Butunlay o'chirish
Agar biror fayl yoki papkani korzinaga jo'natmasdan butunlay
o'chirmoqchi bo'lsangiz quyidagi amallarni bajaring:
— O'chirilishi talab qilinayotgan obyektni tanlang;
— Klaviaturadan Shift + Delete tugmalar birikmasini bosing;
— Navbatdagi muloqot oynasidan Да tugmasini bosing va
o'chirishni tasdiqlang.
Eslatib o'tish kerakki, ko'rsatib o'tilgan amal yordamida o'chirilgan
obyektlarni tiklash imkoniyati mavjud emas. Bundan tashqari, disket,
kompakt disk va flesh disklardan obyektlar o'chirilganda ular korzinaga
tushmasdan butunlay o'chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |