‘z b e k I s t n r e s p u b L ik a s I o liy va ‘rta m a X s u s ta’l im V a zir lig I m. P. Boltabayev, M. S. Qosimova



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/228
Sana31.01.2022
Hajmi4,6 Mb.
#420028
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
Bog'liq
61b186c0e14426.78547627


 
, „ .
j : 
i .
_ i --------------
1
------------
:

 
i . _ . . i .
x j a u i v u v | i u z < i t i a i i — j i c m i w u i v v a ^ u i i u m a i i a A d i a i n i n g u a n t s .
m uassasalariga m a ’lum m uddatga va m uddatsiz o m o n a t shaklida 
q o ‘yilgan b o ‘sh pul m ablag‘lari.
Bank-moliya tizimining barqarorligi 
— banklarning va boshqa 
m oliya m uassasalarining o ‘z m ajburiyatlari yuzasidan talablarga 
to ‘la javob bera olishi. Bu likvidlilik, kapitalning etarliligi, aktivlar 
sifati, rentabellik ko'rsatkichlari orqali aniqlanadi
Bank aktivlari 
— b an k larn in g asosiy fao liy atin i am alga 
oshirishda foydalanuvchi turli m oddiy va moliyaviy resurslar m aj­
mui. U lar asosan bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan 
qim m atli qog'ozlari, investisiyalari, valyuta boyliklari ko'rinishida 
bo'ladi.
Bank tizimining likvidligi 
— bankning o 'z m ajburiyatlarini 
vaqtida va so'zsiz bajara olish imkoniyati.
Banklar likvidliligi 
— banklar aktivlarining qisqa m uddat ichida 
pulga aylanish qobiliyati.. Likvidlilik bank m ajburiyatlarini bajarish 
va aktivlar o 'sish in i moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz 
m ablag'lari darajasining pasayishini sam arali boshqarishni ham
bildiradi.
Banklarning kredit portfeli 
— tijorat banklari to m o n id an
berilgan kreditlarning um um iy jam lanm asi bo'lib, ular quyidagicha 
tasniflanadi: a) yaxshi; b) standart; v) substandard g) shubhali; 
d) um idsiz. Tijorat banklarining m a’lum sanaga ssuda hisobvara 
qalarida qolgan pul mablag'lari majmuasi (qoldig'i).
Bandlik 
— m ehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali m ehnat 
bilan m ashg'ul bo'lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojla­
rini qondirish bilan bog'liq va qonunga zid kelm aydigan, m eh n at 
darom adi beradigan faoliyati.
Bank likvidliligi 
— banklar majburiyatlarini o 'z vaqtida qaytara 
olish qobiliyati yoki passivlardagi m ajburiyatlam i qaytarish u ch u n
aktivlarni pulga aylanish qobiliyatidir.
Bond 
— bojxona boji to 'lan m ag an tovar.
Bord 
— m olning sotuvchi hisobidan kem aga etkazib berilish 
sharti.
Bonus 
— xizm at uch un m ukofotlash, rag'batlantirish. Tovar 
bozorida bonusning miqdori sotilgan yoki xarid qilingan tovarning


q iy m atig a, u n d a n o lin ad ig an foizga, to v arn in g b o z o rd a tez 
sotilishiga, sotilish yo'liga, iqtidorli komissionerlar o'rtasidagi raqobat 
darajasiga bog'liq.
Broker 
— sotuvchi va oluvchi o'rtasidaga vositachi; mijozlarning 
topshirig'i bilan va ular hisobiga ishlaydigan ham da vositachilik 
ishi u ch u n o 'z kom ission haqini oluvchi shaxs.
Buyurtma 
— xaridorning (buyurtm achining) sotuvchiga jo 'n a - 
tadigan hujjati b o 'lib , unda m olni xarid qilishga q a t’iy qaror 
qilinganligi ifodalanadi.
Valvasiya 
— ch et el tangasi qiym atini davlat pul birligida 
baholash.
Valyuta 
— b iro r m am lakatda qabul qilingan pul tizim i va pul 
birligi.
Valyuta kursi 
— bir m am lakat pul birligining boshqa m am lakat 
pul birligida ifodalanishi. V alyuta kursining o 'rn atilish i kotirovka 
deyiladi.
Veksel 
— q o n u n to m o n id an q a t’iy belgilangan, qarzni ifoda­
lovchi yozma majburiyat bo'lib, veksel oluvchi uni egasiga topshiradi.
Venchur korxonalari 
— davlat, yirik firm alar bilan sh artno m a 
asosida ilm iy izlan ish lar olib boruvchi, m u h andislik ishlarini 
yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq etuvchi korxona.
Garantiya 
— kafillik, ishontirish, gardaniga olish, b iro r-b ir 
narsani ta ’m inlaydigan sharoit. S h artn om a tuzuvchi to m o n lar, 
m asalan, shartnom aning bajarilishiga, agarbajarilm asa, zararlarni 
qoplashga kafillik beradi.
Giperinflyatsiya 
— pul qadrsizlanishining juda yuqori su r’atini 
ifodalaydi. Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi.
Daromadlar 
— ko rx o n a, ta sh k ilo t, firm alar faoliy atin in g
m uhim ko'rsatkichi bo'lib, faoliyatning barcha tom onlaridan kelishi 
m um kin. Savdo firm asi, do 'k o n n ing darom adi m olning xarid narxi 
bilan sotilish narxi o'rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Debitor 
— b iro r к о rxonadan, firm adan, m uassasadan boshqa 
yuridik shaxs yoki fuqaroning q arzdo r b o 'lib qolishi.
Devalvatsiya 
— m a m lak a t pul birligi asosidagi o ltin n in g
kam ayishi yoki kursining boshqa m am lakatlar valyutasi kursiga 
nisbatan qonuniy ravishda pasayishi.


n e k la ra tsiy a — m a ’lum axb crctn i o 'z ichiga o lu v d ii liujjai. 
D ek larasiy a b o jx o n a u c h u n ta y y o rlan g a n b o 'ls a , u n d a boj 
to 'la n a d ig a n m o ln in g n o m i, m iq d o ri, narxi va b o s h q a la r 
ifodalanadi.
Dekort 
— m olning haqini m u d d a td an aw al to 'lan g an yoki 
m olning m iqdori, sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uch u n 
m olning narxidan chegirm a.
Demarketing 
— m arketingning bir turi bo'lib, ishlab chiqarish 
q u w ati, xom ashyoning etishmasligi tufayli bozorga kam ch iqari- 
ladigan molga talabni pasaytirishga qaratilgan.
Demping 
— eksport tovarlarini bozorning o 'rta c h a narxidan, 
hatto tann arxidan ham pastroq narxda sotish. Bu usul bozorni 
egallash, raqobatchilarni sindirish m aqsadida qo'llaniladi.
Defitsit 
— biror narsaning etishmasligi, taqchilligi. Ju m ladan, 
tovarlar etishm asligi, byudjet m ablag'ining etishmasligi.
Djobber 
— yirik m iqdordagi tovarlarni tez sotib yuborish 
m aqsadida xarid qiladigan firma.
Dividend 
— aksiya egasining o la d ig an d a ro m a d i b o 'lib , 
aksiyador jam iy ati foydasining b ir qism ini tashkil etadi.
Diler 
— biijadagi yoki savdodagi vositachi bo'lgan shaxs.
Diskaunter 
— rivojlangan m am lakatlardagi uzoq m u d d a t 
ishlatishga m o 'ljallang an tovarlarni arzon b ahoda va q o 'sh im c h a
xizm atsiz sotiladigan do 'kon.
Distribyuter 
— o 'z nom idan va o 'z mablag'i hisobiga tovarlarni 
xarid qilib, sotuvchi vositachi. M ollarni ulgurji sotib oladi va 
chakana savdo firm alari, do'konlarga sotadi.
Ijara 
— qarzga berish. Bir shaxs yoki korxona, tashkilotning 
boshqa shaxs, korxonadan m a ’lum m uddatga va m a’lu m to 'lo v
to'laydigan sharti bilan oladigan mulki.
Imidj 
— firm aning mavqei, ishlab chiqarayotgan m olning, 
xizm atning sifati, rahbarlarning ob ro 'si haqidagi bu y u rtm achi va 
xaridorning fikri.
Import 
— chet eldan tovarlarni sotib olish yoki boshqa usullar 
bilan keltirish. K eltirilgan mol iste’mol, qayta ishlash, h a tto tash- 
qariga sotish m aqsadida keltirilishi m um kin.


Iqtisodiy nochor korxonalar 
— m uayyan m iqdorda kapital 
y o 'q o tish , ishlab chiqarish m ayd o n larin i qisqarishi, ishsizlar 
so n in in g o rtish i, raq o b atb ard o sh b o 'lm a g a n m ah su lot ishlab 
c h iq a ra d ig a n va b u n in g u c h u n k atta m iq d o rd a m a teria llar, 
xom ashyo, yonilg‘i, m ehnat resurslari sarflaydigan qoloq, sam a- 
rasiz korxona.
Investitsiya 
— kelgusida foyda o lish , sam araga erishish 
m aqsadida b iro r-b ir korxonaga uzoq m uddatga kapital q o ‘yish.
Investor 
— investitsiya bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs 
yoki fuqaro.
Injiniring korxona 
— m uhandislik-m aslahat xizm atlarini tijo- 
ratchilik qoidalariga asoslangan holda am alga oshiradigan korxona.
Inqirozga qarshi mo‘ljaIlangan choralar dasturi 
— O 'zbekiston 
Respublikasi hukum ati tom onidan 2009-2012-yilla^ga m o'ljallanib 
inqirozga qarshi ishlab chiqilgan ch o ralar dasturi b o 'lib, m azkur 
dasturda talab va taklifni rag'batlantirishga yo'naltirilgan bir qator 
m oliyaviy im tiy o zlar va b arq aro r iqtisodiy o 'sish s u r’atlarin i 
t a ’m inlovchi ch o ra-tab d irlar m ajm ui o 'z aksini topgan.
Investitsion kreditlar 
— ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik 
va te x n o lo g ik j i h a t d a n y a n g ila s h , m o d e rn iz a ts iy a la s h va 
rekonstruksiya qilish, yangi bino va inshootlam i qurish uchun 
zaru r vositalarni sotib olish m aqsadida olingan kreditlar.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
— sanoat ishlab chiqa- 
rishining turli bosqichlarida im port shaklida xarid qilish orqali 
qo'llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor m ahsulotlar 
va tayyor m ahsulotlarni m ahalliy xom ashyo va m ateriallar asosida 
ishlab chiqarishga o'tk azish jarayoni.
Import o‘mini bosish samarasi 
— mahalliylashtirish jarayonini 
am alga oshirish orqali ishlab chiqarilgan m ahsulotlar va ko'rsatilgan 
xizm atlar natijasida tejalgan im port m ahsulotlari qiymati.
Investitsiya dasturi 
— respublika iqtisodiyotini barqaror va tad- 
rijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, 
m oddiy va m ehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo'li bilan 
respublika ayrim tarm oq va m intaqalarini tarkibiy o'zgartirishning 
asosiy ustuvorliklari va strategik vazifalarini am alga oshirishga 
yo'naltirilgan o 'z a ro bog'langan ch o ra-tad birlar kompleksi.


Investitsiya muhit: 
invcstitsiyalar jozibauoiligi ham da xavf- 
xatar darajasini belgilab beruvchi ijtim oiy-i qtisodiy, moliyaviy va 
siyosiy om illar m ajmui.
Investorlar 
— xususiy va qarzga olingan m ulkiy va intellektual 
qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investisiya faoliyati 
subyektlari. Investorlar obyektlar va investisiya natijalariga egalik 
qilish, foydalanish va tasairuf qilish huquqiga ega bo'ladi. Investorlar 
kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdek investisiya 
faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishlari 
m um kin. O datda investorlar kapital q o'y ilm alar sarflanadigan 
sohalarni aniqlaydilar, sh artnom a shartlarini ishlab chiqadilar va 
investisiya aktining boshqa tom onlari bilan kontraktor, hukum at 
organlari, pirovard m ahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu m ahsu­
lotning iste’m olchilari bilan hisob-kitoblarni am alga oshiradilar.
Infratuzilm a 
— h a r q a n d a y y a x lit iq tis o d iy tiz im va 
tuzilm alam ing mavjud bo'lish i shart hisoblangan tarkibiy qismi. 
S o 'z m a -so 'z ifodalaganda, infratuzilm a bu iqtisodiy tizim ning 
asosi, poydevori, ichki tuzilm asi dem akdir. «Infratuzilma» atam asi 
lotincha «infra» - quyi, osti; «structura» - tuzilm a, joylashuv 
so'zlaridan paydo bo'lgan. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilma m uhim o 'rin tutadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi 
— ish lab c h iq a ris h n in g
rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta ’minlovchi tarm oqlar 
majmui bo 'lib, o 'z ichiga tem ir va avtom obil yo'llari, elektr, gaz 
va suv ta ’m inoti, aloqa kom m unikasiyalari, om bor xo'jaligi va 
boshqalami oladi.
Intermodal markaz 
— yuk tashishlar bo 'yicha xalqaro kom - 
m uniktasiya va logistika markazi.
Internet xizmatlari 
— internet tarm og'i abonentlariga am aliy 
b ayonnom alar tom onidan taqdim etiluvchi funksional im koniyat- 
lar m ajm ui: elektron pochta, fayllarni qabul qilish va uzatish, 
veb-hujjatlarni o'q ish , m uayyan m asofadan turib bir vaqtning 
o'zidagi m uloqot (chat), term inal orqali erkin foydalanish, tar- 
m oqda hujjatlam i saqlash, ishlash va h.k.
Ijtimoiy infratuzilma 
— aholining turm ush faoliyatini, uning 
farovonligini t a ’m inlashga xizm at qiluvchi turli m uassasa va


obyektlar m ajm ui. M asalan, ta ’lim m uassasalari, dam olish va 
davolanish m askanlari, uy-joy, kom m unal va m aishiy xizm at 
k o 'rsatish shoxobchalari, tabiiy gaz, ichim lik suvi, elektr ener- 
giyasi t a ’m inoti, ylovchi transporti va boshqalar.
Ijtimoiy soha obektlari 
— aholining m unosib turm ush sharoiti 
va farovonligini ta ’m inlashga xizm at qiluvchi soha va tarm oq lar 
m ajm ui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog'liqni saqlash, m aorif, 
sp o rt, m adaniyat m uassasalari va boshqalarni kiritish m um kin.
Ijtimoiy dasturlar 
— aholining bevosita turm ush sharoiti va 
farovonligini ta ’m inlashga xizm at qiluvchi soha va tarm oqlarni 
rivojlantirishga oid chora-tadbirlam i o ‘z ichiga olgan rejaviy hujjatlar.
Iqtisodiy islohotlar 
— iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sifat 
jih a tid a n takom illashtirish, uning barqaror va m utanosib rivoj- 
lanishini ta ’m inlash im konini beruvchi, m aqsadga m uvofiq holda 
va izchil ravishda am alga oshiriluvchi tub o'zgarishlar, cho ra- 
tad b irlar m ajmui.
Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari 
— m am lakat ijtim oiy-i qtisodiy 
ko'rsatkich va natijalarining m iqdor jihatid an ko'payishi va sifat 
jih atid an takomillashuvi darajasi.
Iqtisodiy rivojlanish samaradorligi 
— iqtisodiyotni rivojlan­
tirish natijalarining bu borada qilingan sarf-xarajatlarga nisbati.
Industrlashtirish 
— m am lakat iqtisodiyotini sanoatlashgan 
asosga o'tkazish, iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishi ulushini 
aham iyatli darajada ko'paytirish, butun iqtisodiyot yoki uning 
alohida tarm oqlarida yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo 
etish jarayoni.
Inflyatsiya 
— pul m uom alasi qonunlarining buzilishi natijasida 
m illiy valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o 'sishi.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi 
— iqtisodiyotning turli qism 
va bo'laklari o'rtasidagi proporsiyalar va o 'zaro nisbatlar.
Iste’mol bozoridagi mutanosiblik 
— iste’m ol bozoriga tak lif 
etilayotgan tovar va xizm atlar hajmi bilan aholining to'lovga qodir 
talabining o'zaro mosligi.
Inkasso 
— molning jo'natilganligi haqidagi hujjatlami topshirgan 
to m o n hisobiga to 'lo vn in g bankka kelib tushishi va bankning mol 
jo 'n a tu v c h i m ijozi hisob raqam iga m ablag'ni yozib berishi.


Iste’mol savatchasi 
— m a ’lnm moUar, xizm atlar yig'indisini 
tashkil etib, bu yig'indi aholi iste’m olining tarkibi va darajasini 
to'liqroq ifodalaydi.
Kapital 
— bu egasiga darom ad keltiruvchi m ablag' va resurs.
Kvota 
— o 'm atilg a n m utlaq yoki nisbiy ko'rsatkich. Savdoda, 
eksport yoki im port qilish m iqdorining chegarasi.
Kliring 
— xalqaro naq d pulsiz hisoblashish shakli bo 'lib, 
bunda davlatlar bir-biriga qarzini o 'zaro qaram a-qarshi to'lov 
majburiyatlari vositasida to'laydi.
Komission 
— uchinchi shaxs vositasida sotib olinadigan va 
sotiladigan narsalar; kom ission savdo korxonalari yoki kom issio- 
nerlar vositachilik ishi uchun m a ’lum haq, m ukofot oladilar.
Kommivoyajer 
— firma ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotni 
sotuvga taqdim etuvchi shaxs.
Konsorsium 
— bu aniq iqtisodiy loyihalam i am alga oshirishni 
m aqsad qilgan korxonalarning m uvaqqat birlashmasi.
Kooperatsiya aloqalari 
— turli soha ishlab chiqarish tarm oqla- 
rida m a ’lum m ah su lotni tayyorlash b o 'y ic h a uzoq m u d d atli 
aloqalam i o'm atish.
Kreditor qarzdorlik 
— korxona, tashkilot yoki m uassasaning 
tegishli yuridik yoki jism oniy shaxslarga to 'lan ish i lozim bo'lgan 
pul m ablag'lari bo'lib, ular m e’yordagi (m uddati o'tm ag an ) ham da 
m uddati o 'tg an qarzdorliklarga bo'linishi mum kin.
Konfiskatsiya 
— majburiy holda mulkning jami yoki bir qismini 
m usodara qilish va davlat ixtiyoriga o'tkazish.
Konsern 
— bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, y a ’ni korxo­
nalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan m ahsulotlari 
turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan 
yirik k o'p tarm oqli korporasiya.
Konsessiya 
— m illiy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, 
tabiiy boyliklami o'zlashtirish maqsadida davlat yoki munisipalitetga 
qarashli yer uchastkalari, qazilm a boyliklari, m ol-m ulk, korxo­
nalar va boshqa xo'jalik obyektlarini muayyan muddatga va shartlar 
bilan foydalanish uchun chet ellik investorga davlat nom idan 
beriladigan ruxsatnom a, ular bilan tuziladigan sh artn o m a yoki 
kelishuv.


Korxonaning bankrotligi 
— k o rx o n a m o liy a v iy -x o 'ja lik
faoliyatining nochorlikka yuz tutishi natijasida o ‘z qarz m ajbu­
riyatlari bajara olmasligi. K orxona xo'jalik sudining qaroriga ko 'ra 
rasmiy holda bankrot deb e ’lon qilinadi.
Kon’yuktura 
— xo'jalikning m a ’lum davridagi holatini xarak- 
terlovchi k o 'rsatkich lar to'plam i.
Kooperativ 
— bu yuridik shaxs huquqiga ega, xo'jalik yuri­
tuvchi subyekt. U ja m o a mulki huquqidagi m ulkka egalik qiladi, 
undan foydalanadi va tasurruf etadi.
Kooperatsiya 
— ishlab chiqarish yoki ayirboshlash doirasidagi 
jamoaga birlashish.
Korporatsiya 
— b ir xil m ahsulot ishlab chiqaruvchi yirik 
aksionerlikjam iyatlari birlashmasi.
Korxona aktivlari 
— korxonada ishlab chiqarish fondlari shak- 
lida band bo'lgan kapital.
Lizing 
— im o rat, inshoot, m ashina, jih ozlar, A sbob-uskuna, 
transportlarni o 'r ta va uzoq m uddatga ijaraga berish.
Lisenziya 
— b iro r-b ir faoliyat turi bilan shug'ullanish u ch u n
davlat organlari to m o n id an ruxsat berish.
M aija 
— savdo, biija, bank ishlarida foydalaniladigan ham da 
m ollar narxlari, qim m atbah о q o g 'o zlar kurslari, boshqa k o 'rsa t­
kichlar o'rtasidagi farq.
Melioratsiya 
— yerning unum dorligini tu bdan yaxshilashga 
qaratilgan tashkiliy-xo'jalik, m uhandislik va agrotexnik tad b irlar 
tu rk u m i
Moliyaviy sog‘lomIashtirish 
— korx o nan ing b ank rotligini 
b artaraf etish yoki raqobatbardoshligini oshirish m aqsadida chora- 
tadbirlar tizim ini qo'llash orqali uning moliyaviy holatini so g 'lo m - 
lashtirish.
Maktab ta ’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi —
K adrlar tayyorlash milliy dasturini m uvaffaqiyatli am alga oshi- 
rishning m uhim sharti sifatida m aktab ta ’lim ining orqada qolishiga 
barham berish h am d a m aktablarning m o ddiy-texnika bazasini 
m ustahkam lash va uzluksiz ta ’lim ning yagona tizim ini shakllan­
tirish bilan b o g 'liq mavjud jiddiy m u am m olarni b arta raf etish 
m aqsadida O 'z b ek isto n Respublikasi P rezidentining 2004-yil 21


mavrlagj «2Q04-2QQ9-yil!arda m aktab ta ’limir.i rivojlantirish davlat 
umummilliy dasturi to‘g ‘risida»gi Farmoniga muvofiq kuchga kirgan. 
M azkur Farm onga O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 
yil 20 sentyabrdagi 3661-sonli F arm oniga muvofiq o ‘zgartishlar 
kiritilgan.
Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar 
— m am lakat yaxlit iqtisodiyoti 
darajasidagi ijtim oiy-iqtisodiy jaray o n va hodisalarni o ‘lchash va 
baholash im koniyatini beruvchi ko'rsatkichlar. M asalan, yalpi 
ichki m ahsulot, milliy darom ad, iqtisodiy o ‘sish, ishsizlik, inflyat- 
siya darajasi va boshqalar.
Moliyaviy «ko‘piklar» 
— real qiym atga ega b o im a g a n pul va 
obligasiyalar hajm ining ko'payishi.
Moliyaviy institutlar 
— belgilangan qon u n -q o id alar doirasida 
faoliyat yurituvchi m am lakatdagi m oliya-kredit tashkilotlari.
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi 
— m am la- 
katning o ‘rta va uzoq m uddatga iqtisodiy o ‘sishining yuqori 
sur’atlarini t a ’m inlab turish qobiliyati
Mahalliylashtirish 
— im port qilinadigan tayyor m ahsulot, 
butlovchi buyum lar va materiallarni m am lakatda ishlab chiqarishni 
yo‘lga q o ‘yish orqali unga ichki talabni qondirish va eksportini 
yo'lga qo‘yish.
Marketing 
— bozor talablariga bo'ysungan holda iste’m olchilar 
ehtiyojini imkoni boricha qondirishga qaratilgan xo'jalik faoliyatini 
tashkil eiish va boshqarish tizim i.
Notijorat yuridik shaxs 
— ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, 
darom ad (foyda) olishni o ‘z faoliyatining asosiy m aqsadi qilib 
olmagan ham da olingan darom adlar (foyda)ni o ‘z a ’zolari o'rtasida 
taqsim lam aydigan o ‘z in i-o ‘zi boshqarish tashkiloti.
Nou-xou 
— m ah su lo t ishlab c h iq a rish n i o 'z la s h tiris h n i 
engillashtirish va tezlashtirishga imkon beruvchi texnikbilim , texnik 
tajriba, ishlab chiqarishning yashirin im koniyatlari.
Offerta 
— sotuvchining mol xarid imkoni bor xaridorga m a ’lum 
shartlar asosida mol to 'p lam in i sotish haqida yuborgan taklifi.
Pablik rileyshnz 
— mol, xizm at, firma, korxona haqida yaxshi 
fikrni vujudga keltirish jarayoni.


Proteksionizm 
— milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish m aqsa­
dida ch et el raqobatidan saqlash, him oya qilish.
Raqobatbardoshlik 
— biror turdagi m olning iste’mol qiym ati 
m os keladigan boshqa tovarga solishtirish, taqqoslash ko'rsatkichi.
Revalvatsiya 
— boshqa davlatlar valyutasiga nisbatan milliy 
valyuta rasmiy kursining oshishi.
Rentabellik 
— korxona faoliyatining foydalik darajasi. U ning 
u ch xil ko‘rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy 
kapital rentabelligi va sotilgan m ahsulot rentabelligi. Bu k o 'rsat- 
kichlam i balansdagi (sof) foyda ko'rsatkich ini korxona aktivlarining 
o ‘rtacha yillik qiym ati, m uom alaga chiqarilgan aksiyalar m iqdori, 
xususiy kapital m iqdori va sotilgan m ahsulot tannarxiga nisbati 
bilan belgilanadi.
Reklama 
— tovarlar, xizm atlar haqida turli vositalar bilan 
o ch iq xabardor qilish.
Rentabellik 
— x a ra ja tla rn i o q la y d ig a n , x o ‘ja lik n u q ta i 
n azarid an m aqsadga muvofiq, foydali, draom adli. R entabellik 
k o ‘rsatkichi foydaning m oddiy, m ehnat va moliyaviy resurslarga 
nisbati bilan o ‘lchanadi.
Refaksiya 
— tovarning narxi yoki og'irligidan uning buzilgan 
yoki kamaygani uch u n chegirm a qilish.
Stagnatsiya 
— iqtisodiyotdagi turg‘unlikni anglatadi.
Stagflyatsiya 
— iqtisodiyotda turg'unlik va pulning qadrsizlanishi 
holatlarining birgalikda hukm surishi.
Sug‘urta 
— k u tilm agan sh a ro itla r yoki tav akkalchilikdan 
ko‘rilgan zararni qism an yoki to ‘liq qoplash, m uhofaza qilish 
choralari.
Tadbirkor 
— yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil 
etm asdan doim iy asosda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi 
shaxs.
Tadbirkorlik 
— mulkchilik subyektlarining foyda olish m aqsadi­
da tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik 
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko'rsatish.
Tant’ema 
— savdo, san o at, bank, aksionerlar tashkilotlari 
foydasidan bu tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga to 'lanadigan 
qo'shim cha mukofot.


Tarif 
— biror is.Ii, xizinai uchun rasmiy ham da belgilangan to'lov.
Tashqi savdo balansi 
— m a ’lum davr (oy, ch o rak , yil) 
davomida mamlakatga keltiriladigan va undan chiqariladigan tovarlar 
qiymati o'rtasidagi nisbat.
Tender 
— biijada savdo o 'tk azish d a tushadigan taklif. Taklif 
berish tartibi savdoni o'tk azadigan tash k ilo tch ilar to m o n id an
belgilanadi.
To‘lov valyutasi 
— tom onlarning kelishuvi bilan tovarlam ing 
tashqi savdo aloq alarid a haqini to 'la sh yoki xalqaro kreditni 
qaytarishda ishlatiladigan valyuta.
ToMovga qodirlik 
— yuridik yoki jism oniy shaxsning moliyaviy 
m ajburiyatlarini o 'z vaqtida bajara olish imkoniyati.
To‘lov topshirig‘i 
— korxona, firma, tashkilotning unga xizm at 
qiladigan o 'z sch etid an m ablag' o 'tk a z ish zarurligi haqidagi 
topshirig'i.
Faktoring 
— m oliya-tijorat xizm atining turi bo 'lib , bunda . 
bank yoki boshqa m oliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona 
qarzlarini, m ajburiyatlarni o 'z ichiga oladi.
Fermer xo‘jaligi 
— o'ziga uzoq m uddatli ijaraga berilgan er 
uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo'jaligi m ahsulotlarini 
ishlab chiqarishni am alga oshiruvchi ferm er xo'jaligi a ’zolarining 
birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega 
m ustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt.
Firma 
— ishlab chiqarish, xizm at ko'rsatish, tijorat yoki ta d ­
birkorlik faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.
Fondlaming aylanishi 
— moddiy ashyoviy om illar qiym atining 
ishlab chiqarish va m uom ala sohalari orqali harakat jarayoni.
Xolding kompaniya 
— mulk egalari tom o n id an bir qanch a 
m ustaqil aksiyadorlik jam iyatlari faoliyatini nazorat qilish m aq ­
sadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyati.
Xususiy kapital 
— tadbirkorning eng m uhim va hal etuvchi 
ahamiyatga ega sarmoyasi.
Xalqaro Bazel qo‘mitasi 
— rivojlangan m am lakatlar m arkaziy 
banklari rahbarlari to m o nidan 1974-yilda tashkil etilgan tashkilot. 
Uning doirasida xalqaro bank faoliyatini tartibga solish m uam m olari 
m uhokam a qilinadi. 1975-yilda qo'm ita tom onidan Bazel kelishuvi


ishlab chiqilgan. K eyinchalik Bazel q o ‘m itasi bank faoliyati 
m e’yorlari bo 'yicha xalqaro tavsiyalar ishlab chiqa boshladi.
Xalqaro moliya tashkilotlari 
— davlatlar o'rtasidagi valyuta va 
m oliya-kredit m unosabatlarini tartibga solish, m am lakatlarning 
iqtisodiy rivojlanishiga ko'm aklashish, kredit ko'rinishida yordam
berish m aqsadida davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan 
tashkilotlar. B unday tashkilotlar qatoriga X alqaro hisoblashuvlar 
banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, 
X alqaro rivojlanish assosiasiyasi, X alqaro moliyaviy korporasiya, 
Osiyo taraqqiyot banki, Evropa investisiya banki, m intaqaviy 
xalqaro rivojlanish banklari va boshqalarni kiritish m um kin.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar 
— ikki turdagi ishtirokchilari 
bevosita davlatlardan iborat hukum atlararo (davlatlararo) h am d a 
tarkibiga ishlab chiqaruvchilarbirlashm alari, kompaniya va firmalar, 
ilm iy jam iy atlar va b osh qalar kiruvchi n o hukum at tashkilotlari.
Xalqaro valyuta jam g‘armasi 
— xalqaro savdo va valyuta 
ham korligini rivojlantirishga ta ’sir ko'rsatish m aqsadida 1944-yilda 
tashkil etilgan xalqaro valyuta-m oliya tashkiloti. X alqaro valyuta 
jam g 'aram asi a ’zo davlatlar o 'rtasid a valyuta-kredit m u n o sab at­
larini tartibga solib turish va ularga to'lov balansining k am o m ad i 
bilan bog'liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida 
qisqa va uzoq m uddatli kreditlar berish yo'li bilan m oliyaviy 
yordam ko'rsatish u ch u n m o'ljallangan hukum atlararo tashkilot. 
XVJ o 'z am aliy faoliyatini 1947-yil 1 m artdan boshlagan.
Xususiy firma 
— ayrim shaxs yoki oilaga tegishli yakka xususiy 
m ulkka asoslanib faoliyat yurituvchi korxona.
Shirkat firma 
— b ir necha tadbirkorlarning o 'z a ro m ulkiy 
birlashuvi va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham k o'rishga 
asoslangan sherikchilik korxonasi.
Erkin iqtisodiy zonalar 
— q o 'sh m a sohibkorlik h ud u d lari, 
xorij kapitalinig erkin am al qilishi uch un ajratilgan maxsus hudud.
Erkin savdo zonasi 
— m a ’lum b ir hududlarni iqtisodiy o 'z
ichiga olgan, boj to'lovlaridan ozod qilingan savdo hududi.
Qarz-kredit kapitali 
— bank, byudjet, m oliya m uassasalari 
yoki boshqa korxonalarlan olinadigan kreditlar, chiqariladigan 
obligasiyalar evaziga shakllanadi.



Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish