Tadbirkor rahbar bunday holda xodim lar o'rnini almashtirish, mehnatga munosabatini o'zgartirish, o'z ishiga qiziqtirish, tashab- bus ko'rsatishga undash orqali jam oa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo'l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baho lash, mehnat natijalarini chamalab ko'rish bilan qo'shib olib boradi. Har bir a ’zoning jamoaga moslashish bosqichi.
Bu bosqichda «qoloqlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari jam oa faoliyati bilan uyg'unlashib, moslashib ketadi. S o f axloqiy-ruhiy m uhit yaratilgan m ehnat jam oasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyatlar paydo bo'ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.