tallarga ajratib ish chizmalarini chizishni o ‘z ichiga olgan yig‘ish
chizmasi
konstruktiv
yoki
to 'la y ig ‘ish chizmasi
deyiladi.
Qisqartirilgan yig ‘ish chizmalari
faqat buyumni yig‘ish uchun xizmat
qiladi.
Buyumning o ‘ziga qarab yig‘ish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish
tavsiya etiladi;
1) buyum diqqat bilan o ‘rganib chiqiladi.
Uning vazifasi, ishlash
prinsipi, konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi;
2) buyum yig‘ish birliklari va detallarga ajratiladi. Buyum tarkibiga
kiruvchi barcha detallaming shakllari, elementlari, ulaming bir-biri bilan
o‘zaro birikish usullari aniqlanadi;
3) buyum tarkibiga kiruvchi yig‘ish birliklari
va barcha detallaming
standartga muvofiq spetsifikatsiyasi tuziladi;
4) buyumning tarkibiga kiruvchi har bir detaining (standart detallardan
tashqari) eskizi chizib chiqiladi;
5) buyumning asosiy va qo‘shimcha tasvirlar soni, ko‘rinishlari,
qirqimlar va kesimlar joylari belgilanadi;
6) yig‘ish chizmasida qirqim standartga muvofiq bajariladi;
7) chizmaninng o ‘lchamlari, zarur hollarda detallami o ‘tqazish
usullari ko‘rsatiladi;
8) buyum detallaming vaziyat raqamlari qo‘yiladi;
9) chizma taxt qilinadi. Standart bo‘yicha chizmaning kontur
chiziqlari
asosiy tutash chiziqlari bilan, asosiy yozuv, spetsifikatsiya,
bichim hoshiyasi yo‘g ‘onlashtirilib chizib chiqiladi.
Detallaming bir-
biriga tegib turgan joylarida tirqish bo‘lmasa, bitta kontur deb qaraladi
va chiziqlaming yo‘g ‘onligi o‘zgartirilmasdan, bir xil yo‘g‘onlikda
chiziladi.
Yig‘ish birikmasi bilan tanishtirib chiqilgandan keyin detallami ajratib
olib, har birining eskizi chizib chiqiladi. Shunda har bir detal to ‘g ‘risida
to‘liq tushuncha hosil bo‘ladi, shunda buyumning yig‘ish chizmasini
tuzish osonlashadi.
Yig‘ish chizmasini chizishni boshlashdan oldin uni nechta ko‘ri-
nishlarda tasvirlash, qanday qirqimni bajarishga oid m a’lumotlami aniq-
lashga to‘g ‘ri keladi.
Buyumning gabarit o‘lchamlari yordamida
u chizma formatiga joy-
lashtiriladi va dastlab buyumning korpusi hamma ko‘rinishlarda chiziladi.
Keyin shu korpusga yondosh detallar barcha ko‘rinishlarda chiziladi.
Yondosh detallaming bir-biriga kirib turishini chizmada tasvirlashda ular
orasida tirqishning bor-yug‘ligiga e ’tibor beriladi. Yig‘ish chizmasini
chizib bo‘lgandan keyin kerakli qirqim, qo‘shimcha ko‘rinish, kesim va
boshqalar bajariladi.
Yig‘ish chizmalarida standart tomonidan yo‘l qo‘yilgan shartliliklar
va soddalashtirilishlardan foydalaniladi (11.35-shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: