Mitanni davlatining ijtimoiy tuzumi va xo’jaligi.
M. av. XVI
asrdan XIII asrgacha yashagan Mitanni Old Osiyodagi davlatlar
singari quldorlikka asoslangan davlat edi. Mitanni podsholigining
ijtimoiy munosabatlari haqida m a'lum otlar juda oz saqlanib qolgan.
Ular haqida qadimgi Nuzu va Arrapxi qal’alari qazilishi natijasida
topilgan yozma arxivlar ibodatxona va saroy xo'jaliklari haqida
149
ba’zi m aium otlarni beradi. Podsho xo'jaliklari kattaroq bo'lib.
yozma arxiv m aium otlariga ko'ra uning otxonalarida ko'plab ot-
lar, molxonalarida yuzlab yirik va mayda shoxli sigir, buqa, bu-
zoq, qo'y-echki, cho‘chqalar boqilgan. Shuningdek, mamlakatdagi
katta-katta haydalgan yerlar, bog'lar va o'rm onlar podsho oilasi
a’zolariga qarashli bo'lgan. Podsho xo'jaligidagi ishlarni saroy
qullari, erkin-ozod cho'ponlar. hunarmandlar va dehqonlar navbat
bilan bajarganlar.
Mitanni podsholigining ijtimoiy tuzumida hududiy jamoa-
lar, qishloq (salu), katta oilali uy jamoalari ’’dimtular” katta o'rin
tutgan. Yer katta oilali jamoaning mulki hisoblangan. Jamoa sav
dogarlar. to'quvchi. dehqon va boshqa kasbdagi kishilardan iborat
bo'lgan. Mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish jamoaning bu-
zilishiga olib kelgan. Qarzdorlik va sudxo'rlik xurrit jamiyatidagi
kam bag'allargina emas, balki o'rta tabaqalarning ham xonavayron
bo'lishiga olib keladi. Mitannida qo'lga tushgan ashlar qulga avlan-
tirilgan. Qarzdorlik ham qulga aylantirishning bir shakli bo'lgan.
Mamlakatda qullarni m a iu m muddatga sotish ham keng tarqalgan
edi. Mitannidagi qulchilik patriarxal xususiyatga ega bo'lib. ular
ba’zi huquqlarga ega edilar. Ular cho'rilargagina emas, ozod ayol-
larga ham uylanishlari mumkin bo'lgan. Qullar mehnatidan ishlab
chiqarish xo'jaligining barcha tarmoqlarida. ya’ni bog'dorchilikda.
mol boqishda, to'quvchilikda. kulolchilik. kir vuvish. yuk ko'ta-
rish, non yopish va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo'lgan.
Saroyda ishlaydigan qullar podsho oilasiga ancha yaqin bo'lgan va
ular podsho oilasidan katta-katta sovg'alar olib turgan. Ular pod
sho saroyida kotiblik lavozimini ham egallar edilar. Shuningdek,
qullar m a’lum muddatga ijaraga berilgan, sotilgan va sotib olingan.
Qochqin qullar qattiq jazolangan.
Davlat tepasida podsho turib, u vafot etgan taqdirda taxt otadan
bolaga yoki aka-ukalarga meros b o iib o'tgan. Viloyatlarni pod
sho tomonidan tavinlagan “xazannu"’ - qishloq boshlig'i, amaldori
boshqargan. Mitanni podsholigining asosiy kuch-qudrati og'ir va
yengil aslahalar bilan qurollangan xalq lashkari, ot qo'shilgan jang
aravalaridan iborat bo'lib, jang aravalarini “maryanni” degan ara-
150
vachi-zodagonlar boshqarganlar. Miatnniliklar jang aravalarini
boshqarishning mohir ustalari bo'lishgan. Xettlar va ossurlar ot
qo'shilgan jang aravalarida jang qilishni mitanniliklardan o'rgan-
ganlar.
Mitanni davlati egallagan yerlar tog'lik, qisrnan tekisliklardan
iborat b o iib , chorvachilik va lalmi dehqonehilik rivojlanishiga im-
kon bergan. Mitannida yilqichilik ham yuksak darajada rivoj topib.
mitannilik Kikkuli yilqichilikka oid ilmiy asar yozgan. Mamlakat
ning bir qismi tog'lik boiganligi uchun u yerda mis, qo'rg'oshin,
toshlar va o im o n la r mavjud bo'lgan. Bu boyliklar mamlakatda
ma'dansozlik va qurilish ishlarini rivojlantirish imkonini bergan.
Mitanni dehqonlari mamlakatdan oqib o'tadigan Frot d ary o sin in g
X abur va B elix, Yuqori va Quyi Zab, D ajla va uning irmoq-
lari oqib o'tadigan serunum yerlarda sug'orm a dehqonehilik bilan,
suvsiz qir-adirlarda lalmi-bahorikor dehqonehilik bilan shug'ullan-
ganlar. Dehqonlar asosan bug'doy, arpa, no'xat. kunjut, sabzavot
ekkan. Tog'oldi hududlarida esa olma. nok. xurmo va boshqa me-
vali daraxtlarni ekib. bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. U
yerda sabzavotchilik ham yaxshi rivoj topgan. Mitanni bog'bonlari
tok ekib uzumchilikka ham katta e ’tibor berganlar. Mitanni aholisi
yirik shoxli qoramol-sigir. buqa, ho'kiz va buzoqlar, shuningdek,
qo'y-echki kabi mayda shoxli chorva bilan ham shug'ullanganlar.
Mitanni to g ia ri chorva uchun o't-o'lanlarga boy bo'lgan. Chor-
vaning hamrna turi tog' yavlovlarida boqilgan.
Yuqorida ta'kidlanganidek, Mitannida yilqichilik yuksak dara
jada rivojlangan bo'lib, mitanni otlari butun Old Osiyoda mashhur
bo'lgan.
Kulolchilik, to'qimachilik, temirchilik, zargarlik, qurolsozlik
va hunarmandchilikning boshqa tarmoqlari yaxshi rivojlangan edi.
Mitanni podsholigi Kavkazorti va Old Osiyoning markazida joy
lashgan bo'lib, bu yerdan to'rt tomonga o'tadigan yirik savdo yo'llari
mamlakat uchun juda katta iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahamiyatga
ega edi. Mitanni podsholari shu yo'llar orqali Janubiy.M esopota
miya. Misr, O 'rtayer dengizi sohilidagi boy mamlakatlar, Ossuriya,
Urartu va Xettlar bilan qizg'in savdo ishlari olib borar edilar.
151
Mitanni davlati avvalo Janubiy Mesopotamiya xalqlari, qolavei -
sa O 'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar. shuning
dek, Misr madaniyatidan bahramand bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |