Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Muammoli metodlar
muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchi-
talabalarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida 
alohida ob‘yekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko‘nikmalari va bilimlarni 
faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil 
etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi hamda o‘rganilgan mavzular 
xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini 
ishlab chiqish zarur. O‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki “fikr yo‘lidagi 
kutilmagan to‘siq” bilan bog‘langan aqliy mashaqqat holati emas, balki u bilish 
maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida 
avval o‘zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun 
aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli 


103 
vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmasligi, ya‘ni yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan 
bog‘lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo‘lmaydi. Muammoli vaziyat har 
qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o‘quvchi-talaba mashaqqat talab 
qilgan tushuncha yoki faktning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa, 
masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: 
- o‘quvchi-talabaga notanish bo‘lgan faktning mavjud bo‘lishi;
- vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan 
bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o‘qituvchi o‘quvchi-talabalar faoliyatini 
fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, 
umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi.
Muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi 
mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. 
Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni 
muammoli dars shaklida o‘tish tavsiya etiladi. O‘qitish jarayoniga muammoli 
darslarni qo‘llash uchun o‘qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo‘ladi: 
o‘quv dasturi bo‘yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish 
mumkinligini;
- mavzu matnidagi masalalar bo‘yicha muammoli vaziyatni keltirib 
chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, 
sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilishi;
- o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni 
ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali 
foydalanish yo‘llarini belgilashi zarur. 
Professor N.Azizxo‘jaeva muammoli vaziyatning ma’nosini quyidagicha 
ta’riflagan, ya’ni muammoli vaziyat o‘quvchi-talabalarga ma’lumotlar, bilimlar 
bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik qarshiliklar bo‘lib, 
ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir
2
. Bu qarama-


104 
qarshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o‘zlashtirish uchun 
harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. 
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat: 
- o‘quvchi-talabalar uchun noma’lum yangilik mavjudligi;
- muammolarni o‘zlari hal etishlari;
- shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o‘zlari 
o‘rganishga harakat qilishlari;
- nima noma’lum ekanligini bilib, ma’nosini tushunib, uni hal etishga intilish 
kabilar.
Yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilib fikr yuritish, o‘quvchi-talabalarning 
mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantirishning muhim talablaridandir. Bunday fikr 
yuritish o‘quvchi-talabani shu narsani anglay olmaganligini tushunib etib, bu 
gapning ma’nosiga jiddiy ravishda e‘tibor berishga qaratadi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish