Diagrammalami yanada ko‘rgazmali qilish uchun uning tashkil
etuvchilarida rasmlardan ham foydalanish mumkin. Diagrammalarda
rasmlardan foydalanish uchun quyidagi amallarni bajaring:
— Diagrammaning birinchi ustuni o'rtasiga ikki marta bosing;
— Paydo bo'lgan muloqot oynasining Вид qo'shimcha oynasiga
o'ting;
— Способы заливки tugmasini bosing;
— Navbatdagi muloqot oynasining Рисунок qo'shimcha oynasiga
o'ting;
— Рисунок tugmasini bosing va oynadan rasm faylini tanlang;
— Вставка tugmasini bosing;
— Способы заливки muloqot oynasining Заполнение guruhida,
rasm markerini cho'zish yoki uni ko'paytirish mumkin;
—
OK tugmasini bosing;
— Tashqi muloqot oynasidan ham
OK tugmasini bosing.
Xuddi shunday tarzdi ushbu harakatlarni boshqa ustunlar uchun
ham amalga oshirish mumkin. Natijada, diagrammada ma’lumotlar
markeri sifatidagi rasmlar paydo bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: