‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/273
Sana06.02.2022
Hajmi3,85 Mb.
#433797
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

leksiyada bayon qilingan nazariy qoidalami mustahkamlash;
• fan bo'yicha bilimlami kengaytirish va chuqurlashtirish;
• talabalaming ilmiy-tadqiqot va bilish qobiliyatlarini o'stirish;
• nazariy o'qitish jarayonida egallangan bilimlaming amaliyotda tan
olinishi.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida seminar mashg'ulotlarining uch 
turi farqlanadi: 
seminaroldi mashg'uloti hamda seminar va maxsus seminar.
Seminaroldi mashg'ulotlari, asosan, talabalami mustaqil ishning o'ziga 
xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida o'tkaziladi. Unda adabiyotlar, 
ma’lumotnoma-adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari 
o'igatiladi, talabalami boshlang'ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga o'tishga 
hozirlaydi. Seminaroldi mashg'ulotlari seminar mashg'ulotlarining 
tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda o'tkaziladi.
Seminaroldi mashg'ulotlarida o'qituvchi yetakchilik qiladi. Chunki 
talabalar muayyan ixtisoslik bo'yicha o'quv ishlariga kam e’tibor beradilar, 
shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus ko'rsata olmaydilar.
Seminar mashg'ulotlarida, seminaroldi mashg'ulotlariga nisbatan o'ta 
muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bog'langan 
muayyan muntazam kursni chuqur o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. 
Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va nihoyatda muhim va 
umumiy bo'lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga


bag'ishlangan bo'ladi.
Maxsus seminarlar leksiya mavzulariga aloqador bo'lmaydi va biror 
fanning dastur mazmuniga kirmaydi. U odatda fanning xususiy masalalarini 
chuqur o'rganish maqsadini ko'zlaydi.
Seminar mashg'ulotlari davomida o'qituvchi va talaba o'rtasida yaqin 
aloqa, ya’ni ular o'rtasida ikki tomonlama aloqa o'matiladi. Bu esa taibiyaviy 
ahamiyatga molik bo'lib unda o'qituvchi talabalar bilan uzoq vaqt yaqin 
aloqada bo'ladi, leksiya guruhlariga nisbatan talabalar kichik bo'lgan gumhlarida 
jonli suhbat olib boradi, o'zaro fikr almashadi, turlicha qarashlarini bayon 
etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Seminar jarayonida o'qituvchining o'mi juda yuksak, ya’ni o'qituvchi 
talabaning o'rniga javobni aytib bermaydi, balki muhokamalami tashkil 
etadi, unga derijyorlik qiladi.
Seminarda o'qituvchining kirish so'zi konkret sharoitga qarab talabani 
muammoga jalb qiladi, hal qilinishi lozim bo'lgan masalalar doirasidagi 
savollar bo'yicha aniqliklar kiritadi. Ba’zan esa oldingi mashg'ulotlardagi 
fikrlar esga tushiriladi. O'qituvchining seminardagi kirish so'zi aniq, keng 
qamrovli va qisqa bo'lishi lozim.
Talabalaming ma’ruzalari bo'yicha izohlar quyidagicha bo'lishi kerak:
• 
mustaqil fikrlashga yo'naltirib turish;
• 
tavsiya etilayotgan masalaning mohiyati va shaklini aniqlash;
• 
talabalar bahsidagi nuqtai nazflriami darrov farqlab olish;
• 
masalaning nostandart hal qilinishini ragfbatlantirish.
Bunday izohlarda o'qituvchi muhokama jarayonida befarq turmayotganligini 
va har bir seminar ishtirokchisining bildirgan nuqtai nazariga e’tibor 
berayotganligini namoyon qilib turishi lozim.
O'qituvchi har bir seminar mashg'ulotiga yakun yasaydi. Unda 
quyidagilar e’tiborga olinadi:
• 
zamonaviy fan erishgan muammo muhokamasining holati va umumiy
darajasiga tavsif berish;
• 
ayrim talabalaming chiqishlarini tahlil qilish va baholash;
• 
mashgulotga umumiy baho berish (talabaning faolligi, uning tayyorgarlik
va o‘sish darajasi, madaniyati hamda fikrtashdagi xususiyatlari).
Ta’kidlash joizki, seminar mashg'ulotlarida talabalami faollashtirish, 
maqsadida ular tomonidan referatlar yozish va ulami muhokama qilish 
hamda taqrizdan o'tkazishga jalb etiladi.
Laboratoriya mashg'ulotlari. Laboratoriya mashg'ulotlarining asosiy tavsifi 
shundaki, unda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment 
o4kazadilar.
Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida laboratoriya ishlari talabaga nazariy 
bilimlami qo'llash mexanizmini chuqur va ko'rgazmali o'rganish imkonini 
beradi. Laboratoriya mashg'ulotlari tatobada tadqiqot o'tkazish ko'nikmalarini


shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta’minlaydi va 
eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillaiga 
amal qilinadi:
• 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish