Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Testning afzalligi quyidagilardan iborat



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Testning afzalligi quyidagilardan iborat: 
- o‘quvchi va o‘qituvchi vaqtini tejaydi;
- o‘quvchining bilimini aniqlash sub’yektga bog‘liq emas;
- o‘quvchi o‘zida ishonch, o‘qituvchini hurmat qilish, fanni chuqur o‘rganish 
istagini, fikrni hosil qiladi;
- o‘quv dasturidagi minimum bilim daraja bilan maksimum talabga chiqish 
uchun hisob-kitob qiladi;


229 
- qo‘yilgan bahoning noto‘g‘riligini o‘quvchi isbotlaydi, kerak bo‘lsa, 
shikoyat qilish huquqini beradi;
- test o‘quvchining individual ishlash qobiliyatini yaxshi tahlil qiladi;
- test orqali bir paytning o‘zida o‘quvchining amaliy bilimlari sifatini 
tekshirish niyatiga ega bo‘linadi;
- test bilimlarni aniqlash usuli bo‘lmay, o‘rgatuvchiga o‘rgatish usul hamdir.
O‘z xatosini bilib, darrov kamchiligini topib oladi va qayta bu xatoga yo‘l 
qo‘ymaslikka harakat qiladi. Turli testlar kiritish bilan o‘quv jarayoni faollashadi. 
Kichik hajmdagi testlarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali o‘quv materiallarini 
o‘rganuvchanlik darajasi diagnostika qilinadi.
Keyinchalik barcha fanlarni kompyuterlashtirib o‘qitish imkoniyatini 
yaratadi. Testlashtirish quyidagi holatda ta’lim jarayoniga ta’sir qiladi:
1. Test nihoyatda sodda tuzilib, “ha” yoki “yo‘q” javobga asoslangan bo‘lsa. 
2. Test faqat belgilangan narsani biladimi yoki yo‘qmi degan savolga javob 
beradi xolos, faqat diagnostika qilishda qo‘llaniladi.
3. Testdagi javoblarni tanlash usuli orqali ham o‘quvchi yuqori ball olishi 
mumkin. Test haqiqiy bilimni to‘la aniqlashda ojizlik qiladi.
4. Test o‘quv jarayonida “quyi” va “o‘rta” me’yorda o‘qiydigan o‘quvchilar 
uchun yaxshi, “yuqori” me’yorda o‘qiydigan o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini 
susaytiradi. Chunki ularning mustaqil fikrlatuvchi, isbotlovchi, ijodiy ishlovchi 
topshiriqlar orqali baholash kerak.
5. Testda qo‘yilgan baho va imtihonda qo‘yilgan baho singari xotirada uzoq 
saqlanmaydi.
6. Test-loyihalashtirilgan “qalbsiz” bilimni aniqlaydigan signalizator. Bu 
orqali o‘quvchi talanti, iste’dodi, qobiliyatini aniqlash qiyin. 
Testlar maxsus metodistlar tomonidan dastur materiallari hajmini aniqlab, 
yuqoridagi talablar asosida ishlab chiqilmog‘i kerak.
1. U metodik jihatdan to‘g‘ri tuzilib, zarur yangiliklar bilan to‘ldirilib 
borilishi kerak.


230 
2. Test tuzayotganda predmetning mazmuni, o‘quvchining o‘zlashtirish 
darajasi va testning miqdorini inobatga olish kerak.
3. Testlar bir o‘qituvchi rahbarligida tuzilmay, boshqalarning fikrini ham 
inobatga olish kerak. 
4. Test savollari aniq, kitob va darsliklar asosida olinishi kerak. Test 
raqamlanishi kerak. Testlar individual bo‘lishi kerak.
5. Testning sifatining orttirish, zahirasini ko‘paytirish uchun izlanish, 
seminar, ko‘rik, tanlov, konferenstiyalar o‘tkazish joiz.
6. Maktabda o‘qituvchilar savollar asosida test mexanizmini bilgandagina 
tuzilgan testlar nazorat qiluvchidan tashqari, o‘rganuvchi testlar bo‘lib xizmat 
qiladi.
Test savollarini mukamallashtirish davr talabiga aylandi. Shu bois 
yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilish test texnologiyasini mukammalashtirish 
asosidir. O‘quvchilar o‘qituvchining slaydlar asosida bergan bilimi bilan birga 
bevosita o‘zlari o‘tirib test echishlari darsning qiziqarli bo‘lishiga, bilimlarining 
mustahkamlanishiga, izlanishga chorlaydi. Har bir dars uchun tayyorlangan 
taqdimotlarda qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda rasmlar, aniq 
jarayonlarni aks ettiruvchi tasvirlar, internet tarmoqdagi malumotlardan 
foydalangan holda katta elektron ekranda ko‘rsatib tushunchalar berilsa, 
o‘quvchilarning bilim va malakalari boyitiladi, darsga bo‘lgan qiziqishlari yanada 
ortadi. Dars jarayonida kompyuter testlari va tahliliy dastur jamlanmalaridan 
foydalanish o‘qituvchiga qisqa vaqt ichida o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan 
materialning o‘zlashtirish darajasi haqida aniq malumot olish va o‘z vaqtida 
tegishli tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish