M atn obyektlarini belgilashning 2 turi mavjud — bular shtrixli va nuqtali ramka turlaridir: — Shtrixli ramka — matnni belgilash va o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shtrixli ramka matn bosilganda paydo bo'ladi; — Nuqtali ramka — obyektlarning xususiyatlarini o'zgartirishga xizmat qiladi. Nuqtali ramka shtrixli ramka bosilganda paydo bo'ladi. Slayddagi matn obyekti o'rnini o'zgartirish uchun quyidagi amal- lam i bajaring: Matn obyektni nuqtali ramka ko'rinishida belgilang; — «Sichqoncha» ko'rsatkichini ramkaga olib boring va u kesishgan ko'rsatkichlar shaklini oladi; — «Sichqoncha»ning chap tugmasini bosgan holda obyektni yangi joyga o'tkazing va qo'yib yuboring. M atnli obyekt nuqtali ramka bilan belgilangan vaqtda uning o'lchamlarini ham o'zgartirish mumkin. Buning uchun obyekt marker-