Z. Akbarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga adabiy til me’yorlarini o’rgatish usul-vositalari



Download 231 Kb.
bet7/18
Sana25.06.2022
Hajmi231 Kb.
#704954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Akbarova

1. Chinqirish davri. Go’dak (tug’ilgandan 2,5 — 3 oylikgacha) hali o’zining nutq apparatidan foydalana olmaydi, u faqat chinqirish bilan, ya’ni ovoz reaktsiyalari bilan turli istak va xohishlarini bildiradi: „Qornim ochdi, ovqatlanmoqchiman", „Tagim ho’l bo’ldi, qurug`lang", „qornim og’riyapti" va boshqalar.
Go’dakning chinqirishi ma’lum bir kommunikativ vazifani (muomala vazifasini) bajaradi. Chinqirish davrida sensor jarayonlarini taraqqiy qildirish, ko’rish, eshitish va sezish taassurotlarini (tevarak-atrofdagi kishilar va buyumlar bilan bog’liq bo’lgan taassurotlarni) ta’minlaydi. Bolani unga so’z aytayotgan katta yoshdagi kishilarga bo’yalgan va yaltiroq o’yinchoqlarga diqqat bilan qarashga, harakatdagi buyumlari ko’z bilan kuzatishga odatlantirish zarur. Turli xil tovushlarga, katta yoshdagi kishining so’zi, qo’shig’iga, shiqildoqning shaqillashiga quloq sola bilish malakasini o’stirish lozim. Bolalarda ko’rish va eshitish malakasini o’stirishga yordam berish zarur, chunki bu malaka bolaning umumiy o’sishi uchun, tevarak-atrofdagilar bilan munosabatda bo’lishi va emotsional reaksiyalar hosil bo’lishi uchun katta ahamiyatga egadir. Bola 1 — 1,5 oylik (uch-besh haftali)gida unda dastlabki quvonch alomatlari paydo bo’ladi, unga kulib boqqan, so’z qotgan kishiga javoban tabassum qiladi. Bola ikki-uch oylik bo’lganda esa katta yoshdagi kishilar bilan munosabatda bo’lganda faqat jilmayibgina qolmay, balki turli ovozlar ham chiqara boshlaydi, qo’l va oyoqlarini tez-tez tipirchilatadi. Bolaning bunday emotsional-ifodali reaksiyasi uning organizmini, umumiy hayotiy faoliyati darajasini o’stiradi, harakatlari va ovoz reaksiyasining o’sishiga yordam beradi.
Bola hayotining birinchi oylarida unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsa-tish uni parvarish qilish vaqtida amalga oshiriladi. Ular kompleks xarakterga ega bo’lib, bular: a) ko’ruv organiga; b) eshituv organiga; v) sezgi organiga ta’sir etadi.
Bolaga ta’sir ko’rsatish ularni tinchlantirishga, bezovtalikni yo’qotishga qaratilgan bo’ladi. Buning uchun har doim kattalarning chehralarida quvnoqlik alomati, jilmayish holatlari bo’lishi, so’z ohangi muloyim, yumshoq bo’lishi lozim. Kattalar bolaning oyoq-qo’llarini, orqasini silaydi, yonini oladi, erkalaydi va h. k. Mana shu harakatlarni bola bilan „gaplashish" orqali bajarishi lozim. Buday ,,gaplashish" mazmun jihatidan juda oddiydir. Bundan asosiy maqsad, bolani tinchlantirishdan, unga o’zining mehribonchiligini bildirishdan iboratdir (Yig’lama, hozir senga ovqat beraman. Yig’lama, mening erkatoyim, shiringina uxlagin. Hozir men sening tagingni quruqlayman, keyin tinchgina uxlaysan. Seni hech kim ko’tarmadimi, hozir men seni sayrga olib chiqaman va hokazo). Bola hayotining birinchi oyi oxiri va ikkinchi oyining boshida muomalasi faollashadi. Bu davrda bolada ijobiy-emotsional holatlar paydo bo’la boshlaydi.Bu davrda kattalar kundalik tartib daqiqalarida va chiniqtirish paytlarida bolaning ko’ruv, eshituv va sezgi organlariga kompleks ta’sir etishni amalga oshiradilar (xuddi birinchi oylardagi kompleks ta’sir etishdek).
Bolaning ko’ruv va eshituv organiga ta’sir etish jarayonida bola nigohini o’ziga qaratishi va uni bir necha daqiqa ushlab turishi kerak.
Bola bilan „gaplashish" tinch ohangda, xuddi bola hayotining birinchi oylarida „gaplashgandek" bo’lishi kerak. „Gaplashish" ning mazmuni xuddi avvalgidek (bir oylikdagidek) sodda bo’lsa-da, ovoz ohangiga o`xshashlikni talab etadi. Bu oyda bolaning ovoz reaksiyasi ifodali bo’lib boradi: baland ovozda, qichqirib, qiqirlab kula boshlaydi. Kattalarning bola bilan „gaplashishi" bolaning qichqirig’ini to’xtatadi. Bu bolaning kattalar bilan muomalasi ancha faollashganidan dalolatdir.
Bola uch oylik bo’lganda kattalar ular bilan munosabatga kirishganda buyumlardan (predmetlardan) foydalana boshlaydi: osib qo’yilgan o’yinchoqni, shiqildoqni shiqillatadi. Bu bolaning ko’ruv va eshituv organlari rivojlanishiga yordam beradi.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish