Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi
. O‘qituvchining 
har bir darsga sifatli tayyorlanishi darsni tashkil etish, o‘quvchilarga beriladigan 
bilim, ko‘nikma va malakalarni qay darajada o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Darsga 
tayyorlanish algoritmi, barcha omillar, holatlarni hisobga olish va kafolatlaydigan 
izchil tadbir bo‘lishi zarur.
Shuning uchun har bir darsga tayyorlanishda quyidagi tavsiyalarga rioya 
qilishi lozim: Darsda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish uchun avvalo, uning idrokini, 
xotirasini kuchaytirish asosida o‘quv materialining xotirada saqlanishini 
taьminlash zarur. Darsning maqsadiga erishish uchun o‘quv materiallarini to‘g‘ri 
tanlash, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasini hisobga olish va darsni jihozlashga 


176 
jiddiy e’tibor berish, o‘quv materiallar o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun 
ta’limning metod va usullarini o‘rinli qo‘llash ham muhimdir.
Dars o‘qituvchiga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Shunga ko‘ra, atroflicha 
tayyorlanish tajribali o‘qituvchi uchun ham yosh o‘qituvchi uchun ham zarur. 
O‘qituvchi o‘z vazifasini sifatli bajara olishi uchun o‘quvchilar shaxsini har 
tomonlama o‘rganishi shart. O‘quvchi shaxsini o‘rganish oddiygina tadbir emas, 
balki ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishishning eng muhim yo‘lidir. 
Shuning uchun birinchi navbatda sinf jamoasining o‘ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga olish lozim:

o‘quvchilarning bilimi va o‘zlashtirish saviyasi;

o‘quvchilarning fanga bo‘lgan munosabati;

sinfning ishlash tezligi;

bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi;

har xil turdagi o‘quv jarayoniga munosabati;

o‘quvchilarning intizomi.
Ikkinchi navbatda esa har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini 
e’tiborga olish zarur:

nerv tizimi turlarining shakllanganlik darajasi;

o‘zaro fikr almashuvi;

hissiyotga beriluvchanlik;

materialni o‘quvchilar tomonidan qabul qilishini boshqarish;

yomon kayfiyatni tarqatish yo‘llarini bilish;

o‘zining bilim va qobiliyatiga ishonish;

har xil ta’lim vositalaridan foydalanishni bilish. O‘qituvchi oldida turgan 
vazifalardan biri o‘quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni 
yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko‘tarish talab qilinadi.
Bularning barchasi dars ishlanmasida yoki darsning texnologik xaritasida o‘z 
ifodasini topadi. Dars ishlanmasi (darsning texnologik xaritasi) o‘qituvchi uchun 
tuzilish majburiy bo‘lgan hujjatdir. Uni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad- 


177 
o‘qituvchining va o‘quvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars 
mazmunini yoritib borish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.
 
Darsga tayyorlanish vaqtida o‘qituvchi o‘tgan mashg‘ulotning mazmuni va 
natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi 
darsning ta’lim va tarbiya maqsadini to‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va 
uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar 
tuzishi va kirish yo‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini 
tanlashi va o‘ylab chiqishi kerak. 
Darsga tayyorgarlik ko‘rishda, uni tashkil etishni aniq rejalashtirib olishda 
kerak bo‘lgan talablar: taqvimiy mavzuli reja asosida dars o‘tkazishning ishlab 
chiqilgan aniq rejasi mavjud bo‘lishi, dars o‘z vaqtida boshlanib, o‘z vaqtida 
tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to 
oxirigacha o‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda 
turli-tuman vositalardan, o‘quv texnik, kompyuter, statsionar va dinamik 
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘zda tutiladi. 
Texnologiya fani o‘qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida 
darsning tashkiliy tomonlariga navbatchilarni tayinlash, o‘quvchilarga asbob va 
materiallar tarqatish, o‘quv ustaxonalarida tartib-intizomning qat’iy saqlanishiga, 
ishlarga baho qo‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e‘tibor berishi kerak.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish