Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Pedagogika tarixida quyidagi ta’lim texnologiyalari mavjud bo‘ldi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Pedagogika tarixida quyidagi ta’lim texnologiyalari mavjud bo‘ldi 
1. Sinf dars tizimi tipida oqitish bu XIIV asrda Chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiy “Buyuk didaktika” asarini yozib sinf dars tizimini asosladi. Ushbu 
asarida olim ko‘rgazmali o‘qitishni tashkil etdi, o‘sha davrdan shu kungacha 
tushuntirish, izohlash asosida o‘qitib kelinmoqda.
2. Pedagogik texnologiya asosida o‘qitish bu izlanishni, fikrlashni, 
tushinishni va amalda qo‘llashni talab etadi.
Pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun quyidagi talablarni bajarish 
kerak. 
1. Pedagogik texnologiyani amalga oshirishda ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarni o‘qitish bilan birga o‘qishga o‘rgatish zarur. 
2. O‘quvchilarning bilimlarni egallashini bevosita ta’lim jarayoniga 
ko‘chirish. 
3. Ta’lim jarayonida mazkur darsga mo‘ljallangan to‘liq o‘zlashtirishga 
erishish. 
4. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni to‘liq faollashtirish. 
5. Ta’limni shunday uyushtirish zarurki dars oxirida rejalashtirilgan 
maqsadga erishish ta‘minlansin. 
6. Ta’limda interaktiv metodlardan foydalanishni ta‘minlash. 
7. Ta’limni rejalashtirish va o‘tkazishda moslanuvchan qayta aloqani 
ta’minlash.
1.3. O‘rta Osiyoda mehnat tarbiyasining tarkib topishi. Buyuk 
mutafakkirlarning mehnat tarbiyasiga oid fikrlari
Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi 


12 
namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo‘lib 
yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat 
insonni ulug‘lash masalalariga alohida e‘tibor berilganligiga guvoh bo‘lamiz. 
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki 
ijodi namunalari topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda 
mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o‘zlashtirish muhim hayotiy 
zarurat ekanligi ta‘kidlanadi. 
Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu Nasr 
Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Geodeziya”, 
“Minerologiya”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi 
ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida 
muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi 
xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan. 
Mana shunday ertaklardan biri “Aql va boylik” ertagidir. Bunda 
c
hol to‘rt 
o‘g‘liga qarata “Kim aqlli va davlatmand bo‘lsa, o‘sha oila boshlig‘i bo‘lib 
qoladi”, degan so‘zlariga o‘g‘illaridan biri zumrad ko‘zli oltin uzugi, ikkinchisi 
zarbof choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamarini ko‘rsatadi. 
Kenja o‘g‘il esa otasining savoliga “Menda zumrad ko‘zli uzuk ham, zarbof 
chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo‘q. Lekin mehnatkash qo‘lim, botir 
yuragim, aqlli boshim bor”, - deydi va otasi uni oila boshlig‘i qilib, uy-ro‘zg‘orini 
meros qoldiradi. 
Ko‘rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli 
qila oladigan narsa mehnat degan g‘oyani ilgari surgan.
Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda 
hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. 
Daryo suvini bahor toshirar,
Inson qadrini mehnat oshirar. 
Oltin о‘tda bilinar,
Odam mehnatda. 


13 
Mehnatdan do‘st ortar,
G‘iybatdan dushman.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish