachning savodsizligi bo‘lsa,
ikkinchisi,
uning charchaganligidadir. Xo‘sh, vrach xatosini qanday
aniqlash mumkin? U savodsizligidan xato qildimi yoki charcha-
ganligidan? Ikkala holatda ham jazo bir xil boMishi kerakmi?
T o ‘g‘ri, ilmsizlik oqibatida vrachlar orasida xatolar uchrab turadi.
Lekin b a’zan tajribali vrach ham xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. N om i
chiqqan tajribali vrachga ko‘rinishni orzu qiladiganlar juda ko‘p
boMadi. Shunday holatlar bo‘ladiki, bir kunda ko'rinadigan bemorlar
soni 20 tadan oshib ketadi. Tajribali vrachga uyda ham, ishda ham,
m ehm ondorchilikda ham , hattoki dam olish safarida ham tinchlik
b o ‘lmaydi. Albatta, bunday paytlarda tajribali vrachning ham xato
qilmasligiga kafolat berish qiyin. Bemorga «yo‘q, men charchadim»
www.ziyouz.com kutubxonasi
deya olmaydi. H ozir men sizni ko‘ra olmayman desa, vrach etikasiga
to ‘g‘ri kelmaydi, k o ‘rib qo‘yam an desa, vrach ham ruhan, ham
jism onan charchagan. Shuni unutm aslik kerakki, ruhiy charchash
ko‘p xatoliklarga sababchi boMishi mumkin. Buning ustiga, to ‘g‘ri
kelgan joyda bem orni ko‘rib boMmaydi. Ikki ogMz so‘z bilan tashxis
qo‘yib boMmaydi. «Iltimos, doktor menga 5 daqiqa vaqt ajrating,
meni ko‘rib qo‘ying» deb vrachni hol-joniga qo'ym aydigan kishilar
o ‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishadi. Buning ustiga bem orni ko'rish
uchun vrach ruhan tayyor boMishi kerak. Vrach charchagan paytlari
bem orni ko‘rib qo‘yishni boshqa kunga tayinlashi (agar ahvoli ogMr
boMmasa) maqsadga muvofiqdir.
Haqiqiy vrachning hayoti hech qachon oson va yengil kechgan
emas. U kundalik hayotiga reja ham tuza olmaydi. D am olish kunlari
ham o ‘zi xohlagandek kechm asligi mum kin: h ar daqiqa bem orni
ko'rsatish uchun chaqirib qolishlari mum kin. S .P .B otkin shunday
degan edi: «Vrach har qanday sharoitda ham o ‘zini yo‘qotm asligi,
muvaffaqiyatlardan boshi gangimasligi, m uvaffaqiyatsizlikdan esa
tushkunlikka tushmasligi kerak. U doim o har b ir ishidan xulosa
chiqarib yashamogM darkor». V rach doim o ilm olishga intilishi
kerak, chunki tibbiyot doim o rivojlanib boruvchi fandir. 0 ‘qim ay
bir joyda to'xtab qolgan vrach xuddi koMmak suvni eslatadi. U ning
yoniga hech qaysi jo n z o t yaqinlashm aydi, ch u n k i bu suvdan
iste’mol qilsa oMadi.
Tib ilm ining sultoni boMmish Ibn Sino hayotining so ‘nggi
daqiqalarida shunday degan ekan: «Hayotdan ko‘z yumayotib shunga
am in boMdimki, ilm sohasida hali hech narsani egallam agan
ekanman». H ozir «men u kasallikni davolayman, bu kasallikdan
xalos qilaman» deguvchi reklamalar ko‘payib ketgan. Bilimdon vrach
hech qachon reklamaga muhtoj boMmagan. U ni bem orlarning o ‘zi
izlab topadi. Vrach uchun reklam a — bu undan tuzalib ketgan
bemordir. Bundan yaxshi reklama yo‘q. Vrach hech qachon bem or
oldida o ‘zini maqtamasligi kerak. Bu faqat uning obro‘sini tushiradi.
Vrachning qoMidan tuzalib, sog‘ayib ketgan bem orlar soni ko‘pay-
gan sayin uning obro‘si oshib boraveradi. Ayniqsa, ko‘p vrachlarga
borib, kasalxonalarda yotib, dardiga shifo topa olm agan bem orni
davolagan vrachning obro'siga obro‘ qo'shiladi.
Tarixchilarning yozishicha, Ibn Sinoning xalq oldida obro'si
shu darajada yuqori boMganki, uning bem or oldida paydo boMishining
o ‘ziyoq ularga jo n bagMshlagan. Bunga u albatta betinim m ehnat,
www.ziyouz.com kutubxonasi
uyqusiz m utolaa qilish va ilm olishga o ‘chligi tufayli erishdi. Ibn
Sinoning taijim ai holida shunday so'zlar bor: «Men 15 yoshimdan
boshlab Yunoniston, Rim, Misr va Hindistonlik mutafakkirlarning
asarlarini o ‘rgana boshladim». U o ‘z ustozi Abu Abdulloh al-Qotiliy
haqida shunday yozadi: «Ustozim qaysi muammoni ilgari surmasin,
men uning mohiyatini va sirini ochishga, nozik tomonlarini o ‘rganishga
intildim , nainki ustozning o ‘zi bu m uam m olarning m ag'zini
oxirigacha anglay olmas edi». Haqiqatan ham, yosh olim ustozidan
ham o ‘zib ketdi, tez orada uning norni tillarda doston bo‘ldi. U yana
o ‘zi haqida shunday yozadi: «Men 19 yoshgacha ilm oldim, keyin
esa uni ishlatdim». Bolalik davrida olingan ilm toshga o'yib yozilgan
harfga o ‘xshaydi, keyin olingan ilm muzga o'yilgan harfga o ‘xshaydi.
Vaqt o ‘tib muz erib, unga bitilgan harflar o ‘chib ketadi, toshdagi
so‘z!ar esa um rbod qoladi, deb yozgan edi mutafakkir.
Ibn Sino kitobdan olgan bilimlarini bem orlarni ko‘rib, boyitib
borishning katta foydasi haqida shunday yozadi: «M en tib ilmini
o'rg ana borib, bir yoMa bem orlarni ham nazorat qilib bordim.
Buning natijasida hali kitoblarda bitilmagan davolash usullarini
o ‘ylab topdim va am aliyotda ishlatdim». Ibn Sino 16 yoshga
yetm asdan nazariy va am aliy tibbiyotni juda puxta egallagan bo ‘-
lib, nafaqat B uxoroda, balki butun Sharqda m ashhur b o ‘ldi.
Tarixchilarning yozishicha, Ibn Sinoning kuchli qobiliyat sohibi
b o ‘lishining asl sababi — o ‘z ustida tinm ay ishlashidir. «M en, —
deb yozadi Ibn Sino, tunlari mijja qoqmay faqat ilm olish bilan
shug‘ullandim . D ialektikani, matematikani va fizikani inson aql
zakovati yetadigan darajada o ‘rganmaguncha tinchim adim . Keyin
m en Aristotelning «Metafizika» asariga murojaat qildim. Lekin uni
ko‘p m arotaba o ‘qib chiqqan bo‘lsam-da, mag‘zini chaqa olmadim.
Buxoro k o ‘chalarini kezib yurganimda, mening q o ‘limga ushbu
kitobga Forobiy tom onidan yozilgan izoh tushib qoldi. M en uni
bir m arta o ‘qib chiqqanim dan keyin, aw al yod boMib ketgan
b o ‘lsa-da, menga tushunarsiz bo‘lgan «Metafizika» asari m azm uni
ayon b o ‘ldi-qoldi. U shbu bobda ham ulug‘ mutafakkirning hayoti-
dan lavhalar keltirishim izning boisi, o ‘ta kuchli ilm sohibi boMgan
bu olim ning deontologiyaprinsiplariga chuqur amal qilganligini
ko'rsatish edi.
Xulosa qilib aytganda, psixogigiyena, psixoprofilaktika va deon-
tologiya p rin sip larig a rioya qilish psixoterapevtik m uolajalarni
o ‘tkazishni osonlashtiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |