‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


 ‘qituvchining  asosiy  vazifalari  va  uning  shaxsiga  qo‘yiladigan



Download 11 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/415
Sana07.08.2021
Hajmi11 Mb.
#140757
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   415
Bog'liq
PEDAGOGIKA

0 ‘qituvchining  asosiy  vazifalari  va  uning  shaxsiga  qo‘yiladigan 
talablar.  «Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq
1  Alisher  Navoiy.  M ahbub  ul-qulub.  Asarlar.  O 'n   besh  tom lik.  13  tom .  —  T o sh k en t, 
Badiiy adabiyot  nashriyoti,  1966.  192-193-betIar.
1  Hoshimov  K.  va  boshqalar.  Pedagogika  tarixi  //P ed ag o g ik a  oliy  o 'q u v   yurtlari  va 
dorilfununlar talabalari  uchun  qo‘11.  -  T oshkent,  O 'qituvchi,  1996,  —  301-bet.


etish  R e sp u b lik a   t a ’lim   t iz im i d a   olib  b o r ila y o tg a n   is lo h o tla r  
m uvaffaqiyatini  t a ’m in la s h ,  t a ’lim  m uassasalarida  faoliyat  olib 
borayotgan  o ‘qituvchi, tarbiyachi,  ishlab chiqarish  ustalarining m a’naviy 
qiyofasi  ham da  kasbiy  mahoratlariga  ham  bog‘liqdir.
Shaxsni tarbiyalash  ishi nihoyatda  murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, 
juda  q a dim d a n   ushbu  faoliyatga  jam iyatning  yetuk  kishilari  jalb 
etilgandir.  Mazkur  holat  yosh  avlod  tarbiyasi,  uning  tashkil  etilishi 
m azm uni  nafaqat  shaxs  kamoloti,  balki  jamiyat  taraqqiyotini  ham 
belgilashda  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  anglatadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  o ‘qituvchi  k adrlarn ing   m a ’naviy 
qiyofasi,  aqliy  salohiyati  h a m d a   kasbiy  m ahoratiga  nisbatan  jiddiy 
talablar q o ‘ymoqda.  C hu n o n c h i,  bu  borada  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  l.A.Karimov quyidagilarni  qayd  etadi:  «Tarbiyachi  — ustoz 
bo'lish  uchun,  boshqalarning aql-idrokini  o ‘stirish,  m a ’rifat  ziyosidan 
b a h r a m a n d   q ilis h ,  h a q i q i y   v a ta n p a r v a r ,  h a q iq i y   fu q a r o   etib 
yetishtirish  uchun,  eng  avvalo,  tarbiyachining  ana  shun day  yuksak 
talablarga javob berishi,  a n a   shunday  buyuk  fazilatlarga  ega  boMishi 
kerak»1.
Yuqorida qayd  etilgan  fikrlardan bugungi  kun  o ‘qituvchisi shaxsiga 
nisbatan  q o ‘yilayotgan  talablar  mazmuni  anglaniladi.  Zamonaviy 
o ‘qituvchi  qanday  b o ‘lishi  zarur?
0 ‘qituvchi  (pedagog')  pedagogik,  psixologik  va  mutaxassislik 
y o ‘nalishlari  bo ‘yicha  maxsus  m a ’lumot,  kasbiy  tayyorgarlik,  yuksak 
axloqiy fazilatlarga ega ham da ta ’lim  muassasalarida faoliyat  ko‘rsatuvchi 
shaxs  sanaladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to ‘g‘risida»gi  Qonunining 
5 - m o d d a s i   3 -b an d ig a   m uvofiq  t a ’lim  m u assasalarida  sudlangan 
s h a x s l a r n i n g   p e d a g o g ik   fao liy at  bilan  s h u g ‘u l la n is h la r ig a  y o ‘l 
q o ‘yilmaydi.
Bizning  nazarimizda,  zamonaviy  o ‘qituvchi-bakalavr  qivofasida 
quyidagi fazilatlar namoyon b o ‘la olishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar 
m ohiyatan  o ‘qituvchi-bakalavr  tomonidan  amalga  oshirilishi  zarur 
b o ‘lgan  vazifa,  burch  va  m as’uliyatlarini  ifodalaydi):
1. 
0 ‘qituvchi jamiyat  ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o ‘zgarishlar, 
olib  borilayotgan  ijtimoiy  islohotlar  mohiyatini  c h u qur  anglab  yetishi
1  K arim ov  1.Л.  Buyuk  kelajagim izning  huquqiy  kafolati.  —  Toshkent,  Sharq  nashriyot- 
m atbaa  konserni  Bosh  tahririyati,  1993,  2 7-28-bet.


hamda bu borada  o ‘quvchilarga t o ‘g ‘ri,  asosli  m a’lumotlarni bera olishi 
lozim.
2.  Z a m o n av iy   o ‘qituvchining  ilm -fan,  texnika  va  texnologiya 
yangiliklari  va  yutuqlaridan  xabardor boMishi  talab  etiladi.
3.  0 ‘qituvchi  o ‘z  mutaxassisligi  b o ‘yicha  chuqur,  puxta  bilimga 
ega  boMishi,  o ‘z  ustida  tinimsiz  izlanishi  lozim.
4.  0 ‘qituvchi  pedagogika  va  psixologiya  fanlari  asoslarini  puxta 
bilish,  taMim-tarbiya  jarayonida 
0
‘quvchilarning  yosh  va  psixologik 
xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  faoliyat  tashkil  etishi  kerak.
5.  0 ‘qituvchi taMim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl,  m etod va 
vositalardan  unumli  foydalana  olish  imkoniyatiga  ega  b o ‘lmog‘i  lozim.
6.  0 ‘qituvchi  ijodkor,  tashabbuskor  va  tashkilotchilik  qobiliyatiga 
ega  boMishi  shart.
7.  0 ‘qituvchi  yuksak  darajadagi  pedagogik  m ahorat,  c h u n o n c h i, 
kommunikativlik  layoqati,  pedagogik texnika  (nutq,  yuz,  qoM-oyoq va 
gavda  harakatlari,  mimika,  pan to m im ik a,  jest)  qoidalarini  c h u q u r  
o ‘zlashtirib  olishga  erishishlari  lozim.
8.  0 ‘qituvchi  nutq  madaniyatiga  ega  boMishi  zarur,  uning  nutqi 
quyidagi  xususiyatlarni  o ‘zida  aks  ettira  olishi  kerak:
a)  nutqning  t o ‘g ‘riligi;
b)  nutqning  aniqligi;
d)  nutqning  ifodaviyligi;
e)  nutqning  sofligi  (uning  turli  sheva  s o ‘zlaridan  holi  boMib,  faqat 
a d a b iy   tild a   ifo d a   e tilis h i);  j a r g o n   (m u a y y a n   kasb  yo k i  s o h a  
mutaxassisliklariga xos so‘zlar);  varvarizm  (muayyan  millat tilida  bayon 
etilayotgan  nutqda o ‘zga millatlarga xos s o ‘zlarni  n oo ‘rin qoMlanilishi); 
vulgarizm  (haqorat  qilish,  so‘kishda  qoMlaniladigan  so‘zlar)  h a m d a  
k o nselyarizm   ( o ‘rni  boMmagan  v a z iy a tla rd a   rasm iy  s o ‘z l a r d a n  
foydalanish)  so‘zlardan  holi boMishi,  o ‘qituvchining  nutqi sodda,  ravon 
va  tushunarii  boMishi  kerak;
0   nutqning  ravonligi;
g)  nutqning  boyligi  (hikmatli  s o ‘zlar,  ibonj  va  m aqollar,  m atallar 
hamda  ko ‘chirma  gaplardan  o ‘rinli  va  samarali  foydalana  olish).
9.  0 ‘qituvchi kiyinish  madaniyati  (sodda,  ozoda,  bejirim kiyinishi), 
taMim-tarbiya jarayonida  o ‘quvchining  diqqatini  tez jalb  etuvchi  turli 
xil bezaklar (oltin,  kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi,  fasl,  yosh, 
gavda  tuzilishi,  yuz  qiyofasi,  h atto ,  soch  rangi  va  turmagiga  muvofiq 
ravishda  kiyinishni  o ‘zlashtirishga  erishishi  lozim.


10. 
0 ‘qituvchi  shaxsiy  hayotda  pok,  atrofdagilarga  o ‘rnak  bo‘la 
olishi  lozim.
0 ‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol  ishtirokchisi sifatida 
o ‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur.  Chunonchi, 
u  eng  avvalo,  mulohazali,  bosiq,  vaziyatni  to ‘g ‘ri  baholay  oladigan, 
mavjud  ziddiyatlarni  bartaraf etishning  uddasidan  chiqa  olishi  zarur. 
0 ‘quvchi,  ota-onalar  ham d a  hamkasblari  bilan  muloqot  jarayonida 
fikrini  aniq  va  to ‘la  bayon  etilishiga  ahamiyat  qaratishi  maqsadga 
muvofiq.  Ular bilan  munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi 
dalillarni  keltirishdan  emas,  aksincha,  o ‘quvchi  (yoki  hamkasbi,  ota- 
onalar)ning  muvaffaqiyatlarini  e ’tirof etishi,  ularning yanada boyishiga 
ishonch  bildirishi  u  bilan  tillasha  olishiga  imkon  beradi.  Muloqot 
ja r a y o n i d a   o ‘q i tu v c h in in g   s o ‘z la rid a n   s u h b a td o s h i g a   n isbatan 
xayrixohlik, samimiylik,  d o ‘stona munosabat  sezilib turisjLi, shuningdek, 
imkon  q ad ar  ko‘tarinki  kayfiyatda  boMishi  zarur.
0 ‘qituvchi  shaxsining  mazkur talablarga  muvofiq  keluvchi  qiyofasi 
uning o ‘quvchilar,  hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasida obro‘-e’tibor 
qozonishini  t a ’minlaydi.
Pedagogik malioratni egallash yo‘llari.  0 ‘qituvchi barkamol avlodni 
tarbiyalash  jarayonida  ishtirok  etar  ekan,  nafaqat  m a ’naviy-axloqiy 
madaniyati bilan atrofdagilarga o ‘mak boMishi, shu bilan birga, pedagogik 
mahoratini  namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlami 
tayyorlash  ishiga  o ‘zining  munosib  hissasini  qo‘shishi  zarur.
Pedagogik  mahorat  —  yuksak  pedagogik  tafakkur,  t a ’lim-tarbiya 
jarayoniga  ongli,  ijodiy yondashuv,  metodik bilimlarni samarali qoMlay 
olish  qobiliyati  boMib,  u  doimiy  ravishda  pedagogik  bilimlarni  oshirib 
b o r is h ,  y a n g ilik la rd a n   x a b a rd o r   boMish,  ilg‘o r   tex nologiyalarni 
o ‘z la s h t ir is h   asosida  t a r k i b   to p a d i .  Y osh,  s h u n in g d e k ,  t a ’lim 
m u a s s a s a s i d a   b ir  n e c h a   yillik  m eh n a t  sta jig a   ega  boMgan 
o ‘qituvchilarning  pedagogik  mahoratga  ega  boMishlari  o ‘zini  kasbiy 
jih a td a n   takomillashtirish  yoMida  bir  qator  shartlarga  amal  qilishi 
hisobiga  t a ’minlanadi.  Ular  quyidagilardan  iborat:
1. 
Mustaqil  o ‘q ib -o ‘rganish  (pedagogika  fanida  ro‘y  berayotgan 
yangiliklar  haqida  m a ’lumotlarni  beruvchi  yangi  adabiyotlar,  Internet 
materiallari,  vaqtli  matbuot sahifalarida chop etilayotgan  m a ’lumotlar, 
shuningdek,  ilg‘or  texnologiyalar  bilan  tanishib  borish,  ularda  ilgari 
surilayotgan  g ‘oyalarni  umumlashtirish,  xulosalash  asosida  mustaqil 
loyihalarni  tayyorlash).


2.  Ham kasb  tajribali  o ‘qituvchilar  faoliyatini  o'rganish  ( ta ’lim 
muassasasidan chetga chiqmagan  holda tashkil  etilib, vaqt, shuningdek, 
iqtisodiy  nuqtayi  nazardan  samarali  sanaladi.  Tajribali  o ‘qituvchilar 
faoliyatini o ‘rganish  ular tom onidan tashkil  etilayotgan  mashg‘ulotlarni 
kuzatish,  tahlil  qilish  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  borada  olingan 
taassurotlarni  umumlashtirish  asosida  xulosa  chiqarish  m aqsadga 
muvofiqdir).
3.  Pedagog xodimlarni qayta  tayyorlash va  malakasini  oshirish  kurs 
(institut)larida  kasbiy  malakalarini  oshirish.
4.  Doimiy  ravishda  ilmiy  anjumanlar  (nazariy va  amaliy  konferensiya 
hamda seminarlar, pedagogik o ‘qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish.
5.  Respublika  hamda  rivojlangan  xorijiy mamlakatlarning yetakchi 
t a ’lim  muassasalarida  ularning  ish  tajribalarini  o ‘rganish  (stajirovka).
Ayni  vaqtda,  respublikada,  «Ustoz»  jam g ‘armasining  homiyligida 
ta ’lim  muassasalarining o ‘qituvchilar rivojlangan xorijiy m am lakatlarda 
bo‘lib,  ularning  t a ’lim  tizimi  va  ish  tajribalarini  o ‘rganmoqdalar.
Pedagogik  mahoratni  egallashda,  guruhli  va  om maviy  tadbirlarda 
ishtirok etish  ijobiy natijalar beradi.  Binobarin,  bunday m uhitda  o 'z a ro  
fikr  a lm a s h is h ,  shaxsiy  m u l o h a z a l a r n i   b o s h q a l a r   t o m o n i d a n  
b ild irila y o tg a n   q a r a s h l a r   b ila n   t a q q o s l a b ,  u l a r n i n g   t o ‘g ‘riligi, 
haqqoniyligiga  ishonch  hosil qilish,  mavjud bilimlarni yanada boyitish, 
xato yoki  kamchiliklarni aniqiash  h am da ularni bartaraf etish  yo'llarini 
topish  imkoniyati  mavjud.
Pedagogik  mahoratga  ega  b o ‘lish  t a ’lim-tarbiya  samaradorligini 
t a ’m inlash  garovi  bo'libgina  q o lm ay ,  ayni  vaqtda  o ‘q itu v c h in in g  
jamoadagi  o b ro ‘- e ’tiborini  ham   oshiradi,  o'quvchilarda  unga  nisbatan 
hurmat  yuzaga  keladi.
Kasbiy m ahoratni  oshirish  yo'lida  amaliy harakatlarni  tashkil  etish 
pedagogik  faoliyatda  yo'l  qo'yilgan  yoki  qo'yilayotgan  x a tolardan  holi 
bo'lish,  o'quvchilar,  hamkasblar ha m d a  o ta-o nalar bilan  m un o sa b a td a  
muvaffaqiyatlarga  erishish  imkoniyatini  yaratadi.
O 'z   davrlarida  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali 
ibn  Sino, Alisher Navoiy,  Yan Am os  Komenskiy,  Lev Tolstoy,  H am za 
H akim zoda  Niyoziy,  Abdulla  Avloniy  va  boshqalar  o 'z   asarlarida 
o 'qituvchilik  kasbi,  uning  m ash a q q a tla ri,  sh u n in g d e k ,  o 'q i tu v c h i  
shaxsida aks etishi zarur bo'lgan  sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish 
orqali  o'zlari  ham   pedagogik  m adaniyatga  ega  ekanliklarini  n a m o y o n  
etganlar.  Binobarin,  pedagogik  jarayonning  mohiyatini  anglam agan,


bolaga  nisbatan  chuqur  hurm atda  b o ‘lmagan  shaxs,  t a ’lim-tarbiya 
samaradorligi  va  inson  kamolotini  t a ’minlovchi  fikrga  ega  b o ‘lmaydi. 
Ularning  pedagogik madaniyatlari  negizini  bolani  tushuna olish.  unga 
nisbatan  insonparvar  munosabatda  b o ‘lish,  vazivatni  t o ‘g‘ri  baholash. 
yuzaga  kelish  ehtimoli  bo‘lgan  ziddivatlarni  o ‘z vaqtida bartaraf etish. 
pedagogik  faolivatning  haaligi.  iamivat  taraqqivoti  ham da  pedagogik 
iaravonda  o ‘quvchilar oneiga singdirilavotgan  ezgu g‘ovalarning havot 
maviudligini  t a ’minlashda  qudratli  omil  (vosita)  ekanligjga  ishonch 
kabilar tashkil  etadi.
M u s ta q i ll ik   yillarid a  0 ‘z b e k is to n   R e s p u b lik a s id a   m alakali 
(mahoratli)  o ‘qituvchilarni  q o ‘llab-quvvatlash,  ularning  tajribalarini 
o m m a la s h t ir is h g a   a lo h id a   e ’t ib o r   q a r a t il m o q d a . 
M a h o ra tli 
o ‘qituvchilarni  aniqlash  m aqsadida  turli  ko ‘rik,  tan lo v la r  tashkil 
etilmoqda.  Xususan,  «Yil o ‘aituvchisi»  Respublika k o ‘rik-tanlovi ta ’lim 
m uassasalarida  faoliyat  olib  borayotgan  o'qituvchilarga  pedagogik 
m a h o r a tl a r i n i   individual  ravishda  namoyish  etish  im koniyatini 
b e r a y o t g a n   b o ‘lsa,  «Yil  m a k ta b i»   R espu b lik a  k o ‘r ik - ta n lo v i 
o ‘qituvchilarga jam oa asosida t a ’lim  muassasasida qo'lga  kiritilayotgan 
yutuqlarni  ommaga  ko‘rsata  olishlari  uchun  sharoit  yaratmoqda.
Shuningdek,  respublika  miqyosida,  pedagogik  faoliyatda  ulkan 
yutuqlarni  q o ‘lga  kirita  olgan  o ‘qituvchilar  ta ’lim  sohasida  nufuzli 
sanaluvchi davlat  mukofoti — 0 ‘zbekiston  Respublikasi Xalq o ‘qituvchisi 
k o ‘krak  nishoniga  sazovor b o ‘lmoqdalar.
Xulosa  o'rnid a  shuni  qayd  etish  joizki,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 
d a s tu r i»   0 ‘z b e k is to n   R e s p u b lik a s id a ,  t a ’lim  t i z i m i d a   am alga 
oshirilayotgan  islohotlar mazmunini o ‘zida aks ettirgan  m uhim   yuridik 
hujjat  b o ‘lib,  istiqbol  uchun  yo‘llanmadir.
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da,  alohida  t a ’kidlangan  milliy 
m odel  0 ‘zbekiston  Respublikasining  milliy-hududiy  xususiyatlarini 
inobatga olish  hamda  ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida 
tayyorlangan  kadr  (mutaxassid)  —  komil  inson  va  yetuk  mutaxassis 
qiyofasini  o ‘zida  t o ‘laqonli  aks  ettiruvchi  namunadir.
«Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi» g‘oyalarining amaliyotga tatbiq 
etilishi  0 ‘zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy  hayoti  uchun  muhim 
sanalgan  bir  qator  holatlarning  qaror topishiga  olib  keladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi  Qonuni  hamda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida 
o ‘qituvchi  kadrlar muhim rol o ‘ynaydilar.  Komil inson va yetuk malakali


m u ta x a s s is 1  maxsus  tashkil  etilgan  pedagogik  faoliyat  ja ra y o n id a  
tarbiyalanar ekan,  ushbu jarayonda  o ‘qituvchilarning o ‘rni  beqiyosdir. 
Shu  bois  ularning  shaxsida  bir  qator  ijobiy  m a ’naviy-axloqiy  sifatlar 
nam oyon  bo‘la  olishi  maqsadga  muvofiqdir.

Download 11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   415




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish