Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

R.Dekart
1596-1650-yillar
www.ziyouz.com kutubxonasi


tushunchani kiritdi.  I.  Proxozka reflektor yoyning tuzilishini ta’riflab 
bergan.  U  oliy  nerv  faoliyati  va  ruhiy  faoliyat  reflektor  tarzda 
boshqarilishini yanada chuqur o ‘rgandi. Afsuski,  o ‘sha paytdagi ilm- 
fanning rivojlanish darajasi reflekslar haqidagi ta ’limotni tadqiqotlar 
asosida to ‘la isbotlab berishga qodir emas edi.  Bosh  miya faoliyatini 
reflektor mexanizmlarga asoslangan holda tushuntirib  berish  imko- 
niyatlari  yo‘q  edi.  Shuning  uchun  ruhiy  faoliyat  asab  tizimining 
fiziologik  faoliyatidan ajratilgan  holda o'rganildi.  Buning natijasida 
odam oiganizmida tana va ruh bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalardir, 
deb  hisoblandi.
Avstriyalik vrach va anatom F.  Gall (1758—1828) odam miyasining 
tuzilishini juda mukammal o ‘rgandi va miyaning frenologik xaritasini 
yaratdi.  U   birinchilardan b o ‘lib bosh  miya  katta yarim sharlarining 
kulrang va oq moddasini bir-biriga bog‘liq bo‘lgan alohida tuzilmalar 
deb bildi.  U   bosh miya po‘stlog‘ida 40  ga yaqin  ruhiy funksiyalarni 
joylashtirdi va ularni miyaning pushtalari  (bo'rtiklari) bilan bog‘ladi. 
U  harakat,  k o ‘ruv,  eshituv  va  sezgi  markazlari  bilan  birgalikda 
miyada xotira, tafakkur, sevgi,  kamtarlik,  donolik,  ayyorlik markaz­
larini ham  joylashtirdi.  Uning fikricha, yuqori qobiliyatli odamlarning 
miyasidagi bo‘rtiklar kuchli rivojlangan bo'ladi va kimning tafakkuri 
past  b o ‘lsa,  uning  miyasi  silliq  bo‘ladi.
XIX 
asrning o ‘rtalarida psixologiyaning rivojlanishida katta o ‘z- 
garishlar  yuzagakeldi. Bu  davrda  gipnoz  (yunoncha—  «uyqu»  de- 
gani) haqida ta ’limot yaratildi va uning asoschisi Mesmer hisoblanadi. 
G ipn oz tushunchasini  1843-yili  angliyalikjarroh  Jeyms  Bred  taklif 
qilgan.  M esm er  gipnozda kuzatiladigan  hodisalarni  «magnetizm» 
bilan  bog‘laydi.
Fransiyalikolim J.M.Charkott  (1888)  gipnoz asosida fiziologik 
jarayonlar  yotadi,  deb  tushuntiradi.O ‘sha paytlari  gipnoz  usuli  bi­
lan  bemorlarni davolash  keng tarqaldi.  G ipnoz bilan  mashhur  nev- 
rologlar va psixiatrlar shug‘ullanishgan.  Ulardan J.Sharko,  Benedikt, 
Forel,  Levenfeld,  M opassan,  S.S.  Korsakov,  Mebiuslarning  nomi 
mutaxassislarga yaxshi tanish.
Shular orasida  m ashhur psixoanalitik  deb  nom   chiqargan  yosh 
shifokor olim  Zigmund  Freyd  ham   bor  edi.  Z.  Freyd  aslida  nevro­
patolog  bo‘lgan.  U   1856 yil  6  mayda  Chexoslovakiyaning  Prshibor 
(u  paytdagi  Freyburg)  degan  kichik  bir  shahrida  dunyoga  keladi. 
1860 yili Freydlar oilasi Venaga ko‘chib o'tishadi va Z.  Freyd umrining 
oxirigacha Avstriyada yashab  ijod  qiladi.  Fizika,  biologiya,  tarix va
www.ziyouz.com kutubxonasi


falsafaga o ‘ch bo‘lgan Z.Freyd doimo tabiatda 
bo ‘ladigan  hodisalarning o ‘zini o'rganibgina 
qolm asdan,  ularning  sabablarini  izlagan.  Z.
Freyd umrining oxirigacha determinist bo‘lib 
qoldi,  y a’ni  ruhiy-asabiy  buzilishlarning 
sababini,  asl  m ohiyatini  izladi.  Z .F rey d  
aw aliga mashhur olim  Ernst  Bryukkning qo‘l 
ostida  fiziologiya  sirlarini  o'rgandi.  U  ilmiy 
ish  bilan  shug‘ullanib,  orqa  miya  fiziolo- 
giyasini o ‘rgana boshlaydi.  Lekin  Freyd ko‘p 
bolali oilada tavallud topganligi  uchun  m od- 
diy tom ondan juda  qiynalib  qoladi  va  ilmiy 
isimi  tashlab,  amaliy  nevrologiya  sohasida 
yi  ar
ishlab,  har  kuni  8—10  soatlab  bem orlarni  qabul  qiladi.  Tibbiy 
am aliyotda  olgan  tajribalarini  ilmiy  tom ondan  o ‘rganib,  tez  orada 
m ashhur  nevropatolog  vrach  bo'lib  nom   chiqaradi.  0 ‘sha  paytlari 
kasallarni  davolashda  keng  qo'llanilgan  fizioterapevtik  usullarni  Z. 
Freyd ham ko‘p qo'llay boshlaydi.  Lekin keyinchalik fizioterapevtik 
usul  Z. Freydni  qoniqtirm ay  qo'yadi.  U  gipnoz  bilan  qiziqib,  uni 
Iosif B reyervaJ.  Sharkolardan o ‘rganib,  kasallarni davolashda keng 
tadbiq  qiladi.  Bolalar  serebral  falaji,  afaziyalar  bilan  qiziqib,  bir 
nechta  maqolalar  ham  chop  qildiradi.
1861-yili motor nutq markazini kashf qilgan P.Brok nutq buzilishini 
«afemiya»  deb  atagandi.  Z.  Freyd  m otor afaziya  haqida  so‘z  yurita 
turib,  transkortikal m otor afaziyada bemorning gapira olmaslik saba- 
bi,  Brok  markazi  funksional  faoliyatining  pasayishidir,  degan  edi.
Z.  Freyd  fanda yangi  yo‘nalish,  ya’ni  psixoanalizni  yaratadi.  U 
ruhiy-asabiy  buzilishlarning  h ar  bir  belgisini  tahlil  qildi,  isterik 
simptomlarning  sabablarini va  sirlarini  o ‘rgandi,  ularni  ruhiy  ta ’sir 
qilish yo‘li bilan davolay boshladi.  Ongsizlik haqida ta ’limotni yaratdi. 
Seksual  hayotning  ruhiy  faoliyat  bilan  uzviy  bog‘liqligini  o ‘rgandi. 
Z. Freyd fiziologlar (I.M .  Sechenov, I.P. Pavlov) ham da nevropatolog 
va  psixolog  olimlarning  (Ernest  Krechm er,  Emil  K repelin,  Eygen 
Bleyler)  ishlaridan  ham  xabardor  edi.
Z.  Freyd  fan  olam ida  m ard  olim lardan  biri  edi.  Agar  uning 
dunyoqarashiga  zid  va  isbotlangan  yangi  dalillar  paydo  bo‘Isa,  Z. 
Freyd  ularni  o ‘ziga  xos  m ardlik  bilan  qabul  qilardi.  M asalan, 
isteriyalarni  faqat  seksual  buzilishlar  nuqtai  nazaridan  tushuntirib 
bergan  Z.  Freyd birinchi ja h o n  urushida ju d a  ko‘p  askarlar orasida
92
 И 5 Ч
www.ziyouz.com kutubxonasi


isterik  sim ptom larni  kuzatgan,  urushdan  qaytgandan  keyin  esa  bu 
askarlarda  isteriya  belgilari  butunlay yo‘q  bo‘lib ketgan.  Bu  holatni 
kuzatgan  Freyd  panseksualizm  g‘oyasidan  biroz  chekindi.  Shuni 
ta ’kidlash  lozimki,  mashhur fiziolog  I.P.  Pavlovning eksperimental 
nevrozlar konsepsiyasini yaratish g'oyasiga Z.  Freydning shu sohaga 
taalluqli  maqolasi  ham  sababchi  bo'lgan.
Z.  Freyd  isterik  nevrozlarning  kelib  chiqishida  I.P.  Pavlovning 
torm ozlanish  va  qo‘zg‘alish jarayonlari  haqidagi  ta ’limotini  yuqori 
baholagan.  Sobiq  sho‘ro  tuzum i  davrida bu  ikkala buyuk  olimning 
ishlari  bir-biriga  qaram a-qarshi  q o ‘yilib,  mashhur  psixoanalitik  Z. 
Freyd asossiz qoralab kelindi. Ammo uning inson psixologiyasini o‘r- 
ganishda qilgan olamshumul ishlari  butun dunyoda tan olingan edi.
Z.  Freyd  katta  bir  m aktab  yaratdi  va  buning  natijasida  fanda 
freydizm  yo‘nalishi  paydo  b o ‘ldi.  Bu  haqda  kitobning  «ongsizlik» 
qismida  batafsil  m a’lumot  beramiz.  Uning  dastlabki  safdoshlari  va 
shogirdlari A. Adler va K.G. Yunglar nevrozlarning kelib chiqishiga 
oid o ‘z nazariyalarini ilgari surishdi.  A. Adler fanda individual psixo­
logiya  g‘oyasini  ko‘tarib  chiqqan  bo‘lsa,  K.G.  Yung  o ‘z  e’tiborini 
analitik psixologiyaga qaratdi.
XX 
asm ing  birinchi  yarm ida  m ashhur  psixiatr  E.  Krechmer 
(uni  tibbiyot  psixologiyasining  otasi  deb  ham  atashadi)  «Tibbiyot 
psixologiyasi»  asarini yozadi.  U  tibbiyot psixologiyasini alohida fan 
sifatida  ajratdi va  bu  fanni  barcha  tibbiy,  falsafiy va  biologik  fanlar 
yutug'iga asoslanib o'rganish zarurligini uqtirdi.  E.  K rechm er odam 
ruhiyatining  shakllanishida  va  buzilishida  tug‘ma  konstitutsional 
omillarga katta e ’tibor berdi.
Shunday qilib,  tibbiyot psixologiyasi barcha tabiiy va aniq fanlar 
ta ’siri  ostida  rivojlandi  va  alohida  fan  sifatida  butun  dunyoda  tan 
olindi.  Albatta,  ushbu  kichik  bir  bobda  tibbiyot  psixologiyasining 
tarixini batafsil yoritish mushkul.  U ning tarixi haqidagi qo'shim cha 
m a’lum otlarni  internet  sahifalaridan  va  maxsus  kitoblardan  olish 
mumkin.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish