41 g-uruh TARBIYACHISI Yusupova Shaxloning “ILK QADAM” O’QUV DASTURI ASOSIDA “IDISHLAR” MAVZUSIDA TASHKILLANGAN
(May oyining 3-haftasi)
Guruh: Kichik guruhlar uchun Oy mavzusi:Asboblar va anjomlar Hafta mavzusi:Idishlar
Maqsad: bolalarga uy ro`zg`or buyumlari asbob haqida tushuncha berish rasmlar orqali tasavvurlarini shakllantirish.Rasm chizish yelimlash plastilinda ishlash malakalarini rivojlantirish ,mustaqil ravishda tasvirlay olishga o`rgatish.
K erakli jihozlar: mavzu asosida rasmlar,oq qog`oz,rangli qalamlar,uy ro`zg`or buyumlaridan namunalar,computer, uy ro`zg`or buyumlarini yasash bo`yicha video roliklar. “Buyumlar tilga kirganda” multfilmi.
Tashkiliy qism: Salomlashish
Madaniy yangiliklar
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Assalomu alaykum bolajonlar.
Bolalar javobi: uch xil tilda salomlashishdi.
Tarbiyachi: Bolalar bugungi Faoliyatimizga tayyormisiz?
Bolalar javobi: Bilimdonmiz chaqqonmiz,
Faoliyatga tayyormiz.
Tarbiyachi: bolalar o`lkamizda qaysi fasl?
Bolalar javobi:……………… Tarbiyachi: yana qaysi tilde ayta olamiz?
Bolalar javobi: spring,vesna
Tarbiyachi: barakalla bolalar juda to`g`ri aytdingiz hatto talaffuzimiz ham juda yaxshi! Buning uchun til o`qituvchilarimizga rahmat.
Tarbiyachi: bolalar haftaning nechanchi kuni va nomini kim aytadi?
Bolalar javobi:………………
Tarbiyachi: bolalar bahor faslidagi so`nggi oyimizni nomi nima?
Bolalar javobi:……………… Tarbiyachi: bolalar menga aytingchi may oyining mavzusi nima?
Bolalar javobi: Asboblar va anjomlar
Tarbiyachi: hafta mavzusi nima?
Bolalar javobi: Idishlar
Tarbiyachi: barakalla bolajonlar! Hamma savollarimga to`g`ri javob berdilaring.
T arbiyachi: bolalar hafta mavzusi asosida qanday she`rlarni yod oldik.
Bolalar javobi: Men ham usta bo`laman
O`z ishimga puxtaman
Dadam bilan ertalab
Yog`och taxta randalab
Uy quramiz tovuqqa
Qolmasin deb sovuqqa
Tarbiyachi: barakalla bolajonlar.o`tgan hafta mavzusi nima va biz qanday yangiliklarni o`rganik?
Bolalar javobi: uy jihozlari……………..
Tarbiyachi: qanday uy jihozlarini bilib oldik.
Bolalar javobi: shkaf,divan. Stol,stul,kitob Javon
Tarbiyachi: ofarin bolajonlar.hozir honamizda 5 ta markaz mavjud
til va nutq markazida bu yerda “Uy jihozlaini va oshxona buyumlarini farqlash ”sahnalashtiriladi.
Fan va tabiat markazimizda “Bu nimadan yasalgan idishlar ” haqida suhbatlashamiz.
Qurish yasash va matematika markazida “oshxona shkafini” yasaymiz.
Sa`nat markazida “Oshxona anjomlaridan ixtiyoriy rasm chizamiz.”
Syujetli va rolli o`yinlar markazda mehmon-mehmon o`yini o`ynaladi.
Marhamat bolalar o`rnimizdan turamiz.
S hamol bo`lib esamiz
Qushlar bo`lib uchamiz
Baliq bo`lib suzamiz
Avval o`nga qaraymiz
So`ngra chapga qaraymiz
Sekin asta yurib
Joyimizga o`tiramiz.
Tarbiyachi: Bolalar endi markazlarga bo`linamiz bolalar 20 daqiqa markazlarda ishlashadi. Bolalar ishlarini kuzatamiz. So`ngra markazlarda nima ish qilganliklarni so`raymiz. Faoliyat so`ngida bolalarni rag`batlantiramiz!