-modda. Tuman, shahar xalq tahlimi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
12-modda. Tuman, shahar xalq tahlimi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari.Tuman, shahar xalq tahlimi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlari o’z vakolatlari doirasida:etim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi; LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 149-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 56, 57 va 58-bandlari. Etim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Xalq tahlimi vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;etim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar to’g’risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi; 13-modda.Tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari.Oldingi tahrirga qarang.Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari o’z vakolatlari doirasida: muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, shuningdek sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi; LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 56, 57 va 58-bandlari. Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan shaxslar to’g’risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi; 14 modda. Vasiylikni yoki homiylikni tugatish to’g’risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, mazkur masalalarga doir ishlarni sud majlislarida ko’rib chiqishda ishtirok etadi;