so ‘z yu ritiladi.
D arslik O liy va o 'rta m axsus t a ’lim vazirligi tasdiqlagan nam unaviy dastu r
ta lablariga m uvofiq y a ra tild i.
D a rslik d a n p e d a g o g ik a , sh u n in g d ek , m u a yya n m a v z u la rn i o 'rg a n ish d a ,
nopedagogik y o ‘n alish da f a o liy a t olib borayotgan oliy о ‘quv yu rtlari, о 'rta maxsus
k a s b ta ’lim i m u a s s a s a la r in in g p e d a g o g -x o d im la r i, ta la b a la r h a m d a ilm iy
izla n u vch ila r fo y d a la n islila ri mum kin.
M u a ll if la r :
M .X . T o x t a x o d j a y e v a ,
S . N i s h o n o v a ,
J . H a s a n b o y e v ,
M .U sm on b oyeva, S.Madiyarova, A.Qoldibekova, N . Nishonova, N . Sayidahmedov.
ISBN 978-9943-391-09-3
© « 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.
www.ziyouz.com kutubxonasi
K IR ISH
Ilm -fan, texnika, ishlab chiqarish h am da texnologiya sohalarida,
erishilayotgan yutuqlar uzluksiz t a ’lim tizimining barcha bosqichlarida
faoliyat yuritayotgan ta ’lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklarini
yaratishni taqozo etmoqda. Bu kabi o ‘quv manbalarining yaratilishiga
q o ‘yilayotgan talablardan eng m uhim i — ularning m azm unida mavjud
ilmiy bilimlar o ‘z ifodasini topibgina qolmay, shu bilan birga 0 ‘zbekiston
Respublikasida t a ’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining
mohiyati ham ochib berish sanaladi.
Pedagogika oliy o ‘quv yurtlari uchun m o ‘ljallangan pedagogika
darsligi amaldagi o ‘quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq
yaratildi. D arslikn ing m aqsadi — p edagogika fa n in in g n a z a riy -
metodologik asoslarini ochib berish, boMajak pedagoglar to m o n id a n
ularning c h u q u r o ‘zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik
faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko'n ikm a va malakalarini
shakllantirishdan iborat.
Darslikning tarkibiy tuzilmasidan o ‘rin olgan mavzular o ‘z m azm uni
va y o ‘nalishiga k o ‘ra « P ed ag o g ikanin g ilmiy asoslari», «Yagona
pedagogik jarayon», «Ta’lim tizimini tashkil etish» ham d a «Korreksion
(maxsud) pedagogika» kabi b o ‘limlar o ‘rin olgan. Bo‘lim larda, o ‘z
ifodasini topgan mavzularni ochib berishda g‘oyalar o ‘rtasidagi o ‘zaro
izchillik va mantiqiylikning t a ’minlanishiga alohida e ’tibor qaratilgan.
M a v z u l a r n i n g b a y o n id a , m a q s a d g a m u v o fiq r a v i s h d a S h a r q
mutafakkirlarining qarashlari, xalq pedagogikasi asoslaridan foydalanish
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Darslikni yaratishda mualliflar 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
t o ‘g ‘risida»gi Q o n u n i va « K adrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi
m e ’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan fikrlarga tayandilar. Pedagogika
fanining um um iy asoslari mavjud ijtimoiy zaruriyat nuqtayi nazaridan
bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |