Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 Mashg‟ulot jarayonining tsiklligi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

 
14.6. Mashg‟ulot jarayonining tsiklligi 
Tsikllilik, ya‟ni ma‟lum mashg‟ulotlarning, bosqichlarning, nisbatan to‟la 
takrorlanib turishi mashg‟ulot jarayonining butun strukturasi uchun xarakterlidir. 
Mashg‟ulotning katta (jumladan, yillik va yarim yillik) hamda kichik 
(mikrotsikl) tsikllari bo‟ladi. 
Mikrotsikllar bir necha kun, ko‟pincha bir hafta davom etadi. 
Ularning strukturasiga ta‟sir etadigan juda ko‟p shart-sharoitlardan eng 
muhimlarini ko‟rsatib o‟tamiz. Bulardan birinchisi yuklamalar dinamikasining 
kichik «to‟lqin» larini. hosil qiladigan omillarning o‟zidir. 
Ikkinchidan, o‟zaro optimal aloqada bo‟lgan turli yo‟nalishdagi 
mashqlarni takror tadbiq etish zaruriyatidir. Mashg‟ulotda nimagadir ortiqroq 
qaratilgan turli mashqlar bir qancha mashqlardan foydalaniladi, bunda ularning 
mashg‟ulotlarda qanday to‟plangani va bir-biri bilan qanday tartibda almashinib 
turishiga ham aslo befarq qarab bo‟lmaydi. Masalan, tezkorlik mashqlarini ko‟p 
hollarda chidamlilik mashqlari bilan bir mashg‟ulotda bajarish to‟g‟ri bo‟lmaydi. 
Ular turli mashg‟ulotlarda to‟plangan bo‟lsa, tezkorlikni rivojlantirishga 
mo‟ljallangan mashqlar bajariladigan mashg‟ulotlar asosan chidamlilikka 
ahamiyat beriladigan mashg‟ulotlardan oldin bo‟lsa, eng yaxshi samara beradi. 
Boshqa mashg‟ulotlarga nisbatan ham shu kabi ma‟lum navbat tartibi saqlanishi 


274 
kerak. Bular bari mikrotsikllar strukturasida o‟z ifodasini topadi. 
Uchinchidan, mehnat va o‟quv faoliyatining umumiy rejimi g‟oyat
muhim 
ta‟sir ko‟rsatadi. Shuning uchun mashg‟ulot mikrotsikllarining ko‟pincha bir 
haftalik bo‟lishi ham tasodifiy emas. Bu mashg‟ulot jarayonini optimal tashkil 
etish talablariga hamisha ham javob bermasada, mehnat va o‟quv haftasining 
ritmiga osonroq mos tushadi. 
Nihoyat, mashg‟ulotning struktura va mazmuni umuman muntazam suratda 
o‟zgarib turgani uchun, mikrotsikllar mashg‟ulot jarayonining bosqich va davrlari 
xususiyatlariga qarab qayta tuzilib turadi. Mikrotsikllar, aslini olganda, 
mashg‟ulot strukturasining eng variativ elementidir. Murabbiy bilan sportchi 
mikrotsikllarning mazmuni va strukturasiga zarur o‟zgarishlar kiritish bilan 
(ya‟ni mashqlar kompleksini, mashg‟ulotlarni hamda dam olish kunlari 
miqdorini, ularni almashtirib turish tartibini, yuklamalar kattaligini, ular h ajmi 
hamda inten-sivligining dinamikasini va xokazolarni o‟zgartirish bilan) mashq 
ko‟rganlikni taraqqiy ettirishga halaqit berishi mumkin bo‟lgan xilma-xil tashqi 
ta‟sirlarga barham beradi va shu yo‟l bilan mashg‟ulot jarayonining umumiy 
tendenstiyasini ta‟min etadi. 
Sport mashg‟ulotining katta tsikllari mazkur bobning keyingi bo‟limida 
qarab chiqiladi. Bu erda esa, faqat ularning sport formasini rivojlantirishning 
tsikllari bilan bog‟liq ekanligini hamda mazkur jarayonning turli bosqichlarida 
sport formasi taraqqiyotini boshqarish xususiyatlarini ifoda etuvchi davrlar-dan 
tashkil topishini aytib o‟tamiz. Navbatdagi har bir tsikl o‟zidan oldingisini 
shunchaki takrorlab qolmay, balki yangi asosga, shu jumladan, mashg‟ulot 
vosita va metodlarini qisman yangilash asosiga qo‟riladi hamda odatda 
mashg‟ulot yuklamalarining yuksakroq darajasida o‟tadi (yuklamani 
ko‟paytirish yosh xususiyatiga qarab mashg‟ulotlar yuklamasining umumiy hajmi 
stabillashib, keyinchalik esa pasaya borishi hollariga taalluqli emas. 
TSikllilik sport mashg‟ulotining asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida 
tizimlilik va ilgarilab borish tamoyilaridan foydalanishga bevosita aloqadordir. 
Bu qonuniyat mashg‟ulotlarning ketma-ketligini belgilashda ham, yuklama va 


275 
dam olish tizimini tuzishda ham va mashg‟ulot jarayonlari tuzilishiga aloqador 
boshqa barcha muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda hisobga olib 
borilishi kerak. 
Shunday qilib, sport mashg‟uloti murabbiy va sportchi faoliyatining 
natijalari belgilaydigan o‟ziga xos spestifik qonuniyatlarga ega ekan. Faqat ana 
shu qonuniyatlarni bilib olgandagina hamda ulardan ta‟lim va tarbiyaning 
umumiy tamoyillari bilan birgalikda mahorat bilan foydalanilgandagina sport 
taraqqiyotining cho‟qqilari sari ishonch bilan borish mumkin. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish