Z. Akbarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga adabiy til me’yorlarini o’rgatish usul-vositalari



Download 231 Kb.
bet8/18
Sana25.06.2022
Hajmi231 Kb.
#704954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Akbarova

2. Guvrash davri. Bu davrga 2,5 — 3 oylikdan 5 — 6 oylikgacha bo’lgan payt kiradi. Bu oylarda bolalarda sezish qobiliyatini yanada o’stirish va idrok eta bilishni tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish lozim. Bola bu davrda ba’zi bir buyumlarni (shisha va shiqildoq) farq qila boshlaydi, o’ziga yaqin kishilarni begonalardan ajrata boshlaydi, onasini va o’ziga yaqin kishilarni ko’rgan zahoti taniydi.
Bolada tovushlarni diqqat bilan tinglash va bir-biridan farqlash qobiliyati o’sa boshlaydi, tanish tovush diqqatini darrov o’ziga jalb qiladi, tinchlantiradi va quvontiradi. Bola 4 oylik bo’lganida shiqildoq tovushiga yoki ko’rinmasdan chaqirayotgan kishi ovoziga boshini buradi va uni topib oladi. Bu oyda bola diqqatini musiqaviy tovushlarga jalb etish kerak. Qo’shiklar, musiqaviy o’yinchoqlarning ohangdor jaranglashi bolada quvnoq kayfiyat qo’zg’aydi, uning diqqatini kattalarning musiqa sadosiga uyg’un suratda bayroqcha, ro’molcha bilan ijro etiladigan harakatlarga jalb etadi.
Bola to’rt oylik bo’lganida qiqirlab kuladi, u o’zi bilan har kuni muomalada bo’ladigan kishilarga juda ham o’rganib qoladi. Shuning uchun bolaga tez-tez so’z qotib turish kerak. Kattalar bolalar bilan muomala qilish jarayonida bolada tovushga javoban tovush chiqarish qobiliyatini paydo qilish va o’stirish kerak. Bola 3 — 4 oylik bo’lganda uning „gutu" lashiga (g-g, bu-u)„4, 5 oylik bo’lganda esa: „ma-ma", „da-da", „buv-buv", „baba", „aya", „yya", „a-na" kabi unli tovushlar ko’proq bo’lgan bo’g’inlarni takrorlashiga ahamiyat berish kerak. Bolada „gugu" lash qobiliyatini o’starishga harakat qilish uning tili chiqishiga yordam beradigan artikulyatsiya apparatining o’sishiga va tovushga quloq sola bilish faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratadi. Bu davrda bolalar bilan nutqni rivojlantirish bo’yicha maxsus mashg’ulotlar o’tkazish tavsiya etiladi. Bu mashg’ulotlarning asosiy maqsadi: 1. Bolalardagi quvnoq kayfiyatni quvvatlash.
2. Javob tovushlarini vujudga keltirish.
3. U bilan quvnoq gaplashayotgan kishini qidirib topishga o’rgatish. Shunday qilib, mashg`ulotda ham, bolalar bilan bo’ladigan munosabatlarda ham bolalarda ijobiy-emotsional holatlarni vujudga keltirish, eshituv idrokini va tovushlarga taqlid qilish malakasini rivojlantirishga katta e’tibor berilishi lozim.
3. Til chiqarish davri. Bola 5 — 6 oylik bo’lganda kattalar, bolalar, hayvonlar, atrofdagi o’yinchoqlar buyumlar bilan ko’proq qiziqa boshlaydi. Bola bularning hammasini bir-biridan yaxshigi-na farqlay oladi: notanish odamlarni ko’rganida ulardan yuz o’girib olib, hatto yig’lab yuborishi mumkin. Katgalar og’zidan chiqayotgan tovushga quloq soladi, tovush talaffuzini va ba’zi bir so’zlarni farqlaydi, kattalarning ovoz ohangiga ongli tarzda javob beradi, uii nutqning mazmuni bilan bog’lay oladi. Endi nutq bilishning elementar funksiyasini bajara boshlaydi. Masalan, ota yoki ona qo’g’irchoqni ko’rsatib, uni qanday raqsga tushishini quvnoq ohangda aytib ko’rsatadi. Yoki qo’g’irchoq stol ustidan tushib ketganda, ular ovozga achinish ohangini berib, shu vaziyatga mos so’zlarni aytadi. Bu bilan kattalar harakat va ovoz ohangiga ma’no, mazmun beradilar.
Nutqni o`stirish, kattalar nutqini tushunish, faol nutqqa tayyorlash bu yoshdagi bolalar tarbiyasining muhim vazifasidir.
Bola 7 oylik bo’lganda kattalarning unga bergan savoliga („oying qani?" „soat qani?") qarab yaqinida turgan kishiga yoki devorda, javon ustida turgan buyumga bosh burib qaraydi va uni ko’zi bilan qidirib topadi.
8 -9 oylik bo’lganda nomi aytishgan buyumni zo’r berib axtaradi va u buyum qayerda turgan bo’lmasin, uni ko’zi bilan axtarib topadi. Bola 6 oylikdan 9 oylikgacha takror-takror aytilgan so’zlarni, „chapakkaho-chapakka", „chimo-chimo", „sarak-sarak", „assalom" „xayr-xayr", „qo’lingni ber" kabi harakatlarni farq qila boshlaydi va ularni bajonidil bajaradi, tanish harakatlarni bildiradigan so’zlarni („o’tir", „yot" kabi) tushunadi.
Tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushuna boshlagach, bolada faol nutq kurtaklari paydo bo’ladi. Tevarak-atrofdagilar ta’siri ostida bola kattalar talaffuz qilayotgan tovushlarga taqlid qila boshlaydi, bu tovushlarni qayta-qayta takrorlaydi, tovush reaktsiyalariga diqqat bilan quloq soladi. Shu tariqa bolada faol nutqni o’stirishga sharoit yaratiladi.
5-6 oylikdan 9-10 oylikgacha bo’lgan bolalarda nutqni rivojlantirishning asosiy vazifasi kattalar nutqida uchraydigan tovush birikmalarini tushunishga va unga taqlid qilishga o’rgatishdan iboratdir.
Nutqni tushunish, eng avvalo, kundalik tartib daqiqalarida — ovqatlantirishda, cho’miltirishda, uyquga yetkazishda rivojlantiriladi. Bolani parvarish qillish jarayonida unda juda ko’p turli xildagi harakatlar, malaka va odatlar, xulq-odob qoidalari shakllanadi. Bularning hammasida kattalarning so’zlar orqali ko’rsatmalari asosiy rol o’ynaydi. Bolalar bilan qilinadigan nutqiy muomala orqali ularni birgalikta qilinadigan faoliyatga sekin-asta jalb qilinib boriladi. Birgalikda faoliyat ko’rsatish bu ob’ektni, narsa-buyumlarni, harakatlarni bajarish jarayonini ko’rib chiqish va bo’layotgan voqealarni kuzatishdan iboratdir. Masalan, bshani ki-yintirayotgan vaqtda kichkintoyning gavda qismlari, kiyimning nomini aytib, bolaning diqqatini aytilayotgan ob’ektga yoki harakatga yo’naltirib, ular tafakkurini faollashtirish lozim („Salimning oyoqlzri qani? Mana uning oyoqlari. Oyoqlariga hozir biz nima kiydiramiz? Paypoq. Salimning paypog’i qani? Qara, mana ular. Ko’ylakchasi qani? Mana ko’ylakchasi. Hozir ko’ylakchasini kiydira-miz). Shuni nazarda tutmoq kerakki, bola hali harakatlarni bildiruvchi so’zlarning ma’nosiga tez tushunib yetmaydi. Buning uchun sistemali ravishda nutqiy munosabatda bo’lib turish lozim. Narsa-buyumlarning, harakatlarning nomlarini bildiruvchi so’zlarni takror-takror aytish lozim. Shuningdek, badani narsa-buyumlarning nomlarini yaxshi bilib, uni tushunib olishga o’rgatish maqsadida, aytilayotgan narsa-buyum tomonga qarab harakat qilishni talab qilish kerak.
Buning uchun kattalar aytilayotgan buyum tomonga ko’zi bilan qarashi, uni qidirishi kerak. Shunday qilganda bola ham kattalarning ko’z harakatiga qarab buyum bor tomonga qaraydi va uni zo’r berib qidiradi.
Tevarak-atrofni idrok qilishga, narsa-buyumlarning, o’yinchoqning nomlarini bilib olishga va uni tushunishga o’rgatish bolalarning ko’ruv, eshituv a’zolariga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun albatga savoldan fovdalanish kerak. Masalan: Chiq-chiq qani? Miyov-miyov qani? Vov-vov qani? Qu-qu qani? va hokazo.
Mashg’ulotning borishi har xil bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda kattalar (hamshira-tarbiyachi), eng avval bolaning eshituv a’zosiga ta’sir etadi — shiqildoqni shiqillatadi, so’ngra savol beradi: „Sa-lima, kuchukcha (mushukcha) qani?" Keyin shiqildoqni shiqillatadi. Ba’zi hollarda bola idrokini kuchaytirish maqsadida narsa-buyumni (o’yinchoqni) bola oddiga olib keladi. Bola uni qo’liga oladi, yaxshilab ko’radi. So’ngra tarbiyachi bu o’yinchoq (narsa-buyum)ni yashiradi yoki avvalgi joyiga olib borib quyadi va boladan: Salima, kuchukcha (mushukcha) qani? — deb so’raydi. Bola aytilgan narsani zo’r berib qidiradi va uni topgach, qo’li bilan uni ko`rsatadi yoki kattalar bola bilan birga qidiradi va „Mana, kuchukcha (mushukcha)" deb aytadi. Bu mashq bir necha marta takrorlanadi.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish