— Мои документыpapkasini oching;
— Kerakli hujjat fayliga «sichqoncha» chap tugmasini ikki marta
bosing.
Shunda avtomatik tarzda Excel dasturi ishga tushiriladi va tanlan
gan hujjat yuklanadi.
Ish kitobini yopish Excel dasturida yaratilgan va ochilgan hujjatlarni bir nechta yopish
usullari mavjuddir.
Hujjatni menyu yordamida yopish uchun:
— Файл menyusini oching va Закрыть amalini tanlang.
Hujjatni klaviatura yordamida yopish uchun Alt+F4 tugmalar
birikmasini bosing.
Hujjatni topshiriqlar paneli yordamida yopish uchun:
— Paneldan hujjatning mos tugmasiga «sichqoncha» o'ng tugma
sini bosing;
— Paydo bo'lgan kontekst menyusidan Закрыть amalini tanlang.
Hujjatni tezkor yopish uchun dastur interfeysining yuqori o'ng
burchagida joylashgan yopish tugmasini «sichqoncha» ko'rsatkichi
bilan bosing.