‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


o'rta sid a g i  o 'za ro   a lo q a d o rlik   va  bog'liqlik



Download 11,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/413
Sana16.01.2022
Hajmi11,97 Mb.
#379486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   413
Bog'liq
Pedagogika. 1-qism (M.Toxtaxojayeva, S.Nishonova) 583e888c8e1f192e31521286245d8a52

o'rta sid a g i  o 'za ro   a lo q a d o rlik   va  bog'liqlik
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  asosida  kadrlar tayyorlash 
milliy  modeli  va  uning  mohiyati  yoritiladi.  Milliy  modelning  o'ziga 
xos  xususiyati  mustaqil  ravishda  t o ‘qqiz  yillik  umumiy  o ‘rta  hamda 
uch  yillik  o ‘rta  maxsus,  ka sb-hunar  t a ’liminining  joriy  etilishi  bilan 
belgilanadi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida  umumiy  t a ’lim  dasturlaridan  o ‘rta 
maxsus,  k asb -h u nar t a ’limi  dasturlariga  o ‘tilishiga  zamin  yaratadi1.
www.ziyouz.com kutubxonasi


K a d rla r  tayyorlash  milliy  m odelining   asosiy  tarkibiy  qismlari 
quyidagilardan  iboratdir:
1.  Shaxs  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  subyekti  va  obyekti, 
t a ’lim   sohasidagi  x iz m a tla rn in g   iste ’m o lc h isi  va  ularni  am alga 
oshiruvchidir.
Shaxs  uzluksiz  t a ’lim  j a r a y o n id a   d u n yo v iy,  ilmiy  bilim larni 
o ‘zlashtiradi,  fan  asoslarini  puxta  egallaydi,  ishlab  chiqarish  sohalari 
bilan  tan ish a d i,  shuningdek,  o ‘zida  ijtimoiy  t a ’sirlar  y o rdam ida 
m a ’naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalab  boradi.  Shaxsda  o ‘zlashtirilgan 
bilim,  faoliyat  ko'nikmalari  va  hayotiy  tajriba  asosida  kasbiy  mahorat 
ham   shakllanib  boradi.  Yuksak  m a ’naviy-axloqiy  sifatlar  va  yuqori 
darajadagi  kasbiy malakaga ega bo ‘lish  uchun shaxs o ‘z oldiga muayyan 
maqsadni  qo'ya  olishi  hamda  unga  erishish  yo‘lida  tinimsiz  izlanishi, 
o ‘q ib -o ‘rganishi  lozim.  Shundagina  u  ijtimoiy  raqobatga  chidamli, 
malakali  kadr  bo'lib  shakllanadi.
O 'z - o 'z i n i   anglash  tuyg 'u sig a   ega  b o 'Iis h ,  t a ’lim  sohasidagi 
xizm atlardan  to'laqonli,  samarali  foydalana  olish,  ilmiy  va  kasbiy 
bilimlarni  puxta o'zlashtirishga  erishish  shaxsga yetuk mutaxassis bo'la 
olishi  uchu n   poydevor  yaratadi.  Inson  kamoloti,  eng  avvalo,  uning 
o'ziga  bog'liqdir.  Shu  bois  milliy  dasturda  shaxs  va  uning  kamolotini 
shakllantirishga  alohida  e ’tibor qaratilgan.
«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta ’limini 
olish  va  kasb-hunar tayyorgarligidan  o'tish  kafolatlanadi.  T a ’lim  olish 
jarayonida  shaxs  davlat  t a ’lim  standartlarida  ifoda  etilgan  talablarni 
bajarishi  shart.
Shaxs  t a ’lim  xizmatlarining  yaratuvchisi  sifatida  tegishli  malaka 
darajasini  olgach,  ta ’lim,  moddiy  ishlab  chiqarish,  fan,  madaniyat  va 
xizmat  ko'rsatish  sohasida  faoliyat  ko'rsatadi  va  o 'z   bilimi  ham da 
tajribasini  o'rgatishda  ishtirok  etadi»2.
2.  Davlat va iamivat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini 
tartibga solish va nazorat  qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash 
va  ularni  qabul  qilib  olishning  kafillaridir.
Shaxs  kam oloti  nafaqat  o 'z i  u c h u n ,  balki  davlat  va  jam iy a t 
taraqqiyoti,  ravnaqi uchun  ham  m uhim  ahamiyatga egadir.  Binobarin, 
fuqarolari  yuksak  m a’naviyatga  ega  jamiyat  h ar  to m o n la m a   taraqqiy 
eta  oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shaxs  va  davlat  (jamiyat)  o ‘rtasidagi  aloqa  ikki  t o m o n la m a  
xususiyatga ega.  Shu bois har qanday davlat  (jamiyat)  o ‘z fuqarolarining 
yashashi,  m ehnat  qilishi,  iqtidori  va  salohiyatini  ro‘yobga  chiqarishi, 
uni  namoyon  eta  olishi  uchun  yetarli  darajada  shart-sharoit  yaratib 
bera olishi  lozim.  Respublika ta ’lim tizimida davlat va jamiyat  shaxsning 
har tomonlam a shakllanishi, o ‘zligini  namoyon  eta olishi uchun yetarli 
darajada shart-sharoit yaratib berish  mas’uliyatini o ‘z zimmasiga oluvchi 
subyekt  sifatida  namoyon  bo‘ladi.
Davlat  va  jam iy a t  t a ’lim  m u assa sala rin in g   yuqori  m alakali 
raqobatbardosh  mutaxassislarni  tayyorlash  yo‘lidagi  faoliyatini  ham 
uyg‘unlashtiradi  ham da  quyidagilarga  kafolat  beradi:
— fuqarolarning bilim olish,  kasb tanlash va o ‘z malakasini oshirish 
huquqlarining  ro‘yobga  chiqarilishiga;
— majburiy umumiy o ‘rta t a ’lim  hamda akademik  litsey yoki  kasb- 
hunar kollejida t a ’lim olish yo‘nalishini tanlash  huquqi asosida  majburiy 
o ‘rta  maxsus,  kasb-hunar t a ’limini  olishga;
—  davlat  grantlari  yoki  pulli-shartnomaviy  asosda  oliy  t a ’lim  va 
oliy  o ‘quv  yurtidan  keyingi  t a ’limni  olish  huquqiga;
—  davlat  t a ’lim  muassasalarini  mablag‘  bilan  ta ’minlashga;
— ta ’lim oluvchilarning o ‘qishi, turmushi va dam olishi  uchun shart- 
sharoitlar  yaratish  borasidagi  vazifalarning  hal  etilishida jamoatchilik 
boshqaruvini  rivojlantirishga;
—  t a ’lim  ja ra y o n i  q a tn a sh c h ila rin i  ijtimoiy  jih a td a n   q o ‘llab- 
quvvatlashga;
—  sog‘liq  va  rivojlanishida  nuqsoni  bo ‘lgan  shaxslarning  ta ’lim 
olish iga1.
3. 
Uzluksiz t a ’lim  malakali,  raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning 
asosi bo ‘lib, ta ’limning barcha turlari, davlat ta ’lim standartlarini,  kadrlar 
tayyorlash  tizimi  tuzilmasi  va  uning  faoliyat  ko‘rsatish  muhitini  o ‘z 
ichiga  oladi.
Uzluksiz  t a ’lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  ta ’minlovchi,  shaxs, 
jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy va  madaniy 
ehtiyojlarini  qondiruvchi  ustuvor  soha  bo ‘lib,  ijodkor,  ijtimoiy  faol, 
m a’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali  raqobatbardosh
www.ziyouz.com kutubxonasi


kadrlarning jadal tayyorlanishi  uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi1.
Uzluksiz  t a ’lim  jarayoni  shaxsning  har  to m o n la m a   qaror  topishi 
uchun eng qulay davr sanaladi.  Mazkur davrda shaxs fan  asoslari  hamda 
k a sb -h u n a r  m a ’lumotlarini  o ‘zlashtiradi,  yuksak  m a ’naviy-axloqiy 
sifatlarga ega shaxs va  malakali  kadr sifatida kamol  topib boradi.  U nda 
muayyan  dunyoqarash  shakllanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  uzluksiz ta ’lim  Davlat t a ’lim standartlari 
h a m d a   o ‘quv  dasturlari  talablariga  muvofiq  tashkil  etiladi.
Uzluksiz  t a ’limni  tashkil  etish  muayyan  tamoyillarga  asoslanadi. 
Jumladan:
—  t a ’limning  ustuvorligi;
—  t a ’limning  demokratlashuvi;
—  t a ’limning  insonparvarlashuvi;
—  t a ’limning  ijtimoiylashuvi;
—  t a ’limning  milliy  y o ‘naltirilganligi;
—  t a ’lim  va  tarbiyaning  uzviy  bog‘ 1 iqligi,  bu  ja ra yonning  har 
to m o n lam a   kamol  topgan  insonni  shakllantirishga  yo‘naltirilganligi;
—  iqtidorli  yoshlarni  aniq iash ,  ularga  t a ’lim ning  eng  yuqori 
darajasida,  izchil  ravishda  fundamental va  maxsus bilim olishlari  uchun 
shart-sharoitlar yaratish2.
«Kadrlar tayyorlash  milliy  dasturi»da  uzluksiz  t a ’limni  isloh  qilish 
yo ‘nalishlari  ham  aniq  ko‘rsatib  berilgan.  M azk ur y o ‘nalishlar sirasiga 
quyidagilar kiradi:  kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash;  pedagoglarning 
kasbiy  nufuzini  oshirish;  davlat  va  nodavlat  t a ’lim  muassasalarining 
turlarini  rivojlantirish;  t a ’lim  tizimini  tarkibiy  jih a td a n   qayta  qurish; 
t a ’lim dasturlarini tubdan o ‘zgartirish;  majburiy o ‘rta umumiy ta ’limdan 
o ‘rta  maxsus,  kasb-hunar t a ’limiga o ‘tilishini t a ’minlash;  yangi tipdagi 
o ‘q u v  m u a s s a s a la rin i  v u ju d g a   k e ltir is h ;  y a n g i  k a s b - h u n a r   va 
mutaxassisliklar  b o ‘yicha  kadrlar,  shu  ju m la d a n ,  boshqaruv  tizimi 
kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish; 
t a ’limning barcha daraja va bo‘g‘inlarida ta ’lim oluvchilarning m a ’naviy- 
a x lo q iy   fazilatlarini  rivojlan tirish;  t a ’lim n i  b o s h q a ris h   tiz im in i 
takomillashtirish, ta ’lim  muassasalarini  mintaqalashtirish; shaxsga t a ’lim 
berish  va  uni  tarbiyalashda  oila,  o ta -o n a la r,  j a m o a t  tashkilotlari,
1  K adrlar tayyorlash  milliy dasturi //O liy  ta ’lim:  m e’yoriy  hujjatlar to ‘plami.  — Toshkent: 
Sharq  nashriyot-m atbaa  aksiyadorlik  kom panfyasi  Bosh  tahririyati.  2001.  —  31-bet.
!  Q ‘slja   m anba.  31-32-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


mahallalar,  xayriya  va  xalqaro  fondlarning  rolini  kuchaytirish;  t a ’lim 
jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini  yaratish; 
t a ’lim tizimini  moliyaviy,  moddiy-texnika va boshqa tarzdagi  resurslar 
bilan  t a ’minlash  mexanizmlarini  shakllantirish;  uzluksiz  t a ’limni  fan 
va ishlab chiqarish bilan  integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini 
ishlab  chiqish;  chet  el  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan  ham korlikni 
kengaytirish;  tu b   yerli  millatga  m an su b   b o ‘lmagan  shaxslar  zich 
yashaydigan joylarda  ularning  o ‘z  on a  tillarida  ta ’lim  olishlari  uchun 
tashkiliy  va  pedagogik  shart-sharoitlarni  yaratish;  ta’limning  barcha 
darajalarida  t a ’lim  oluvchilarning  huquqiy,  iqtisodiy,  ekologik  va 
sanitariya-gigiyena  t a ’limi  hamda  tarbiyasini  takomillashtirish1.
Uzluksiz  t a ’lim  quyidagi  t a ’lim  turlarini  o ‘z  ichiga  oladi:
—  maktabgacha  t a ’lim;
—  umumiy  o ‘rta  t a ’lim;
—  o ‘rta  maxsus,  kasb-hunar t a ’limi;
—  oliy t a ’lim;
—  oliy  o ‘quv  yurtidan  keyingi  t a ’lim;
—  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash;
—  maktabdan  tashqari  t a ’lim.
Maktabgacha t a ’lim bolaning sog'lom,  har tomonlam a kamol topib 
shakllanishini t a ’minlaydi,  unda o ‘qishga  intilish hissini  uyg‘otadi,  uni 
m untazam   t a ’lim  olishga  tayyorlaydi  ham d a  bola  olti-yetti  yoshga 
yetguncha  davlat  va  nodavlat  maktabgacha  t a ’lim  muassasalari  va 
oilalarda amalga oshiriladi.  Bu  kabi t a ’lim  muassasalarining faoliyatini 
tashkil  etishda  mahallalar,  jam o at  va  xayriya  tashkilotlari,  xalqaro 
fondlar  faol  ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta ’lim muassasalarining yangi tarmog‘i 
shakllanib bormoqda.  Bu o ‘rinda «Xonadon  bog‘chasi» hamda «Bolalar 
bog‘chasi  —  boshlang‘ich  maktab»  majmualarini  misol  qilib  keltirish 
mumkin.  M aktabgacha t a ’lim  muassasalarida  bolalarga tasviriy s a n ’at, 
musiqa,  til  va  k om puter  savodxonligini  o ‘rgatuvchi  guruhlar  tashkil 
etilmoqda.  Bu kabi  harakatlar maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarning 
«Kadrlar tayyorlash  milliy  dasturi»  talablari  asosida  m a ’naviy-axloqiy 
tarbiyalashga  xizmat  qiladi.
U m um iy  o ‘rta  t a ’lim  t o ‘qqiz  yillik  majburiy xarakterdagi  umumiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


h a m d a   uch  yillik  majburiy-ixtiyoriy  xarakterdagi  o ‘rta  maxsus,  kasb- 
h u n a r   t a ’limidan  iborat.  U m um iy  o ‘rta  t a ’lim  boshlang‘ich  t a ’limni 
h a m   qamrab  oladi.  M azkur bosqichda  o ‘quvchilarning  fanlar asoslari 
b o ‘yicha muntazam bilim olishlari,  ularda bilim  olish ehtiyojining yuzaga 
k e li s h i,  asosiy  o ‘q u v - i l m i y   va  u m u m m a d a n i y   b i l i m l a r n i n g  
o ‘zlashtirishlari,  milliy  va  um umbashariy  qadriyatlarga  asoslangan 
m a ’naviy-axloqiy fazilatlar,  mehnat,  ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli 
m u no sa b a td a   boMish,  shuningdek,  kasb  tan la sh  ko ‘n ikm alarinin g 
shakllanishi  uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi.  Davlat tom onidan 
tasdiqlangan  namunadagi  attestat  o ‘quvchilarning  um umiy  o ‘rta  va 
o ‘rta  maxsus,  kasb-hunar  m a ’lumotiga  egaliklarini  belgilaydi.
0 ‘quvchilarni  kasb-hunarga  yo ‘naltirish  vazifasi  m aktab jam oasi 
va  o ta -o n a la r  hamkorligida  o ‘quvchilarni  kasb-hunarga  y o ‘naltirish 
va  psixologik-pedagogik  tash h is  m arkazlari  rahbarligida  a m a lg a  
oshiriladi.
Q ‘qish  muddati  uch  vil  boMgan  maiburiv o ‘rta  maxsus.  kasb -hunar 
t a ’limi  uzluksiz t a ’lim tizim ining  mustaqil  turi  sanalib,  u m um iy o ‘rta 
t a ’lim  negizida  tashkil  etiladi.  0 ‘rta  maxsus,  k a sb -h u n a r  t a ’limining 
ikki  m uhim   yo ‘nalishi  boMgan  —  akadem ik  litsey  yoki  k a s b -h u n a r 
ko lle jid a   t a ’lim  olish  o ‘q u v c h ila r   t o m o n i d a n   ixtiyoriy  ra v ish d a  
tanlanadi.
Akademik  litsey  o ‘quvchilarning  imkoniyatlari  va  qiziqishlarini 
hisobga  olgan  holda  ularning  jadal  intellektual  rivojlanishi  c h u q u r, 
so h a la sh tiriig an ,  ta b a q a la s h tirilg a n ,  kasbga  y o ‘naltirilgan  t a ’lim 
olishlarini  t a ’minlash  m aqsadida  davlat  t a ’lim standartlariga  muvofiq 
o ‘r ta   m ax su s  t a ’lim   b e r u v c h i ,  y u r id i k   m a q o m g a   e ga  t a ’lim  
muassasasidir.
Akadem ik  litseylarda  o ‘q uv c h ila r  o ‘zlari  ta n la b   olg an  t a ’lim 
y o ‘nalishi (gumanitar, texnika,  agrar va boshqa sohalar)  b o ‘yicha  bilim 
saviyalarini oshirish hamda o ‘zlarida fanni c huqur o ‘i^anishga qaratilgan 
maxsus  kasb-hunar  k o ‘nikmaiarini  shakllantirish  imkoniyatiga  ega 
boMadilar.
Akademik litseylar asosan oliy o ‘quv yurtlari qoshida tashkil  etiladi. 
K a s b -h u n a r  kollejlari  esa  o ‘quvchilarning  m uayyan  k a s b -h u n a rg a  
moyilligi,  layoqatlari,  bilim  va  ko ‘nikmalarini  c h u q u r  rivojlantirish, 
ularning tanlangan  yo‘nalishlar b o ‘yicha bir yoki  bir necha z am onaviy 
kasb  sirlarini  egallash  imkonini  beradi.
K asb-hunar  kolleii 
0
‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  ko'nikmalarini  c h u qur  rivojlantiruvchi,  tanlab  olingan  ka sb-hunar 
b o 'y ich a   bir  yoki  bir  necha  ixtisosni  egallash  imkonini  yaratish 
maqsadida  tegishli  davlat  t a ’lim  standartlari  doirasida  o ‘rta  maxsus, 
k a s b - h u n a r   t a ’lim in i  b e ru v c h i,  y u rid ik   m a q o m g a   ega  t a ’lim  
muassasasidir.
K asb-hunar  kollejlari  yangi  tipdagi  t a ’lim  muassasalari  b o ‘lib, 
u l a r n i n g   j i h o z l a n g a n l i k   d a ra ja s i,  p e d a g o g ik   ta r k i b n in g   p u x ta  
tanlanganligi,  shuningdek,  o ‘quv  jarayonining  zamonaviy  texnika  va 
texnologiyalar  yordamida  tashkil  etilishi  alohida  e ’tiborga  loyiq.
Akademik litsey va  kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat 
t o m o n i d a n   tasd iq la n g a n   n a m u n a d a g i  d ip lo m la r  beriladi.  U shbu 
diplomlar asosida bitiruvchilar t a ’limning keyingi bosqichlarida o'qishni 
davom  ettirish  yoki  egallangan  ixtisos va  kasb-hunar bo'yicha  mehnat 
faoliyati  bilan  shug'ullanish  huquqini  qo'lga  kiritadilar.
Oliy  t a ’lim  o 'r ta   maxsus,  kasb-hunar  t a ’limi  negiziga  asoslanib, 
ikki  b osqich  (bakalavriat  h a m d a   m a g is tra tu ra )d a   tashkil  etilib, 
mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga 
oliy m a ’lumotli  mutaxassislarni tayyorlaydi.  Oliy t a ’lim  muassasalariga 
talabalar qabul  qilish  davlat  grantlari  negizida  va  pullik-shartnomaviy 
asosda  amalga  oshiriladi.
Bakalavriat  —  mutaxassisliklar yo'nalishi  bo'yicha  fundamental  va 
amaliy  bilim  beradigan,  t a ’lim  olish  muddati  kamida  to'rt  yil  davom 
etadigan  tayanch  oliy t a ’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo'lgan shaxs oliy ta ’lim tizimi yo'nalishidagi 
o'zi  tanlagan  soha  bo'yicha  oliy  m a ’lumotli  mutaxassis  hisoblanadi  va 
davlat  klassifikatorida  belgilangan  lavozimda  ishlash  huquqiga  ega 
bo'ladi.
Magistratura  aniq  mutaxassislik  bo'yicha  fundamental  va  amaliy 
bilim  beradigan,  bakalavriat  negizida  ta ’lim  muddati  kamida  ikki  yil 
davom   etadigan  oliy  t a ’lim  bo'lib,  magistraturadagi  tahsil  yakuniy 
klassifikatsion  davlat  attestatsiyasiga  muvofiq  olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi  mutaxassisdan  farqli m a ’lum  ixtisoslik 
bo'yicha  t a ’lim  olgan  yuqori  malakali  mutaxassis  hisoblanib,  u  ilm- 
fan  sohasida,  ishlab  chiqarishning  mas’uliyatli  lavozimlarida  faoliyat 
ko'rsatadi.  U  aspiranturaga  kirish  huquqiga  ega.
O'zbekiston  Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta ’lim  muassasalari 
faoliyat  ko'rsatadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oliv  o ‘quv  vurtidan  kevingi  t a ’lim  jamiyatning  oliy  malakali  ilmiy 
va  ilmiy  pedagog  kadrlarga  boMgan  ehtiyojlarini  qondirish,  shaxsning 
ijodiy  t a ’lim  —  kasb-hunar  manfaatlarini  qanoatlantirishga  qaratilib, 
oliy  o ‘quv  yurtlari  va  ilm iy-tadqiqot  m uassasalarida  aspirantu ra, 
a d ’yunktura  va  doktoranturada  t a ’lim  olish,  shuningdek,  mustaqil 
tadqiqotchilik  faoliyatini  tashkil  etish  asosida  amalga  oshiriladi.  Oliy 
o ‘quv  y u r tid a n  
keyingi  t a ’lim  
n o m z o d l ik  
yo k i  d o k t o r l ik  
d is s e r ta ts iy a la r in in g   him o y a si  b ila n   y a k u n la n a d i.  0 ‘z b e k is to n  
Respublikasi  Oliy  Attestatsiya  Komissiyasi  to m o n id an   olib  borilgan 
yakuniy davlat  attestatsiyasi  natijalari tegishli  ravishda  fan  nom zodi va 
fan  doktori  ilmiy  darajasi  ha m d a   davlat  to m o n id a n   tasdiqlangan 
namunadagi  diplomga  ega  boMish  huquqini  beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura)  darajada ham  maqsad  muayyan 
m u taxassisliklar  b o ‘yicha  oliy  toifali  ilm iy -p e d ag o g ik   k a d rla rn i 
shakllantirishdan  iborat.
Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  jarayonida 
asosiy  e ’tibo r  mutaxassislarning  kasb  bilimlari  va  k o ‘nikm alarini 
yangilash  h am da  chuqurlashtirishga  qaratiladi.  K adrlar  malakasini 
oshirish  va ularni qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi 
t a ’lim  muassasalarida  amalga  oshiriladi.  Bu  muassasa  tinglovchilari
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘qish  natijalariga  ko ‘ra  davlat  tom onidan  tasdiqlangan  namunadagi 
guvohnoma  yoki  sertifikatga  ega  bo ‘ladilar.
M aktabdan  tashqari  t a ’lim  maktabdan  tashqari  davlat  va  nodavlat 
t a ’lim  muassasalarida  davlat  organlari, jamoat  tashkilotlari,  yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan  madaniy-estetik,  ilmiy,  texnikaviy,  sport 
va  boshqa  y o ‘nalishlarda  yo‘lga  q o ‘yilib,  bolalar  hamda  o ‘smirlarning 
t a ’limga  b o ‘lgan,  yakka  tartibdagi,  ortib  boruvchi  talab-ehtiyojlarini 
qondirish,  ularning b o ‘sh vaqti  va  dam  olishini tashkil etish  maqsadida 
olib  boriladi.
1.  Fan  yuqori  malakali  mutaxassisni  tayyorlovchi  va  ulardan 
foydalanuvchi,  ilg‘or  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  ishlab 
chiqaruvchi b o ‘lib,  «kadrlar tayyorlash  milliy tizimida tabiat  va jamiyat 
taraqqiyoti  qonuniyatlari  t o ‘g‘risidagi  yangi  fundamental  va  amaliy 
bilimlardan  foydalanishni,  yuqori  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog 
kadrlar  tarkibini  shakllantirishni,  ulardan  t a ’lim  tizim ida  unumli 
foydalanishni,  shuningdek,  kadrlar  tayyorlas'h  jara y o n in in g   ilmiy 
tadqiqotlar infrastrukturasini  yaratish, ta ’limning axborot  tarmoqlarida 
foydalanish  uchun  bilimning  turli  sohalari  bo‘yicha  axborot  bazasini 
shakllantirishni  hamda  ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha  qarashlar 
zamirida  yosh  olimlarning,  ilmiy-pedagogik  xodimlarning  ijtimoiy 
mavqeyi  va  ob ro‘sini  oshirishni  va  shu  kabilarni  qamrab  oladi»1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida 
fan,  yana  shuningdek,  «ta’lim  mazmunini  tubdan  yangilashda:  ta ’lim 
s ta n d a rtla ri,  t a ’lim  dasturlari,  o ‘quv  darsliklari  va  q o ‘llanm alar 
tayyorlashda,  ilmiy-metodik  ta ’minotni  amalga  oshirishda  bevosita va 
bilvosita  ishtirok  etadi»2.
2.  Ishlab chiqarish — kadrlarga bo ‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, 
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni 
belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliyaviy 
va  m oddiy-texnika jihatdan  t a ’minlash jarayonining  qatnashchisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining 
yo‘nalishi,  darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining 
maqsadi,  vazifalari  va  m azm unini  belgilaydi,  malaka  talablarini  ilgari 
suradi,  t a ’limning  zamonaviy  texnologiyalari  va  shakllarini  tanlashni
1  Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar Sh.Qurbonov,  H.Saidov,  R.Ahliddinov.  — Toshkent: 
Sharq  nashriyot-m atbaa  konserni  Bosh  tahririyati,  1999.  —  172-bet.
2  O 'sh a  asar,  171-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


taqozo.etadi.  Ishlab  chiqarish  pirovard  natijada  kadrlarning  sifati  va 
raqobatbardoshligiga  baho  beradi»1.
Ishlab  chiqarish  muassis,  homiy  va  boshqa  sifatlarda  alohida 
mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni  va o ‘quv yurtlarini  moliyalash 
jarayonida  ishtirok etib,  mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy 
faolligini  rag‘batlantiradi,  ularni  moddiy va  m a ’naviy jihatdan  qoMlab- 
quvvatlashda  bevosita  ishtirok  etadi»2.
Avvallari  ishlab  chiqarish  tayyor  kadrlar  kuchi  va  salohiyatidan 
foydalanuvchi  iste’molchi  sifatidagina  faoliyat  olib  borgan  b o ‘lsa, 
bugungi  kunda  ushbu  faoliyatning mazmuni tubdan o ‘zgardi.  Endilikda 
ishlab  chiqarish  kadrlarni  tayyorlash  sifati  va  saviyasiga  nisbatan  o ‘z 
talablarini  q o ‘ya  oladi.  Shu  bilan  birga  sifatli  ham da  yuksak  saviyali 
mutaxassisni  tayyorlab  yetishtirish  yo‘lida  uzluksiz  t a ’lim  ham da  fan 
tarmoqlarining  moliyaviy,  moddiy-texnik jihatdan  q o ‘llab-quvvatlash 
majburiyatini  o ‘z  zimmasiga  oladi.  Shu  asosida  kadrlar  tayyorlash 
tizimining  faol  ishtirokchisiga  aylandi.
Milliy  model  Konsepsiyasining  m azm uni  o ‘zbek  xalqining  milliy 
turm ush tarzi va  m a’naviy-axloqiy a n ’analari  bilan  hamnafasdir.  Zero, 
xalq  orasida  qad im dan   « m a ’rifatli  inson»  tu sh u n c h a si  qoMlanilib 
kelingan boMib,  u o ‘zida keng m a’noni  ifoda etadi.  Bilim olishga  intilish, 
m a ’rifatli  boMish  o ‘zbek  xalqi,  niillatining  ruhiyatida  ustuvor  o ‘rin 
tutuvchi omil sanaladi.  M a’rifatlilik — faqatgina  bilim va malakaga ega 
boMish emas, ayni vaqtda chuqur m a’naviy axloq  hamdir.  Bilimli,  komil 
inson  qiyofasida ana shunday xislatlarga ega  shaxslar namoyon boMadi.
Shuning  uchun  ham  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  butun 
mohiyati  o ‘zbek  xalqining  milliy  tarixi  va  hayot  tarzi  bilan  bogManib 
ketgan.
Mustaqil  0 ‘zbekiston  Respublikasida  o ‘ziga  xos,  takrorlanmas, 
tarixiy  a n ’analarga  asoslangan  ham da  bugungi  kun  talablariga  toMa 
javob  bera  oladigan  kadrlar tayyorlash  milliy  modeli  yaratildi.

Download 11,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish